Til- millat ko’zgusi



Download 23,54 Kb.
Sana21.01.2020
Hajmi23,54 Kb.
#36378
Bog'liq
til-millat ko'zgusi 7

“ Til- millat ko’zgusi”

Darsning maqsadi: a)Til millatning ko’zgusi, iftixori ekanligi haqida bilim va ko’nikmaga ega bo’lish.

b)Ona tilim, onajonim tili bu. Vatan ona kabi muqaddas bo’lsa, til ham shunday e’zozga loyiqligini izohlash.

d)Mustaqil fikrlash qobiliyatini oshirish, o’z fikrini bayon eta olish qobiliyatini oshirish.

Darsning jihozi: sinf bayramona bezatilgan, manitor o’rnatilgan.

Darsning borishi: tashkil etish.

O’qituvchi: Assalomu aleykum, azizlar! Ma’lumki, bizning jonajon mamlakatimiz o’z mustaqilligiga erishgach, tilimizga bo’lgan e’tibor yanada kuchayib, uning rivoj topishi yo’lida bir qancha ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Bu tilning davlat tili ekanligi haqidagi qonun O’zbekiston Respublikasi Konsititutsiyasida ham tasdiqlab qo’yilgan. Asosiy Qomusimizning 4- moddasida shunday deyilgan: “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir. O’zbekiston Respublikasi o’z hududida istiqomat qiluvchi barcha millat va elatlarning tillari, urf-odatlar va an’analarini hurmat qilishni ta’minlaydi, ularning rivojlanishi uchun sharit yaratadi” deyilgan.

Komil:


Assalom, ey olam, feruza osmon Aziz ustozlar-u, aziz mehomlar. Kamtarin davrada bugun mehmonsiz Sizga ehtirom-la egikdir boshlar.

Shoxruh:


Assalom azizlar, do’st- u yoronlar

Ma’rifat ziyosin nurga taratgan,

Oltin boshingizda Humo qush ko’rdik

Ulug’ anjumanda sizni xush ko’rdik.

Komil:

Assalomu alaykum hurmatli ustozlar! Qadrli mehmonlar!



Shoxruh:

Til ijtimoiy-siyosiy, ruhiy hodisa. Tilni xalq yaratadi. Ma’lumotlarga qaraganda, dunyo bo’yicha 3 mingdan ortiq til mavjud.

Dilzura:

Zargarimsan, gavharimsan, so’zimsan,

Oq-qora tanitguvchi ko’zimsan.

Pok tuprog’im rizq-u ro’zimsan, tuzimsan

O’zbek tilim, ona tilim, o’z tilim,

O’zbek elim, ona elim, o’z elim.

Feruza:

Qon qardoshlar davrasida o’rning bor,



O’z bayrog’ing, madhiyang bor, tug’ing bor,

Mardliging bor, subuting bor, qadring bor

O’zbek tilim, ona tilim, o’z tilim,

O’zbek elim, ona elim, o’z elim.

Dilnavo:

Ona tilim – onajonim tili bu,

Beshikdanoq singan jon – u quloqqa.

El – u yurtim, xonumonim tili bu, Qadimlikdan o’xshar ona tuproqqa.

Sevinch:

Ona tilim, o’zingdirsan elni opichlab,

Shu kunlarga olib kelib taratgan ziyo

Ona tilim, o’zingdirsan yillab asrab,

O’zbek elin istiqlolga yo’llagan daho.

Komil:


Tilimizning buyukligi, serqirra va sirli jozibasini Navoiy bobomiz barcha o’zbek shoirlari va adiblari o’z asarlarida isbot qilishga harakat qilib kelmoqdalar. O’zbek tilida yaratilgan asarlarning qaysi misralarini o’qimang, tilimizning uchqur oti sizni faqat ezgulikka chorlaydi.

Shoxruh:


Tilning buyukligi shundaki, kishilarning ma’naviy dunyosini boyitish bilan birga inoqlikka, birdamlikka chorlaydi.

Komil:


Keling, navbatni Munis onajonimizga navbatni bersak.

Ona:


Mehribon farzandlarim, jondan aziz dilbandlarim, o’z yurtiga fidoiy, mard pahlavonlarim. Sizlar o’z ona tilimizni doimo avaylab – asranglar. O’z tilimizning yqatorida qardosh, chet tillrini ham qunt bilan o’rganib, hurmat qila biling. Mening sizlarga murojaatim shuki, tilimizning sofligini saqlang, uning boy ifoda vositalaridan o’rinli va unumli foydalanishga harakat qiling, go’zalligini namoyish eting. Sizning komilligingiz, avvalo, muomala madaniyatingizda namoyon bo’ladi. „Yaxshi so’z – ozig’i“ , „Bir ko’ngil imorati – ming Makka ziyorati“ deganlaridek, shirinsuxan bo’lib, millatning faxri, g’ururi bo’lib yashanglar.

Komil:


Munis onajon, har bir so’zingiz biz uchun muqaddas. Chunki o’zingiz bu tuyg’uni, mehrni allangiz ila ko’nglimizga jo aylagansiz.

Shoxruh:


Ona tili – ezgu fazilatlar, yuksak tuyg’ular manbai. Chunki onalarimiz bizga shu tilda alla aytadi, inson uchun hayotiy zarur bilim va tushunchalarni mana shu til vositasi ongu shuurimizga singdiradi, odob – u axloqimiz, fe’l – atvorimiz mana shu tilda berilgan o’git va nasihatlar asosida shakllanadi.

Komil:


Ona tilimiz bor ekan, Qoshg’ariyning ‚Devoni lug’atit turk“ kitobi, Ahmad Yassaviy hikmatlari, Navoiy „Xamsa“si, Boburning „Boburnoma“si, Cho’lpon va Abdulla Oripovning o’tli she’riyatidan bahramand bo’lyapmiz.

Shoxruh:


SHu bois mutaffakir bobomiz til insonni hayvondan farqlab turadigan ne’mat ekanligini ta’riflab, shunday deydi:

Tangriki, insonni qilib ganji rost

So’z birla hayvondan anga imtiyoz.

Komil:


Navbat tilimiz haqidagi allomalarimiz so’zlariga, marhamat.

Muxlisa:


Ko’ngil mahzanining qulfini til va ul mahzaning kalitin so’z bil.

Navoiy


Aziz:

Tilga ixtiyorsiz – elga e’tiborsiz.

Navoiy

Farangiz:

Qachonki bir millat tilini yo’qotsa, u muqaddas dinini va millatini ham yo’qotur.

A . Zohiriy

Madina:

O’zbek tili g’oyat boy, nihoyatda chiroyli, har qanday fikr va tuyg’uni ifoda qilishga qodir...

Abdulla Qahhor

Komil: Ona tilini sevish vatanparvarlik belgisi, ajdodlar ruhiga hurmat ramzi. O’z tilini asrab – avaylagan xalq o’zligini asrab – avaylagan bo’ladi. Til bilish – madaniyat belgisi. Xalqimiz ta’biri bilan aytganda, til bilgan el biladi.

Shoxruh:

Ona tilini puxta bilish , u bilan g’urur – iftixor qilish milliy ma’daniyat, o’zlik ifodasi bo’lsa, boshqa tillarni bilishga intilish madaniyat belgisi, qo’shimcha bilim quroliga ega bo’lishdir.

Komil:

Endigi navbatni sahna ko’rnishiga bersak.



Sahna ko’rinishi: Abdulhamid Cho’lponning „Kecha va kunduz“ romanidan parcha.

Qatnashuvchilar: prokuror, zakonchi, mirshab, Zebi.

Aybdorning kimligi surishtirilgach, sud darhol o’rnidan turib, aybnomani o’qidi. Undan keyin yana kalta savol – javoblar ketdi:

-Aybnomani eshitdingizmi?

-Ha…

-Mingboshi suvni o’zi so’radimi?



-Ha,o’zi so’radi…

-Mastmidi?

-Ko’p aroq ichib keldi.

-Suvni kim berdi?

-Men berdim.

-Choynakdami?

-Ha…

-Mana bu choynakdami?



-Ha...

-Kimning choynagi bu?

-Meniki.

-Siznikimi?

-Ha, meniki.

-Ichida qanday suv borligini bilarmidingiz?

-Bilardim.

-Qanaqa suvidi?

-Irim suvidi.

-Kimga qilingan irim?

-Menga...

-Nima uchun irim qildirdingiz?

-Farzand bo’lsin, deb…

Pastda o’tirganlarning domladan boshqalari, so’ngra sud hay’atidan bir – ikki kishi, zakunchi va tilmoch yengilgina kulib qo’ydilar.

-Nega u suvni minhboshiga berdingiz?

-Juda tashna bo’lib so’ragan edi, shundoqqina tokchadan olib uzatdim.

-Choynakda zahar borligini bilarmidingiz?

Zebi kuldi.

-Qiziq ekansan (o’rusni sizlab bo’lmaydi), men qayerdan bilay?

-Demak, eringizni o’zingiz o’ldirdingiz?

Zebi qattiqroq va cho’zibroq javob berdi:

-Y o‘ – o‘ – q!...o‘libmanmi o’z erimni o’ldirib.

Prokuror bilan tarjimon o’zaro maslahat qilishadi. Tilmoch hukmnomani o’qib berdi: “Aybdorning qilgan gunohi og’ir bo’lib, hozirgi nozik sharoitlar vaqtida davlat odamiga qasd qilgani uchun falon moddalar bo’yicha oliy jazoga hukm qilish kerak bo’lsa-da ,bovujud o’lka harbiy sudining sayyor hay’ati aybdorning madaniyatsiz yerli xalq ayoli ekanini, o’zining yosh va turmushda tajribasizligini va hamma gunohlarini nomus bilan iqror qilib bo’yniga olganini nazarda tutib, bir qator moddalar bo’yicha shunday hukm qilinadi.

-Aybdor Zebinisa Razzoq so’fi qizi Harbiy sudning hukmi bilan 7 yil Sibr qilindingiz.

Norozi bo’lib ariza berishingiz mumkin.”

Komil:


Yana qayta tug’ilgansan,

Baxt-iqbolga yo’g’rilgansan.

O’lkamizga nur bo’lgansan.

Ona tilim – a’lo tilim.

Shoxruh:

navbatnu she’rlarga beramiz.

Laylo:

Ming yildirki bulbul kkalomi



O’zgarmaydi, yaxlit hamisha.

Ammo sho’rlik to’tining holi

O’zgalarga taqlid hamisha.

Zulfizar:

Ona tilim, sen borsan, shaksiz,

Bulbul kuyin she’rga solaman.

Sen yo’qolgan kuni shubhasiz,

Men ham to’ti bo’lib qolaman.

Mushtariy:

Taqdir shul, bu jahoni iroda

Tillar yo’qolur butkul, bir til qolur dunyoda.

“Ey voiz, pastga tushgin, bu gap chiqdi qayerdan?”

Navoiy bilan Pushkin turib keldi qabrdan.

Kim darg’azab, kim hayron

Chiqib keldilar qator:

Dante, Shiller, Va Bayron,

Firdafsiy, Balzak, Tagor.

Durdona:


Ey, bu qanday aqida?

Qo’lida tabarruk jom.

Forsiy tili haqida

Ruboiy aytdi Xayyom.

Ehtirosli, otash dil

Beranji so’rdi nolon:

Nahotki farangi til

Yo’qolgisi bir zamon?!

Nazokat:

Olis tarix o’zi shohid, ishoning,

Men o’zbekman, o’zbekona lutfim bor.

Ona tilim, ona yurtim, g’ururim,

Ona tilim muqaddas va beg’ubor.

Shu til bilan kamol topdi Muqimiy,

Shu til bilan Furqat kuyladi yonib.

Shu til bilan Hamza tanildi elga,

Qodiriy tilidan bo’lurmi tonib.

Shahzoda:

Qodiriy qurbon desa, “O’tkan kunlar”I yoddir,

Fitrat – u, Cho’lpon desa, she’r hayqiriq, faryoddir.

G’afur G’ulom, Shayxzoda, Muhammadni eslasam

Qo’lma – qo’l bo’lib ketgan, asarlari hayotdir.

Komil:

Shunday qilib, mazmunli kechamiz nihoyasiga yetdi. Biz mustaqilligimizni, ona tilimizni asrab – avaylaylik. Uni ko’klarga ko’taraylik.



Shoxruh:

Xalqim, yurtim boshimga xumo,

Uni asra, uchib ketmasin.

Qora kuchlar bordir doimo.



Tilingni hech kim zabt etmasin.

Yana bir bor bayramingiz bilan bo’lsin. Sog’ va omon bo’ling , azizlar!
Download 23,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish