LINGVISTIK LUG’ATLAR- leksikografik tavsif mazmuni, vazifasi va usullari nuqtai nazaridan br qancha turlarga bo’linadi.
IZOHLI LUG’AT- so’zlarning ma’nolari, qo’llanish darajasi, fonetik va grammatik xususiyatlarini korsatib beradi.
XORIJIY SO’ZLAR LUG’ATI – Muayyan tilga o’zlashgan, lekin o’zlashmaligi sezilib turgan boshqa til so’z va terminlarini tushuntirib beradi.
Tarjima lug’atlari- Bir tilga oid lug’aviy birliklarni boshqa tilga o’girib izohlab beradi.
Tarixiy lug’at- So’zlarning qachondan e’tiboran shu tilda qo’llana boshlagani, uning fonetik, grammatik, semantik belgilari taraqqiyotini ko’rsatib beradi.
Dialektal (sheva) lug’at- Tilning lahja va shevalariga xos bo’lgan, fonetik yoki semantik jihatdan adabiy tildagi
Etimologik lug’atlar- So’zning kelib chiqishini, manba tildagi ma’nosini, tarkibiy tuzilishini, tovush yoki ma’no jihatdan o’zgarishini ko’rsatib beradi.
Qiyosiy lug’at- Bir oilaga mansub tillardagi so’z boyligini soishtirib, taqqoslab, ulardagi tafovut qonuniyatlarini o’rgatadi.
Imlo lug’ati- So’zlarning mavjud imlo qoidalariga binoan to’gri yozilish shakllarini qayd etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |