Reja:
4
Shved pashshasi- Oscinosoma frit
1
2
3
5
Gessen pashshasi- Mayetiola destructor
Makkajoʻxori kapalagi- Pyrausta nubilalis Hb
Вставьте Ваш текст
Вставьте Ваш текст
Gessen pashshasi - Imagosi 2,5-3,5 mm keladi. Tanasi qungʻir rangda, urgʻochisining qornida qizil yoki qoʻngʻir dogʻlari bor. Koʻkragi qora bulib, yon moʻylovi qoʻngʻir sariq rangda, urgʻochisiniki 16-18 boʻgʻimli, erkaginiki 16-20 boʻgʻimli boʻladi.
- Qanotining uchi tuganak shaklda, chetlarida uzun tukchalari bor, oyogʻi uzun. Urgʻochisining qorni erkaginikidan yoʻgʻonroq, erkagining qorni oxirida ikkita kurakchasimon oʻsimtasi mavjud. Tuxumi choʻziq, qizgʻish rangda. Lichinkasi gʻumbakka aylanishdan avval 4 mm ga yetadi, urchiqsimon, biroz yapaloqlashgan bosh qismi pastga ozgina egilgan boʻladi.
- Lichinkasi oq rangda, yosh lichinkasi pushtiroq sariq boʻladi.
- Gessen pashshasi kuzgi bugʻdoyda soxta pilla ichida yoki pillasiz lichinka bosqichida qishlaydi.
- Erta koʻklamda lichinka gʻumbakka aylanadi va martning ikkinchi yarmi aprelning boshlanishida gʻumbakdan pashshalar uchib chiqadi (bu olma gullaganda toʻgʻri keladi).
- Urgʻochi pashsha bir necha oʻntadan 500 donagacha bugʻdoyga tuxum qoʻyadi. Oʻzbekiston sharoitida 2 va undan koʻp avlod beradi.
Shved pashshasi - Imagosi 1,5-2 mm keladi. Oldingi koʻkragining juda doʻppayib chiqqanligidan bukriga oʻxshaydi. Tanasi qora, yaltiroq, qornining ostki qismi och sariq rangli, urgʻochisining qorni yoʻgʻonroq boʻladi.
- Tuxumi oq, 0,5 mm choʻziq. Lichinkasi 4,5-5 mm uzunlikda, rangi sariq yoki yaltiroq tusda, keyingi uchi toʻmtoq koʻrinishda, ikkita ortigʻi mavjud.
- Soxta pillasi jigar rangli boʻlib, 1,75- 3 mm keladi.
- SHved pashshasi katta yoshdagi lichinkalik davrida kuzgi ekinlarda va oʻsimlik qoldiqlarida qishlaydi. Koʻklamda gʻumbaklanadi va olma gullaganda imagosi uchib chiqadi.
- Urgʻochi pashsha tuxumini yosh oʻsimlik bargiga, poya va boshoq chiqarish paytida oʻsimlik barg pardasiga, barg qini tilchasiga qoʻyadi. Bitta urgʻochisi bir necha oʻnlab tuxum qoʻyadi.
- Lichinka barg qini ichiga kirib, poyani tashqi, koʻpincha esa ichki yumaloq qismi bilan oziqlanadi, natijada oʻsimlik uchki barglari sargʻayib quriydi. SHved pashshasi Oʻzbekistonda uch marta va undan koʻp avlod beradi.
Makkajo'xori kapalagi - Kapalagi qanotini yozganda 27-28 mm keladi, erkagining old qanoti qoʻngʻir kul rangda, urgʻochisiniki esa sargʻish rangda boʻladi. Keyingi qanotlari urgʻochisida och sargʻish, erkagida qoramtirroq boʻladi.
- Tuxumi yassi boʻlib, ularni bir-birini ustiga mingashtirib qoʻyadi. Qurtining uzunligi 25 mm gacha, och sargʻish, yelkasi boʻylab uzunasiga qoramtir yoʻl oʻtgan. Oldingi boʻgʻimlarida xitinlashgan 4 tadan, keyingi boʻgʻimlarida esa 2 tadan qora rangli dogʻchasi bor.
- Gʻumbagi qoʻngʻir, 20 mm uzunlikda boʻlib, qanotining uchida 4 ta ilmogʻi bor. Zararkunanda qurti oziqlanayotgan oʻsimlik (quytikan, shuvoq, makkajoʻxori, oq joʻxori) poyasi ichida qishlaydi. Erta bahorda qurtlar gʻumbaklanib, 2-3 hafta oʻtgach kapalaklari uchib chiqadi. Kapalaklari 250-300 ta, koʻpi bilan 1250 donagacha tuxum qoʻyadi. Oʻzbekistonda 2-3 marta avlod beradi.
- Zararkunanda qurtlari makkajoʻxori poyasini, keyin esa soʻtasini zararlaydi. Zararlangan poya va soʻtalar sinib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |