Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи


-rasm. Sakrovchi loyqa baliq (Reriophthalmus)



Download 30,53 Mb.
bet89/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

68-rasm. Sakrovchi loyqa baliq (Reriophthalmus).

3. Abissal baliqlar guruhi. Abissal guruhiga kiruvchi baliqlarning turlari unchalik ko`p emas.


Ular, asosan dengiz va okeanlarning tubida katta chuqurliklarida yashaydi. Bunday katta chuqurliklarning asosiy xossalari – bosimning juda yuqori bo`lishi, yorug’likning mutlaqo yo`qligi, suvning oqmasligi, haroratning bir xil va past
(+4-00C ) bo`lishi, suvning sho`rligi va tirik o`simlik organizmlarining bo`lmasligidir. 200 m dan pastda chuqurlik har 10 m ga oshgan sayin, bosim ham bir atmosferaga oshadi. Masalan: 5320 m chuqurlikda bosim 532 atmosferaga teng bo`lib, bunday chuqurliklarda ham baliqlar yashaydi. Ayrim ma`lumotlarga qaraganda okeanning eng chuqur tubida, ya`ni 10500 m chuqurligida ham ayrim tur baliqlarning yashashi aniqlangan. Bunday chuqurlikda bosim 1050 atmosferaga teng bo`ladi. Mana shunday chuqurlikda yashaydigan baliqlar suv betiga olib chiqilsa, ularning gavdasi shishib ichaklari og’zidan tashqariga chiqib ketadi, ko`zlari esa ko`z kosasidan turtib chiqadi.
Bunday katta chuqurliklarda yashaydigan baliqlar yoki ko`r bo`ladi yoki chuqur suv qorong’iligini seza oladigan katta-katta teleskop tipida tuzilgan ko`zlari bo`ladi, ayrim turlarida esa yorug’lik chiqaradigan organlari bo`lib, ovqat qidirib topishda yordam beradi. Bunday katta chuqurliklarda tirik suv o`tlarining bo`lmaganligi sababli abissal baliqlar go`shtxo`r, ya`ni yirtqich yoki o`limtikxo`r bo`ladi. Bu guruhga kiruvchi baliqlarning muskul va skelet sistemasi yaxshi taraqqiy etmagan, og’zi katta bo`ladi (69-rasm).
Yuqorida keltirilgan ma`lumotlardan tashqari, baliqlar suvdagi tuz miqdoriga bo`lgan munosabatiga qarab ham to`rtta guruhga bo`linadi.
1. Butun umrini sho`r suvlarda o`tkazuvchi dengiz baliqlari. II. Butun umrini daryo, ko`l va hovuzlarda o`tkazuvchi chuchuk suv baliqlari. III. O`tkinchi baliqlar, ya`ni bu baliqlar dengizda yashasa, ko`payish uchun daryolarga o`tadi. IV. Chala o`tkinchi baliqlar.
I. Dengiz baliqlariga juda ko`p turlar kiradi va ular butun umrini sho`r suvlarda dengiz va okeanlarda o`tkazadi. Bunday baliqlar chuchuk suvga ko`chirilsa tezda halok bo`ladi. Dengiz baliqlariga, asosan kambalalar, seldlar, treskalar, skatlar, akulalar va boshqa ko`plab baliqlar kiradi.
II. Chuchuk suv baliqlari bir umr chuchuk suvda yashaydi. Ular bir oz sho`rlangan dengiz suvlarida ham uchramaydi. Bu guruhga ko`pchilik karpsimonlar kiradi. Chuchuk suv baliqlari ham suv havzalarining tiplariga qarab 3 ta guruhchalarga bo`linadi.
1) Oqmas (hovuz va ko`l) chuchuk suv baliqlari. Bu guruhchaga tobon baliq, lin, siga kabi baliqlar kirib, ular har xil ko`lmak suvlarda, hovuzlarda va ko`llarda yashaydi.
2) Umumiy chuchuk suv baliqlari guruhchasi, ya`ni turib qolgan va sekin oqib turadigan suvlarda yashaydigan baliqlar. Bu guruhchaga olabug’a, cho`rtan, laqqa va boshqa tur baliqlar kiradi. Ular turib qolgan, ya`ni oqmas suvlarda ham yashaydi. Demak, ular uchun suvning oqish va oqmasligi uncha ahamiyatga ega emas.
3) Oqar suv baliqlari guruhchasi. Bu guruhchaga gulmoy, oqcha, jerex va boshqa baliqlar kiradi.
III. O`tkinchi yoki ko`chmanchi baliqlar guruhi. Bu guruhga kiruvchi baliqlar rivojlanish jarayoniga qarab ham dengizda va ham daryoda yashaydi. Bunday baliqlarning o`sishi va jinsiy voyaga yetishi dengizlarda kechsa, urchishi va ikra tashlashi daryolarda kechadi. Bunday baliqlarga losos, uzoq sharq ketasi, bukri baliq, syomga, osyotr, beluga va seld baliqlarining ba`zi turlari kiradi. Bu guruhga daryo ilonbaliqlari (Yevropa va Amerika ugorlari) ham kirib, ular, asosan daryolarda o`sib voyaga yetib, ko`payish va ikra tashlash uchun dengizlarga o`tadi. Bu guruhga kiruvchi baliqlar juda uzoq migratsiya qiladi, ya`ni ayrim turlari 1000 km va undan ham ko`p yo`lni bosib o`tadi. Masalan: lososlardan keta balig’i Tinch okeanining shimoliy qismidan Amur daryosiga suzib keladi. Yevropa ugori esa Shimoliy Yevropa daryolaridan ikra tashlash uchun Atlantika okeanining g’arbiy qismidagi dengizlarga (Sargasso dengiziga) suzib boradi.




Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   85   86   87   88   89   90   91   92   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish