2. O`pkasiz salamandralar (Plethodontidae) oilasiga 215 ta tur kiradi. Bu oila vakillari, asosan Shimoliy Amerikada, ayrim turlari Markaziy va Janubiy Amerikada tarqalgan. Janubiy Yevropada bitta yoki ikkita turi uchraydi (g’or salamandrasi). Ularning hamma turlarida o`pkasi bo`lmaydi. Bunga sabab ularning suv muhitiga yashashga o`tganligi bo`lsa kerak. Ular, asosan teri orqali nafas oladi, ayrim turlari esa halqumining shilliq pardasi orqali ham nafas olishi mumkin.
O`pkalari, ehtimol tog’ suvlarida yashaganligi uchun yo`q bo`lib ketgan bo`lsa kerak. Quruqlikda yashaydigan turlari faol bo`lmaydi, kislorodni suvda yashaydiganlariga nisbatan kam iste`mol qiladi.
O`pkasiz salamandralarning yuragi 2 kamerali bo`ladi, kichik qon aylanish dorasi yo`q, chunki yurak bo`lmasi to`siq bilan ajralmagan. Ular tunda faol hayot kechiradi. Kunduzi esa salqin, soya namliklarda yashirinib yotadi. Quruqlikda yashaydigan turlari tuxumlarini to`nkalar ichiga, daraxtlar ostiga nam yerlarga qo`yadi. Jilg’a salamandrasi tog’ suvlarida yashaydi. Quruqlikda yashaydigan turlarining urg’ochisi o`z tuxumlarini tanasi bilan o`rab to tuxumdan yosh salamandra chuqquncha qo`riqlab yotadi.
3. Amfiumalar (Amphiumidae) oilasiga hozirgi amfibiyalarning eng yirik turlari kiradi. Ayrim turlarining uzunligi 1 metrgacha boradi. Oyoqlari yaxshi riojlanmagan. 2 juft nimjon rudimentar oyog’i bo`lib, barmoqlari 2-3 ta yaxshi rivojlanmagan. Shuning uchun ularning oyoqlari yurishga layoqatsiz. Bir juft ko`zi teri ostiga yashiringan. Nafas olish organiga o`pka bilan bir qatorda ichki jabralari ham kiradi. Boshining ikki yonida 1 tadan jabra yoriqlari bor. Bu oilaning 1 ta avlodi va 3 ta turi bor, tipik vakillariga ugorsimon amfiuma (Amphiuma means) va uchbarmoqli amfiumalar kiradi. Ular Shimoliy Amerikaning janubiy sharqida tarqalgan. Uzunligi 70-100 sm ga boradi. Hayotining ko`p qismini suvda o`tkazadi, ya`ni botqoq, ko`lmak va sekin oqar ariq suvlarida yashaydi. Ular suvdan tashqarida ancha vaqt tura oladi. Ugorsimon amfiumaning gavdasi usti qora rangda, qorin tomoni och rangda bo`ladi. Kunduzi balchiqqa ko`milib, tunda faol hayot kechiradi. Tanasini ilon kabi qayirib suvda tez suzib yuradi. Qishda balchiq ichiga 1 m gacha ko`milib uyquga ketadi. Qisqichbaqa, chuvalchang, mollyuskalar va baliqlar bilan oziqlanadi. Qattiq parda bilan o`ralgan 50 tacha tuxumlarini avgust oylarida suvdan tashqarida nam joylarga qo`yadi. Urg’ochi amfiumalar o`z tuxumlarini tanasi bilan spiralsimon o`rab, rivojlangunga qadar himoya qiladi. Tuximining ichida embrionining rivojlanishiga 150 kun kerak bo`ladi. Tuxumdan chiqqan lichinkalari tashqi jabrasi orqali, voyaga yetganlari esa o`pka bilan nafas oladi. Lichinkasidan voyaga yetgan amfiumaga aylangungacha 80-100 kun ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |