5. Elektr himoya vositalari qo‘llash va sinash. Elektr sinov
Elektr qurilmalarga xizmat ko‘rsatishda, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida turli xil elektr himoya vositalari qo‘llanadi. Ushbu himoya vositalari elektr tokidan jarohatlanishdan, elektr yoyi ta‘siridan, elektr maydon ta‘siridan, kuyishdan, balandlikdan yiqilishdan himoya qiladi.
Izolyasiyalangan tutqichli slesarlik ta‘mirlash dastgohlarini ishlatish jarayoni-da, xizmat ko‘rsatuvchi xodim erdan izolyasiyalangan bo‘lishi kerak. Ishlatishdan oldin barcha dastgohlar ko‘zdan kechirilishi shart.
Rezinali dielektrik himoya vositalarini ishlatishdan oldin, har doim ko‘zdan kechirishi shart. Yirtilgan yoki teshilgan himoya vositasini ishlatish mumkin emas. Ularni qorong‘i va quruq joyda saqlash kerak.
Elektr himoya vositalari shartli ravishda uch turga bo‘linadi: izolyasiyalovchi, to‘suvchi va saqlovchi.
Izolyasiyalovchi himoya vositalari insonni tok o‘tkazuvchi qismlardan, yerga ulangan qismlardan va yerdan izolyasiyalaydi. Bu himoya vositalari, 1000 Voltgacha va undan yuqori kuchlanishda asosiy, hamda qo‘shimcha turlarga bo‘linadi.
Asosiy himoya vositalari:
- 1000 Voltgacha kuchlanishda: dielektrik qo‘lqop, izolyasiyalovchi shtanga, izolyasiyalovchi va elektr o‘lchash kleshlari, slesarlik ta‘mirlash dastgohlari hamda kuchlanish ko‘rsatgichlar;
- 1000 Voltdan yuqori kuchlanishda: izolyasiyalovchi shtanga, izolyasiyalovchi va elektr o‘lchash kleshlari, kuchlanish ko‘rsatgichlari, shuningdek, 1000 Voltdan yuqori kuchlanishda ishlatiladigan ta‘mirlash asboblari;
Qo‘shimcha izolyasiyalovchi himoya vositalari:
- 1000 Voltgacha kuchlanishda: dielektrik kovush va dielektrik gilamcha, shuningdek izolyasiyalovchi tagliklar;
- 1000 Voltdan yuqori kuchlanishda: dielektrik qo‘lqoplar, boti va dielektrik rezina gilamcha, shuningdek izolyasiyalovchi tagliklar;
To‘suvchi himoya vositalari, tok o‘tkazuvchi qismlarga tasodifan yaqinlashish-dan va tegib ketishdan saqlaydi, shuningdek, kommutasion apparatlarni adashib qo‘shib yuborishdan ogohlantiradi.
To‘suvchi himoya vositalariga ko‘chma to‘siq va sim to‘rlar, vaqtinchalik ko‘chma yerga ulagichlar, hamda ogohlantiruvchi plakatlar kiradi.
Saqlovchi himoya vositalari, xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni individual ravishda yorug‘lik, issiqlik va mexanik ta‘sirlardan, kuyishdan, elektromagnit maydon ta‘siridan, shuningdek, balandlikdan yiqilib ketishdan saqlaydi.
Saqlovchi himoya vositalariga himoya ko‘zoynaklari, maxsus qo‘lqoplar, himoya kaskalari, protivogazlar, elektrik kamarlari, maxsus arqonlar, energetik koktilar, shuningdek, ekranlovchi vositalar kiradi.
Himoya vositalarini ishlatishda, "Elektr uskunalarini ishlatishda xavfsizlik texnikasi qoidalari"ga rioya qilish kerak.
Elektr himoya vositalarini sinashdan asosiy maqsad, elektr qurilmalarida xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarni xavfsizligini ta‘minlash va elektr toki bilan bog‘liq bo‘lgan shikastlanishlarni oldini olishdir. Ishlab chiqarishda elektr tokidan jarohat-lanishlarning kelib chiqishiga, aksariyat hollarda, himoya vositalaridan noto‘g‘ri foydalanish va ularni yaroqsiz holatda ishlatish sabab bo‘ladi. Shuning uchun O‘zbekiston Respublikasi «O‘zdavenergonazorat» elektr energetikada nazorat bo‘yicha davlat agentligi tomonidan, «Elektr uskunalarida foydalaniladigan himoya vositalarini qo‘llash va sinash qoidalari» ishlab chiqilgan bo‘lib, ushbu qoidalar talablariga javob bermaydigan elektr himoya vositalarni ishlatish man qilinadi. Himoya vositalari ishlab chiqarilganidan keyin, namunaviy va qabul qilish-topshirish sinovlaridan o‘tkaziladi.
Qabul qilish–topshirish sinovi, bu tayyorlovchi tomonidan qabul qilish nazorati paytida tayyor mahsulot uchun o‘tkaziladigan nazorat sinovidir. Mahsulotning Namunaviy sinov, nazorat sinovi bo‘lib, bu himoya vositasining tuzilishiga, tarkibiga yoki himoya vositasining samaradorligi va muvofiqligini baholashdan iboratdir. Davriy sinovlar, bu tegishli hujjatlarda belgilangan hajmda va muddatlarda davriy ravishda o‘tkazilib turiladigan mahsulotning nazorat sinovidir.
Navbatdan tashqari sinovlar esa, himoya vositalarini ta‘mirlash natijasida, uning asosiy elektr va mexanik tavsiflari o‘zgarmaganligini aniqlash maqsadida o‘tkaziladi. Navbatdan tashqari sinov hajmi himoya vositasining nosozligi xusussiyati va ta‘mirlash turlariga qarab aniqlanadi. Sinovlarning barcha turlarida, himoya vositalarining elektr va mexanik tavsiflari tekshiriladi.
Himoya vositalari elektr sinovdan oldin, ularning o‘lchami, butligi va rostligi, jihozlanganligi, izolyasion yuzasining holatini tekshirish uchun tashqi ko‘rikdan o‘tkazilishi zarur. Ushbu qoidalar talablariga to‘g‘ri kelmagan, kamchiliklar bartaraf qilinmaguncha himoya vositalari sinovdan o‘tkazilmaydi. Barcha sinovlar, odatda 15-20°S haroratda 50 Gs chastotali o‘zgaruvchan tok bilan o‘tkaziladi. Faqat rezinadan tayyorlangan himoya vositalarini, o‘zgarmas tokda sinash mumkin. Albatta, sinaladi-gan himoya vositasi ham, shu haroratda bo‘lishi kerak. Sinovdan yaxshi o‘tgan himoya vositalariga, ishlatishga yaroqliligini tasdiqlovchi muhr qo‘yiladi.
Shtanga yoki qisqichni (kleshni) (50-rasm), unga berilgan sinov kuchlanishida butun davr davomida ushlab turilganda, elektr zaryadsizlanish (razryad) yuzaga kelmasa va ko‘rsatuvchi asboblarni (voltmetr, ampermetr) tebranishi kuzatilmasa, himoya vositasi sinov kuchlanishiga bardoshli, deb hisoblanadi. Bundan tashqari, izolyasiya qismini qo‘l bilan ushlab ko‘rilganda, qizigan joylari bo‘lishi mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |