Kolibrilar kenja turkumiga dunyodagi eng mayda qushlar kirib, og’irligi 2 g dan 20 g gacha va uzunligi 1,7 sm dan 21,6 sm gacha boradi, ularning eng yirigi qaldirg’ochday keladi. Bu kenja turkumga 1 ta kolibrilar oilasi va 320 ga yaqin tur kiradi. Asosan Janubiy va Markaziy Amerikada tarqalgan, qanoti yaxshi rivojlangan, shuning uchun yaxshi ucha oladi. Tumshug’i uzun, ingichka, biroz uchi qayrilgan, muskulli tili nayga aylangan, gul nektarini so`rib olishga moslashgan. Kolibrilar o`rmonda va yirik butazorlarda yashaydi. Ular o`simliklarning nektari bilan oziqlanadi. O`simliklarni changlatib foyda keltiradi.
180-rasm. Uzunqanotlar: 1- salangan jarqaldirg’och, 2- qora uzunqanot, 3- kichik uzunqanot,
4- oqbel uzunqanot, 5- ignadum uzunqanot.
Mayda hasharotlar bilan ham oziqlanadi. Uyasi daraxtda bo`lib, vazni 0,2 g keladigan 1-2 ta tuxum qo`yadi. Bir yilda 2-3 marta tuxum qo`yadi. Tuxumini 14-19 kun bosadi, jo`jasi bir oydan keyin uchirma bo`ladi. Tuxumdan chiqqan jo`jasi ojiz, nochor bo`ladi. Kolibrilar juda tez uchadi, sekundiga 20-25 va hatto 50 marta qanot qoqib, havoda muallaq tura oladi. Ularning yuragi oshqozonidan 3 marta katta. Tana harorati doimiy emas. Tungi sovuqda tana harorati +17-210C gacha tushib, karaxt holatda bo`ladi. Rangi juda ochiq va yaltiroq. Kolibrilar guldan nektar so`rganida havoda bir joyda muallaq uchib turadi. Ko`p vaqtini havoda uchib o`tkazadi. Yerda yurolmaydi.
Qizilishtonsimonlar (Piciformes) turkumi. Bu turkumga, asosan qizilishtonlar (Picidae) bilan tukanlar (Rhamphastidae) oilalari kiradi. Ular jish bolali qushlar bo`lib, tumshuqlari juda qattiq va o`tkir, oyoqlari qisqa, barmoqlarining ikkitasi oldinga va ikkitasi orqa tomonga qayrilgan. Daraxtlarda o`rmalab yurishga yaxshi layoqatlangan, barmoqlari uzun, tirnoqlari qayrilgan.
Qizilishtonlar (Picidae) oilasi vakillarining tumshug’i iskanaga o`xshash to`g’ri, o`tkir bo`ladi. Tana uzunligi 8 sm dan 50 sm gacha boradi. Qizilishtonlar, asosan daraxtda yashaydi. Dumi prujina vazifasini o`taydigan elastik patlardan tuzilgan. Oyog’i kalta, barmoqlari o`tkir tirnoqli. Dum patlarining o`tkirligi tufayli daraxtda turganida tayanch vazifasini bajaradi. Ko`pchiligi baquvvat iskanaga o`xshash uchli tumshug’i va dum patlari yordamida daraxtga o`rmalab chiqib oziq izlaydi. Tili juda uzun, uchi sanchib oladigan igna yoki to`g’nag’ichga o`xshaydi. Uyasi daraxtda bo`ladi, 3-7 ta tuxum qo`yadi. Tuxum bosishda erkagi va urg’ochisi galma-galdan qatnashadi. Qizilishtonlar oilasiga 400 ta tur kiradi. MDH o`rmonlarida, tog’ va jarliklarda qizilishtonlarning 14 ta turi uchraydi. Foydali qushlardan hisoblanadi, zararli hasharotlarni yo`q qilib, tog’ va o`rmonlarni qo`riqlaydi. Daraxt po`stlog’i ostidagi hasharotlar va ularning lichinkalari bilan oziqlanadi, monogam. Qizilishtonlarning qanotlari ola va dumining tagi och qizil rangda bo`lganligi uchun qizilishton deyiladi (181-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |