Mavzu. So‘zlarning teng va ergash bog‘lanishi (aloqasi) Darsning maqsadi



Download 16,61 Kb.
Sana02.02.2022
Hajmi16,61 Kb.
#425395
Bog'liq
1-amaliy mashg`ulot


1-amaliy mashg`ulot
Mavzu: Sintaksis. So’z birikmasi sintaksisi
1- mavzu. So‘zlarning teng va ergash bog‘lanishi (aloqasi)
Darsning maqsadi: talabalarning sintaksis bo’limi va uning o‘ziga xos xususiyatlari to‘g‘risidagi bilimlarini mustahkamlash, ularda har qanday matnning gap bo’laklari va bo’laklar orqali so’z birikmalariga ajralishi, matndagi gap bo’laklari va so’z birikmalarini topa olish ko‘nikmasini hosil qilish.


Ishning bajarilish tartibi
1. Berilgan mashqlardagi mustaqil va yordamchi so’zlar topib ajratib yoziladi.
2. Topilgan ikki mustaqil so’z biriktirilib so’z birikmasi hosil qilinadi.
3. Birikmalar o‘zaro qanday bog‘langani aniqlanib, yoniga yozib qo‘yiladi.
4. Topilgan bog‘lovchi vositalar turlarga ajratiladi.
5. So’zlarning bog’lanishi (teng va tobe) turlarga ajratib yozib qo’yiladi.
1- mashq. O‘qing, tenglashish va ergashish yo‘li bilan bog‘langan so‘z qo‘shilmalarini aniqlab, ular orasidagi farqni tushuntiring. 1. Teng bog‘lanish yo‘li bilan tuzilgan so‘z qo‘shilmalarini ko‘chirib, bog‘lovchi vositalar tagiga chizing. 2. Ergashish yo‘li bilan tuzilgan so‘z qo‘shilmalarini ko‘chirib, hokim va tobe so‘zlarni belgilang.

  1. Pastliklarda g‘uj-g‘uj pista daraxtlari, azamat toshlar orasida sinkaga solingandek ko‘k suv goh ko‘rinadi, goh ko‘rinmaydi. Soyning narigi tomonida yalang‘och tog‘lar yuksala-yuksala vodiy yo‘lini to‘sib yotibdi. Uning qizil cho‘qqilariga oftob tushib turibdi. O‘ngirlarda saratondan yashirinib qolgan qor uyumlari ko‘rinadi. (S. Ahm.) 2. Qishloqlardan, yaqin-uzoq dalalardan paxtalar, qovun-tarvuzlar, xashak-pichanlar, don-dun, o‘tin-yog‘ochlar, makkapoya, g‘o‘zapoya, beda va boshqa narsalar yuklangan aravalar shaharga paydarpay kelib turadi. Katta yo‘llar bo‘yidagi daraxtlar, uylar, devorlargina emas, ot-ulov yurmaydigan jin ko‘chalardagi, hatto ko‘cha yuzidan yiroq hovli-maydonlardagi daraxtlar, uylar, devorlar ham xuddi osmondan tuproq yoqqandek ikki enli chang ostida so‘rrayib yotadi. (M.Ism.)

2-mashq. O‘qing. Affikslar yordamida, yordamchi so‘zlar vositasida, shuningdek, intonatsiya orqali tuzilgan so‘z birikmalaridan ikkitadan ko‘chirib, birikma hosil qilishda ishtirok etgan vositalar tagiga chizing.
1. Iroda insonning qudrati, sevishi va sevilishi, nafrati va quvonchi, vafosi va ishonchi demakdir. (J.Abd.) 2. Navoiy keksa do‘stiga Xorazmiyning «Muhabbatnoma»si bilan sandal daraxti po‘stlog‘ining shirasidan tayyorlangan qimmatbaho dori hadya etdi. (L. Bat.) 3. Turli millatdan tashkil topayotgan bu ulkan oila Qizilqumda haqiqiy do‘stlik qasrini o‘rnatmoqda edi. (J. Abd.) 4. Davlat ishlarida siz kabi olijanob zotlar qancha ko‘p bo‘lsa, yurtimiz shunchalik tez ravnaq topgusidir. (L. Bat.)5. Tepaqo‘rg‘onda yangragan karnay-surnay ovozlari butun kengliklar sari parvoz qildi. (J. Abd.) 6. Kulgi bir nafas tinmasa ham, vaqt juda sekin o‘tmoqda edi. (O. Yo.)
3-mashq. Gaplarni o‘qib, so‘z birikmalariga ajrating.
1. Uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo‘shni afzal. (G‘.G‘.) 2. Ketma-ket kelayotgan quruvchilar, texniklar, tuproq qazuvchilar, montajchilar uchun birinchi navbatda makon kerak. (J.Abd.) 3. Husayn Boyqaro Navoiyning uyida uch kun o‘tirdi. (M.Osim) 4. Tonggi salqin o‘rnini asta iliq shabada tafti egallay boshlaydi. (J.Abd.) 5. Farmonov bu juvonni dashtda bir-ikki marta ko‘rgandi. (O.Yo.) 6. Vazira Sherzodning bu dalilini ham yashil siyoh bilan belgiladi.(P.Q.) 7. Ertasiga Ergash kuni bo‘yi ro‘zg‘or ishlari bilan ovora bo‘ldi. (As.M.) 8. Namozboy bu gal ishni sal boshqacharoq tashkil etgan. (X.T.)

Matn
Oyim sahar payti bomdod nomozini o‘qishga turadi. Meni uyg‘otib yubormaslik uchun past tovushda Qur’on tilovat qiladi. Tilovatdan so‘ng meni uzoq duo qiladi. Yostiqdan bosh ko‘tarib quloq solaman. «E xudoyim, shu musofirginani o‘zing qo‘lla! Shu farishtaginaga tikilganlarni yuzini teskari qil! Bola bechora kelin bo‘lib nima halovat ko‘rdi… Kelin bo‘lib yayrab-yashnamadi. Borsa kelmasda bandizindon bo‘lib yurgan bolamning mushkulini oson qil! Qahri qattiq Istalinning ko‘ngliga insof solgin! Kelin bo‘lib ro‘shnolik ko‘rmagan, o‘ynab-kuladigan, yayrab-yashnaydigan paytida azoblarda o‘rtangan shu begunoh kelinginamning yo‘llaridan g‘ovlarini olib tashla! Ro‘shnolik ko‘rsin shu bolaginam…» (Saida Zunnunova)


Mustaqil ishlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Sintaksis bo’limi to’g’risida qanday tushunchaga ega bo’ldingiz?
2. Sintaksisning til sistemasidagi o’rni to’g’risida gapiring.
3. Sintaksisning tekshirish obyekti nima?
4. Sintaktik aloqalar va ularning turlari deganda nimalar nazarda tutiladi?
5. Sintaktik aloqalar qaysi vositalar yordamida ifoda etiladi?
6. Gapda so’zlar o’zaro qanday bog’lanadi?
7. Teng va tobe aloqa nima, ular o’rtasida qanday farq bor?
Download 16,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish