Tentakqushsimonlar (Caprimulgiformes) turkumi. Tentakqushsimonlar turkumi vakillari o`rtacha kattalikdagi qushlar bo`lib, massasi 50 g dan 700 g gacha boradi, tirikchiligini tunda o`tkazadi, tumshug’i qisqa, lekin og’iz kesimi juda katta. Og’iz burchagida uzun-uzun qil patlari bor. Patlari mayin bo`lib, uchganida tovush (shovqun) chiqarmaydi, qanotlari uzun va o`tkir (178-rasm).
178-rasm. Tentakqushsimonlar: 1-yirik tentakqush, 2-oddiy tentakqush,
3-malla tentakqush.
Ular havoda uchib hasharotlarni tutib yeydi. Eshitish organi kuchli rivojlangan. Monogam, tuxumini urg’ochisi va erkagi navbatlashib bosadi. Inkubatsiya davri 18-20 kun. MDHda, shu jumladan, O`zbekistonda oddiy tentakqush (Caprimulgus europaeus) keng tarqalgan.
Oddiy tentakqush tog’dagi bargli o`rmonlarda, saksovulzorlarda yashaydi. Yashash sharoitiga moslashib, himoya rangiga ega bo`ladi. Orqasidagi patlari och qo`ng’ir-kulrang tusda bo`lib, ingichka qoramtir chiziqlari uzunasiga ketgan qora yo`llari bor, ya`ni jigarrang, yer rangiga o`xshaydi. Tentakqush yerga chuqurcha yasab, 1-2 ta tuxum qo`yadi. Jo`jalarini boqishda erkagi va urg’ochisi ishtirok etadi. Tentakqush zararkunanda hasharotlarni qiradigan foydali qush bo`lganligi uchun uni muhofaza qilish lozim.
Ayrim turlari g’orlarda yashaydi, ularda exolokatsiya hodisasi yaxshi rivojlangan. Bu turkumning 90 dan ortiq turi bor. MDHda 3 ta turi, jumladan, O`zbekistonda 2 ta turi, ya`ni oddiy tentakqush (Caprimulgus europaeus) va malla tentakqush (Caprimulgus aegyptius) uchraydi. Ular jo`ja bolali qushlar bilan jish bolali qushlar o`rtasidagi oraliq forma hisoblanadi.
Yapaloqqushsimonlar (Strigiformes) turkumi. Yapaloqqushsimonlarning tumshug’i ilmoqdek pastga qayrilgan, barmoqlari o`tkir tirnoqli, patlari yumshoq, yuz qismida ham patlari bor. Ularning patlari ko`zlarining atrofidan xuddi markazdan chiqqanday tarqaladi va yuz diski deb ataladigan disk hosil qiladi, yuzi yapaloq, patli, ko`zlari boshining oldingi tomonida joylashgan, ya`ni ular binokulyar (ikki ko`z bilan) ko`rish xususiyatiga ega. Patlari yumshoq bo`lganligidan ovoz chiqarmasdan uchadi. Ular o`z o`ljasini kuchli rivojlangan eshitish organlari orqali sezadi. Eshitish teshigi atrofida teri burmalari bo`lib, ovozni yaxshi eshitishga yordam beradi. Ko`zlari juda katta, ular shomda ham kunduzi ham yaxshi ko`rish qobiliyatiga ega. Boshi juda harakatchan, boshini 2700 ga bura oladi. Panjasidagi uzun barmoqlari asosiy o`lja tutish quroli bo`lib hisoblanadi.
Yapaloqqushsimonlar lochinsimonlardan farq qilib, jig’ildoni bo`lmaydi va ko`r ichagi uzun bo`ladi, asosan tunda ov qiladi. Yapaloqqushsimonlar yer yuzida keng tarqalgan. Ularning uzunligi 12 sm dan 84 sm gacha (soqolli yapaloqqush) boradi. Odatda urg’ochilari erkaklariga nisbatan yirikroq bo`ladi.
Monogam, faqat urg’ochilari tuxum bosadi, jish bolali, jo`jalarini urg’ochisi va erkagi birga oziqlantiradi.
Yapaloqqushsimonlar turkumiga 140 ga yaqin tur kiradi. Shulardan 20 ta turi MDHda, shu jumladan, 10 ta turi O`zbekistonda uchraydi. Bu turkumning tipik vakillariga yer yuzida keng tarqalgan botqoq yapaloqqushi (Asio flammenus), tirikchiligini kunduzi o`tkazadigan va tundrada uyalaydigan, qishda MDHning janub tomonlariga uchib ketadigan yirik oq yapaloqqush (Nyctea scandiaca), qisman tovushqonlar bilan oziqlanib, ba`zi joylarda ovchilik xo`jaligiga zarar keltiradigan eng yirik yapaloqqush oddiy ukkini (Bubo bubo) ko`rsatish mumkin. Bu turkumga yana boyo`g’li yoki boyqush (Athene noctua) ham kiradi (179-rasm).
Ko`pchilik yapaloqqushlar foydali, ular mayda zararkunanda kemiruvchilar va hasharotlarni ovlab, foyda keltiradi. Yapaloqqushsimonlar, asosan tunda faol bo`ladi.
Olimlarning kuzatishlariga qaraganda, bitta yapaloqqush bir yil davomida mingga yaqin sichqonlarni tutib oziqlanib, 500 kg dan ortiq g’allani saqlab qolish mumkin ekan. Yirik yapaloqqushlar 1-2 ta, maydalari esa 10-12 ta tuxum qo`yadi. Urg’ochisi birinchi tuxumini qo`yishi bilan uni bosadi. Shuning uchun uyadagi jo`jalari har xil kattalikda bo`ladi. Ukki eng katta yapaloqqushlardan bo`lib, MDHda keng tarqalgan. Tog’, tog’oldi va cho`llarda yashaydi. Boshining ustida quloqqa o`xshash ikki to`p patlari dikkayib turadi. Yerga, daraxtga uya quradi. Uyasida 2-3 ta tuxum bo`ladi. Kechasi ov qiladi. Quloqdor yapaloqqush (Asio otus) boshqa qushlarning uyasiga 3-7 ta tuxum qo`yadi. Ular tunda ov qiladi, kemiruvchilar bilan oziqlanadi. Boyo`g’lilar kichik yapaloqqushlar bo`lib, qanotlarining uzunligi 9-15 sm
Do'stlaringiz bilan baham: |