Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet119/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

1. Yashirin jabralilar (Cryptobranchoidea) kenja turkumi vakillari dumlilar turkumining eng soddalaridan hisoblanadi. Bularning umurtqalari amfitsel tipda, urug’lanishi tashqi. Bu kenja turkumga yashirin jabralilar (Cryptobranchidae) va burchaktishlilar (Hynobiidae) oilalari kiradi.
Yashirin jabralilar (Cryptobranchidae) oilasiga eng sodda va primitiv tuzilgan 2 ta tur dumli amfibiyalar kiradi. Bu oilaning vakillariga Yaponiyaning tog’li daryolarida hamda Markaziy Xitoy daryolarida uchraydigan Yaponiya gigant salamandrasi (Andrias japonicus) bilan Amerikada tarqalgan bo`yi 70 sm keladigan yashirin jabrali salamandra (Cryrtobranchus alleghensis) kiradi. Yaponiya gigant salamandrasining uzunligi 160 sm gacha va og’irligi 70 kg boradi. Otalanishi tashqi, toshlarning tagida uchraydi. Ular tuxumlarini sekin oqadigan suvdagi inlariga qo`yadi. Ular baliq, baqa va chuvalchanglar bilan oziqlanadi. Bu salamandra ovlanadi, go`shti ovqatga ishlatiladi.
Burchaktishlilar (Hynobiidae) oilasiga juda ham primitiv bo`lgan 35 ga yaqin tur kiradi. Ularning umurtqasi 2 tomondan botiq, ya`ni amfitsel tipda tuzilgan. Otalanish tashqi. Burchaktishlilar, asosan Sharqiy Osiyoning tayga mintaqalarida tarqalgan. Bu oilaning tipik vakillariga sibir to`rt barmoqli burchaktishi, ya`ni Sibir to`rt barmoqli tritoni (Hynobius), uchar baqa (Keyserlingii), yettisuv baqatishi (Ranodon sibiricus) va ussuriy tirnoqli tritoni (Onychodactylus fischeri) kiradi. Sibir burchaktishlilari suvda, asosan urchish davrida yashaydi. Ular sovuq muhitga chidamli, 2-4C haroratda ham harakatsiz hayot kechiradi.
Dumlilar turkumining eng ko`p turlari Salamandralar (Salamandridea) kenja turkumga kiradi. Bu kenja turkumga 3 ta oila kiradi.
1. Haqiqiy salamandralar (Salamandridae) oilasi vakillarining shakli kaltakesaklarnikiga o`xshash, dumi uzun doira shaklida, ikki juft oyoqlari yaxshi
rivojlangan. Urug’lanishi ichki. Lichinkalari tashqi jabralar bilan nafas oladi, voyaga yetganlarida jabra bo`lmaydi ular o`pka va terisi orqali nafas oladi.
Umurtqalari opistotsel tipda, pastki va yuqorigi jag’larida tishlari bor. Qovoqlari yaxshi rivojlangan. Haqiqiy salamandralar oilasining 40 ga yaqin turlari bor, tipik vakillariga oddiy triton (Triturus vulgaris) va taroqli triton (Triturus cristatus) va haqiqiy salamandralar (Salamandra) kiradi. Tritonlar Yevropada, Kavkazda, Sibirda, ba`zan O`rta Osiyoda ham tarqalgan.
Oddiy va taroqli tritonlar yozda turib qolgan yoki sekin oqadigan ichi o`simliklar bilan qoplangan suvlarda uchraydi. Ular suvda urchiydi, lichinkalik davri ham suvda rivojlanadi. Tritonlar o`z tuxumlarini suvdagi o`simlik ildizi ostiga yoki tosh ostiga, yer yoriqlariga qo`yadi. Yoz oxirida tritonlar suvdan tashqariga chiqib daraxtlarning tanasi ostiga, toshlar ostiga, yer yoriqlariga, barglarning ostiga kirib qishlab chiqadi. Bahor kelishi bilan hali ba`zi joylarda qor bo`lsa ham ular yana suvda yashashga o`tadi. Hayvonlar ozig’i bilan oziqlanadi.
Haqiqiy salamandralarning bir necha turlari O`rta va Janubiy Yevropada, G’arbiy Kavkazning g’arbida, Kichik Osiyoda va Shimoliy Afrikada tarqalgan. Salamandraning terisida dog’lar bo`ladi. MDHda, asosan ola salamandra uchraydi.
Ola salamandra (Salamandra salamandra)kunduzi daraxt ildizlari ostida yashirinib yotadi, kechasi faol bo`ladi. Xolli salamandralar, asosan Yevropa, Shimoliy Afrika va Kichik Osiyoda namli qorong’u o`rmonlarda yashaydi. Ular kunduzi daraxtlarning ildizi tagida, toshlar tagida va har xil inlarda yotadi, kechasi faol, ba`zan yomg’irdan keyin kunduz kunlari ham inlaridan tashqariga chiqadi. Salamandralar tritonlarga nisbatan suvda kam yashaydi. Urug’lanishi ko`pincha quruqlikda boradi. erkak va urg’ochilari yaqinlashib kloakalari orqali erkagining spermatoforasi urg’ochisining jinsiy yo`liga o`tadi. Ba`zi salamandralarda otalanish suvda ham kechadi. Xolli salamandralar odatda jabra bilan nafas oluvchi lichinkalar tug’adi, bunda metamorfoz suvda o`tadi.
Quruqlikda yashaydigan dumli amfibiyalar suvda yashaydiganlariga nisbatan gavdasi kalta, lekin ularning oyoqlari uzun va kuchlidir. Bularga misol qilib chin quruqda yashaydigan Janubiy Yevropa salamandralari va Markaziy Amerika salamandralarini olish mumkin. Ular xuddi kalta-kesaklarga o`xshab tez yuguradi, daraxtlarga tez chiqadi va sakraydi. Ularning tili baqalarnikiga o`xshash uzun bo`ladi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   115   116   117   118   119   120   121   122   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish