Nerv sistemasi va sezgi organlari. Umurtqali hayvonlarning suv muhitidan quruqlik muhitida yashashga o`tishi ularning markaziy nerv sistemasi va sezgi organlarining qayta tuzilishiga hamda murakkablanishiga olib keladi. Amfibiya-larning bosh miyasi, asosan oldingi miyaning yaxshi takomil etganligi, yarimsharlarga aniq ajralganligi va miyachasining sust rivojlanganligi bilan baliqlarnikidan farq qiladi (98-rasm).
Yarimsharlarning ichida mustaqil bo`shliqlari -qorinchalari bo`ladi. Oldingi miya yarimshar-larining rivojlanganligi faqat kattalashganida emas, balki yon qorinchalarning tubidan tashqari yon devorlari bilan ustki tomonida ham miya moddasi borligida ko`rinadi, ya`ni amfibiyalarda haqiqiy miya gumbazi hosil bo`ladi.
H
98-rasm. Baqa bosh miyasining yonidan ko`rinishi: 1-oldingi miya katta yarimsharlari; 2-hidlov bo`lagi;
3-hidlov nervi; 4-oraliq miya; 5-ko`ruv xiazmasi;
6-voronka; 7-gipofiz; 8-o`rta miya; 9-miya-cha;
10-uzunchoq miya; 11-orqa miya.
idlov bo`laklari miya yarimsharlaridan bilinar-bilinmas darajada chega-ralangan. Oraliq miyaning ustki tomonini miyaning boshqa bo`limlari salgina qoplab turadi. Uning ustki tomonida epifiz joylashadi. Oraliq miyaning tubidan miya voronkasi chiqadi, gipofiz shu miya voronkasiga birikadi.
O`rta miya suyakli baliqlarning o`rta miyasiga nisbatan biroz kichik. Miyachaning yaxshi taraqqiy etmay qolgani gavdaning birmuncha oddiy harakat qilishi bilan bog’liq. Bosh miyadan baliqlardagiga o`xshash, faqat 10 juft bosh miya nervlari chiqadi, chunki XII juft nerv (tilosti nervi) miya qutisidan tashqarida turadi. XI juft nerv (qo`shimcha nerv) esa umuman taraqqiy etmagan. O rqa miya biroz yalpoqlashgan bo`lib, hamma umurtqalilardagidek yelka va chanoq nerv chigallarini hosil qiladi. Orqa miyadan 10 juft nervlar chiqadi. Barcha amfibiyalarda simpatik nerv sistemasi yaxshi taraqqiy etgan hamda ikkita nerv ustunidan iborat. Ular umurtqa pog’onasining ikki yonida yotadi va tortqichlar bilan bir-biriga qo`shilgan hamda orqa miya nervlari bilan tutashgan nerv tugunlari zanjiridan tashkil topgan bo`ladi.
Amfibiyalarning ko`rish organlari quruqlikda yashovchi umurtqalilar uchun xarakterli tarzda tuzilgan bo`lib, havoda ancha uzoq masofadagi narsalarni ko`rishga moslashgan. Bu moslashish, asosan ko`z shox pardasining bo`rtib chiqqanligi, ko`z gavharining ikki tomonlama qabariq linza shaklida ekanligi va ko`zni qurib qolishdan saqlaydigan harakatchan qovoqlarining borligi bilan ifodalanadi. Akkomodatsiya ko`z gavharining surilishi bilan yuzaga keladi, ammo ko`z gavhari o`roqsimon o`simta yordami bilan emas, balki maxsus muskulning qisqarishi tufayli suriladi.
Eshitish organi amfibiyalarning suvda va quruqlikda hayot kechirishi munosabati bilan yana ham murakkablashadi. Bularda ichki quloqdan tashqari, o`rta quloq va nog’ora bo`shlig’i hosil bo`ladi, unga eshitish suyakchasi-uzangi suyakcha joylashgan. Suyakchaning bir uchi nog’ora pardaga, ikkinchi uchi oval nayga tegib turadi. Yevstaxiyev nayi o`rta quloq bo`shlig’ini og’iz bo`shlig’i bilan bog’lab, bosimni tenglashtirib turadi va kuchli ovoz paytida nog’ora pardani yirtilishdan saqlaydi. O`rta quloq bo`shlig’i jag’ yoyi va tilosti yoyi o`rtasida joylashgan jabra yorig’ining rudimentidan, ya`ni sachratqichdan hosil bo`ladi.
Hid bilish organi hamma amfibiyalarning hayotida muhim ahamyatga ega. Hidlash xaltachalari juft bo`ladi. Tashqi burun teshiklari maxsus muskullar yordamida ochilib yopiladi. Har bir hidlash xaltachasi ichki burun teshigi - xoanalar orqali og’iz bo`shlig’i bilan tutashib turadi. Hidlash xaltachalarining xajmi, ayniqsa, oyoqsizlarda katta bo`ladi. Hidlash organlari faqat havo muhitida faoliyat ko`rsatadi; suvda tashqi burun teshiklari yopiq bo`ladi. Voyaga yetgan davrida suvda yashovchi amfibiyalar va ularning lichinkalarida yon chiziq organi muhim sezish organi vazifasini bajaradi, yon chiziq organi butun gavdaga tarqalgan (ayniqsa, boshida) va baliqlardan farqli ravishda teri yuzasida joylashadi. Teri yuzasida sezuvchi tanachalar ham joylashgan. Hamma amfibiyalarning teri epidermisida sezuvchi nervlarning erkin uchlari joylashadi. Ular temperaturani, og’riqni qabul qilib oladi. Bulardan ba`zilari namlikning o`zgarishiga ham reaktsiya beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |