Личинка хордалилар (Urochordata) ¸ки šобиšлилар (Tunicata) кенжа типи



Download 30,53 Mb.
bet112/364
Sana12.07.2022
Hajmi30,53 Mb.
#781312
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   364
Bog'liq
Зоология дадаев

Nafas olish sistemasi. Suvda hamda quruqlikda yashovchilarning xarakterli xususiyati nafas olish organlarining nisbatan ko`pligidir. Kislorodni yutib, karbonat angidridni ajratib chiqarishda lichinkalarning terisi, tashqi va ichki jabralari, voyaga yetganlarida esa o`pka, teri va og’iz-halqum bo`shlig’ining shilimshiq pardasi ishtirok etadi. Voyaga yetgan baqaning nafas organlari o`pka bilan teri hisoblanadi, teriga yirik-yirik qon tomirlari keladi. O`pka bir juft sodda xaltachadan iborat, uning devorlari yupqa, ichki yuzasi kattakchali bo`ladi.
Nafas yo`llari kattagina hiqildoq-traxeya kamerasidan iborat, bu kamera to`g’ridan-to`g’ri o`pka bo`shlig’iga aylanib ketadi. Hiqildoq-traxeya teshigi bir juft cho`michsimon tog’ay bilan o`ralgan, tovush bog’ichlari shu tog’aylarga tortilgan. Tovush bog’ichlari hiqildoq teshigining yon tomonidan o`rab olgan ikkita shilliq parda burmasidan iborat. Bu pardalar tortilib taranglana oladi, shunda o`pkadan chiqqan havo ularni tebrantiradi, bunda o`sha pardalardan tovush chiqadi. Hiqildoq skeleti baliqlardagi V-jabra yoylarining ostki qismiga gomolog bo`ladi.
Amfibiyalarda ko`krak qafasi yo`qligi munosabati bilan nafas olishi o`ziga xos yo`l bilan o`tadi. Baqa avvalo, og’iz bo`shlig’iga havo oladi, buning uchun og’iz tubini pastga tushirib, burun teshiklarini ochadi. Keyin u burun teshiklarini klapanlar bilan bekitadi va og’iz tubini yuqoriga ko`taradi, natijada havo hiqildoq teshigidan o`pkaga boradi. Shunday qilib, amfibiyalar xuddi o`pkaga havo olgandek nafas oladi, havo u yerda o`pka elastik devorlarining puchayishi tufayli tashqariga chiqadi.
Amfibiyalarda o`pkaning nafas olish yuzasi gavdasining yuzasiga nisbatan kam (2:3 nisbatda), sutemizuvchilarda esa o`pkaning ichki yuzasi uning terisi tashqi yuzasiga nisbatan 50-100 marta ko`pdir. Amfibiyalar terisi orqali 15-55%, o`pkasi orqali 35-75% va og’iz-halqum bo`shlig’i orqali 10-15% kislorod qabul qiladi. O`pkasi va og’iz-halqum bo`shlig’i orqali 35-55%, terisi orqali esa 45-65% CO2 ajratiladi.

Download 30,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   108   109   110   111   112   113   114   115   ...   364




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish