B
70-rasm. Sargasso dengizida suv o`tlari orasidagi marmar antennariya (Rterophryna tumida).
aliqlarning o`zini hi-moya qilishi. Ma`lumki, baliqlar atrof muhit rangiga moslashgan bo`ladi, bu bilan esa ular o`zlarini himoya qiladi
(70-rasm). Biroq litoral zonada yashaydigan baliqlarning rangi xilma-xil bo`lib, shu zonaning turli qismidagi rangiga mos holda bo`ladi (kambala, buqa baliq).
Pelagik zonadagi baliqlarning orqa qismi ko`kish-yashil rangda, qorni esa kumush rangida bo`ladi. Bu baliqlarning shu muhitdagi himoya rangidir. Suv tubidagi baliqlarning himoya rangi - ularning orqa qismi qoramtir, yon tomonlari har xil ranglar bilan qoramtir dog’lar bor, qorin qismi esa oqish bo`ladi. Chuqur suv baliqlarining himoya rangi ham o`ziga xos bo`lib, qizg’ish yoki qora rangda bo`ladi. Bunday ranglar bu yerda yashaydigan baliqlarni yirtqichlardan himoya qiladi. Shuni ham ta`kidlash lozimki, baliqlarning rangi ular dengizlardan daryolarga ikra tashlashga o`tayotganda ham o`zgaradi. Masalan: losos baliqlarda shunday bo`ladi. Ular dengizga qaytganda yana oldingi rangiga qaytadi.
Ko`pgina baliqlar gavda shakllari va har xil o`siqlari bilan atrofidagi narsalarga o`xshaydi. Bularga suv o`tlari ichida bekinib yuradigan dengiz shayton balig’i, Avstraliya dengiz toychasi – lattachi baliq (Phylloptezyx eques) va Sargas dengizida yashaydigan marmar antennariya (Ptezophzyna tumida) kiradi.
Ba`zi baliq turlarining rangi bir kecha-kunduzda ham o`zgarib qolishi mumkin.
Masalan: kunduzi gavdasi bo`ylab to`g’ri qora chiziq o`tgan bo`lsa, kechasi gavdasida ko`ndalang chiziqlar paydo bo`ladi. Bundan tashqari ayrim baliqlarda uchraydigan turli xil ignalar, tikanlar va o`tkir shu`lalar ham muhofaza rolini o`ynaydi. Bularga yersh balig’idagi o`tkir uchli suzgich qanot shu`lalari, kuzovka balig’idagi pantserli kosasi, nina qorin balig’ining shardek shishganda gavdasidagi har tomondan turtib chiqadigan tikanlari misol bo`ladi.
Nayza dumli skat dumining ustiga o`rnashgan arra tishli katta ignalari bilan hatto odamni ham jarohatlashi mumkin. Arrabaliq o`zini himoya qilishda va o`ljasiga hujum qilishda qirrasi o`zgargan plakoid tangachalardan hosil bo`lgan yirik tishchalar o`rnashgan rostrumidan foydalanadi. Ba`zi baliqlarda elektr organlari ham bor bo`lib, bu organlar himoya va o`ljasini o`ldirish uchun xizmat qiladi. Bunday baliqlarga elektr skatlar, elektr ilon balig’i va elektr laqqa baliqlari misol bo`la oladi. Ayrim mayda baliqlar (treskalar, skumbriyalar) o`zlarini muhofaza qilish uchun boshqa hayvonlardan foydalanadi, ya`ni ular meduzalarning soyaboni ostiga kirib oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |