Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet90/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

69-rasm. Chuqur suv baliqlari: 1-Crуptosarus couesii (Lophiiformes), 2 – Nemichthys ovocetta (Anguiliformes), 3 – Chauliodus sloani (Clepeiformes), 4 – Ipnops murravi (Scopeliformes),
5 – Gastrostomus bairdi (Angilliformes), 6 – Argyropelecus olfersi (Scopeliformes), 7 – Neoliparis mucosus (Perciformes), 8 – Coelorhynchus carminatus (Macruriformes), 9 – Ceratoscopelus maderensis (Scopeliformes).

IV. Chala o`tkinchi baliqlar guruhi. Bu guruhga kiruvchi baliqlar dengizlarning daryolarga tutash bo`lgan va suvi ancha chuchuklashgan qismlarida yashaydi. Lekin ular ko`payish, ba`zan qishlash uchun daryoning etagiga ham o`tadi. Ammo haqiqiy o`tkinchi baliqlarga o`xshab, ular daryo suvlariga kirib juda ham yuqoriga, ya`ni uzoq masofaga kirib bormaydi. Bu guruhga zog’ara baliq, laqqa baliq, sla, vobla, oqcha baliq va boshqa baliqlar kiradi. Bu baliqlar ayrim chuchuk suvlarda o`troq holda ham yashashi mumkin. Shuning uchun ham chala o`tkinchi baliqlar guruhi shartli ravishdagi guruh hisoblanadi.


Baliqlar harakati. Baliqlarning asosiy harakat organlari bu suzgich qanotlari hisoblanadi. Baliqlarning harakati turlicha bo`ladi. Masalan: zog’ora baliq, oqcha baliq, mo`ylovli baliqlar ko`krak suzgich qanotlari bilan oldinga qarab harakat qiladi. Dum suzgich qanoti gavda uchining tormozlovchi harakatini to`xtatib, suvning qarshi oqim kuchini susaytiradi. Boshqa toq suzgich qanotlar (orqa va anal suzgich qanotlari) gavdaga turg’unlik beradi. Ko`krak hamda qorin juft suzgich qanotlari, asosan pastga tushish va yuqoriga ko`tarilish vazifasini bajaradi. Baliqlar ko`krak va qorin juft suzgich qanotlari yordamida o`ng va chap tomonga burilishda ham foydalanadi.
Baliqlar turlicha tezlikda suzadi. Masalan: losos sekundiga 5 m, ko`k akula 10 m\sek, uchar baliqlar 18 m\sek tezlikda suzadi. Tig’ balig’i esa uzun ustki jag’i bilan o`ljasini urmoqchi bo`lganda sekundiga hatto 25 m tezlikda suzadi. Ba`zi tur baliqlar ilonga o`xshab harakat qiladi (ilonbaliq, ya`ni ugorlar). Uchar baliqlar ko`krak suzgich qanotlari bilan ucha oladilar. Uchar baliqlarning o`nlab turlari tropik va subtropik dengizlarda uchraydi. Suv tubida yashaydigan bir qancha baliqlar suv tubida harakat etish uchun shakli o`zgargan ko`krak suzgich qanotlaridan foydalanadi (sakrovchi loyqa baliq, dengiz shayton balig’i). Baliqlar turib qolgan va oqib turgan suvlarda ham harakat qilishga moslashgan.
Umuman, baliqlar harakatiga ko`ra ularning gavda tuzilishi ham har xil tipda bo`ladi.
1. Duksimon, torpeodasimon shaklda tuzilgan baliqlar guruhiga skumbriya, kefal, seldsimon akula va lososlar kiradi. Ular yaxshi suzadi.
2. O`qsimon tipdagi baliqlarga sargan va cho`rtan baliqlar guruhilari kiradi. Bu baliqlar ham yaxshi suzadi. Gavdasi birinchi tipdagi baliqlarga nisbatan cho`ziq, ixchamlashgan, toq suzgich qanotlari orqaga tortilgan bo`ladi.
3. Yapaloqsimon, ikki yon tomondan qisilgan tipdagi baliqlar. Bu tipdagi baliqlar o`z navbatida leshsimon (lesh, zog’ora baliq), oysimon (oy baliq) va kambalasimon (kambala) baliqlarga bo`linadi. Bu baliqlar suvning turli qatlamlarida uchraydi. Masalan: oy baliq suvning juda qalin joyida, lesh suv tubiga yaqin qalinlikda va kambala suv tubida yashaydi.
4. Ilonsimon tipdagi baliqlar. Bularga ilonbaliq va dengiz nina balig’i kiradi. Ularning gavdasi tortilgan bo`lib, uning ko`ndalang kesigi to`garak, yumaloq shaklda ko`rinadi. Suv o`tlari ko`p bo`lgan qalinlikda yashaydi.
5. Tasmasimon tipdagi baliqlar. Bularga qirol seld balig’i kiradi. Bu baliqlarning gavdasi tortilgan hamda ikki yon tomondan qisilgan bo`ladi, yaxshi suza olmaydi.
6. Sharsimon tipdagi baliqlar. Bularga kuzovka va pinagar baliqlari kiradi. Ularning gavdasi sharsimon, dum suzgich qanoti yaxshi rivojlanmagan.
7. Yapaloqsimon. Bularga skatlar va dengiz shayton balig’i kiradi. Ularning gavdasi yuqoridan pastga, ya`ni yelka-qorin tomonga yapaloqlashgan.
Shunday qilib, baliqlarning gavda shakli har xil bo`lib, ularning suzgich qanotlari ham turlicha takomillashgan bo`ladi. Masalan: qo`zg’almas pantserli (kosali) kuzovkalarda asosiy suzish vazifasini dum suzgichi bajarsa, elektr ilon baliqlarda anal suzgich qanotining gorizantal tekislikda harakat etishi natijasida amalga oshadi. Kambalada esa butun gavdaning orqa va qorin suzgich qanotlarining vertikal tekislikda to`lqinsimon harakat qilishi, skatlarda ko`krak suzgich qanotlarining to`lqinsimon harakati bajaradi.
Yuqorida ko`rsatib o`tilgan baliqlarga qarama-qarshi o`laroq, tik holda suzuvchi dengiz toychasida orqa va ko`krak suzgich qanotlarining zo`r berib ishlashi hamda dum suzgich qanoti bo`lmagan gavdasi oxirining to`lqinsimon harakati katta rol o`ynaydi. Baliqlar ichida eng passiv, bir umr kam harakatlanadigan turlariga oy baliq kiradi. Nina qorin baliq esa vaqtincha ichagini havo bilan to`ldirib, sharga o`xshab shishadi va dengiz to`lqini yordami bilan suvda qalqib harakat qiladi. Yelkan baliqlar o`zlarining juda uzun va baland orqa suzgich qanotlarini suvdan chiqarib yuradi. Shamol bo`lgan paytda bu suzgich qanotidan yelkan sifatida foydalanadi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish