Kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari



Download 17 Kb.
bet1/4
Sana08.01.2022
Hajmi17 Kb.
#331310
  1   2   3   4
Bog'liq
Noshirlik.Arslonov


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA

KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI

MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT

TEXNOLOGIYALARI

UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI

TELEKOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI VA



KASB TA‘LIMI ”FAKULTETI

Ilmiy ta’lim”



fanidan
MUSTAQIL ISH


Fan o`qituvchisi: Umarov A.

Bajardi: Arslonov I.

Samarqand 2021

Mavzu: Noshirlik, Nashriyot ishi.

Reja:

  1. Dunyo noshirlik tizimining asosiy tendensiyasi

  2. Noshirlik va matbaa.

  3. Noshirlik va matbaa faoliyatini boshlagani haqida vakolatli davlat organini xabardor qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida.

Noshirlik, nashriyot ishi — nashriyotlar tashkil etish, kitoblar, gazeta, jurnallar, tasviriy sanʼat asarlari va b. bosma mahsulotlarini tayyorlash, nashr qilish va uni tarqatishga oid soha. Nashriyotlar chiqaradigan mahsulotining turiga qarab — kitob nashriyoti, kitob-jur. nashriyoti, gazetajur. nashriyoti va b., qanday oʻquvchilarga moʻljallanganligiga koʻra — ilmiy adabiyot, ommaviy adabiyot, bolalar adabiyoti, oʻsmirlar adabiyoti nashriyotlari va hokazoga b]]oʻlinadi; mavzusiga koʻra — universal va muayyan sohaga ixtisoslashgan nashriyotlar bor. Universal nashriyotlar (Mas, "Oʻzbekiston" nashriyoti) barcha xil yoki koʻp turdagi, ixtisoslashgan nashriyotlar (Ibn Sino nomidagi nashriyot va b.) muayyan soha boʻyicha kitoblar nashr etadi.

Nashriyot faoliyati markazida muharrirlmk turadi. Muharrir nashriyot chiqarmoqchi boʻlgan kitob qoʻlyozmasini da-stlab oʻqib chiqib, oʻz xulosasini bera-di: tahrir uchun qabul qiladi; kamchiliklarini koʻrsatib qoʻlyozmani qayta ishlashga muallifga qaytaradi yoki umuman taxrirga noloyiq topadi. Muharrir koʻlyozmani taxrir qilishda ijtimoiysiyosiy, ilmiy va adabiy nuqtai nazardan yondashadi. Bunday yondashuv undan muallifning individual uslubini sakdagan holda kitobning mazmuni va shak-lini takomillashtirishga qaratilgan muayyan bilim va ijodiy jarayonni talab qiladi. Nashriyot musahhihi imlo va b. grammatik xatolarni tuzatadi. Muharrir taxrir qilingan qoʻlyozmani matbaaga topshirishdan oldin nashriyot rassomi (badiiy muharrir) bilan kitobning badiiy bezagi ustida ish olib boradi. Ayni vaqtda texnik muharrir bilan birgalikda tegishli shriftlar belgilanadi, bezaklar joylashtiriladi, qoʻlyozma yoki terilgan matn sahifalanadi va h.k. Nashriyotda tayyorlangan qoʻlyozma nashriyot (buyurtmachi) va bosmaxona (buyurt-mani bajaruvchi) oʻrtasida tuzilgan shartnoma asosida chop etish uchun mat-baaga topshiriladi.



Oʻzbekiston N. ishiga rahbarlik qilib kelgan OʻzR Davlat matbuot qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Matbuot va axborot sohasida boshqaruvni takomillashtirish toʻgʻrisida"gi farmoni (2002 yil 3 iyul)ga binoan, Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi etib qayta tash-kil etildi. Agentlik zimmasiga, bosh-qa vazifalar qatori, noshirlik ishlari va matbaachilikni keng miqyosda rivojlantirishga koʻmaklashish, amaldagi qonunchilikka rioya etilishi ustidan monitoringni amalga oshirish, noshirlik-matbaachilik faoliyatining ishlab chiqarish-texnika bazasini rivojlantirish va yangilash, standartlashtirish hamda serti-fikatsiyalash sohasidagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va amalga oshirish topshirildi. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligi boshqaruvining tashki-liy tuzilmasida quyidagi nashriyotlar kirgan: "Oʻzbekiston", "Oʻqituvchi", "Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti, "Choʻlpon", "Mehnat", Gʻafur Gʻulom nomidagi nashri-yot-matbaa ijodiy uyi, "Ijod dunyosi" nashriyot uyi, Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Ibn Sino nomidagi nashriyot, "Oʻzblanknashr". Bulardan tashqari, "Shark" nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi Bosh tahririyati, "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakatining "Yangi asr avlodi" nashriyot-matbaa markazi, Oʻzbekiston FA ning "Fan" nashriyoti, OʻzR Adliya vazirligining "Adolat" nashriyoti, Oʻzbekiston Respublikasi "Maʼnaviyat va maʼrifat" kengashining "Maʼnaviyat" nashriyoti, Oʻzbekiston musulmonlari idorasining "Movarounnahr" nashriyoti, Oʻzbekiston Respublikasi Preziden-ti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasining "Akademiya" nashriyoti, OʻzMU, Toshkent Islom universiteti va b. yirik oliy oʻquv yurtlarining na-shriyotlari faoliyat koʻrsatadi, shuningdek, xususiy, viloyat^ nashriyotlari ham N. bilan shugʻullanadi. Oʻzbekiston matbuot va axborot agentligida jami 58 nashriyot, 800 dan ziyod yirik va kichik bosmaxona roʻyxatdan oʻtgan (2003). Nashriyotlar kitoblari, asosan, Toshkent matbaa k-ti, Rangli bosma f-kasi, 1-Toshkent bosmaxonasi, Toshkent kitob-jurnal f-kasi, "Tezkor" bosmaxonasi, Yangiyoʻl kitob f-kasi, "Rastr" qoʻshma korxonasida, "Sharq nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosmaxonasida bosiladi. Nashriyotchilar va matbaachilar oʻz soxalariga zamonaviy noshirchilik, bosma usullar, yangi texnika joriy qilib bormoqdalar. Bosmaxonalar keyingi davrda texnologik jihatdan qay-ta qurildi. Korxonalar va tashkilotlar Germaniya, AQSH, Shvetsiya, Shveysariya, Buyuk Britaniya kabi matbaa sanoati ta-raqqiy etgan mamlakatlar bilan amaliy aloqalar oʻrnatishgan. Oʻzbekistonda 2002 yil jami 969 nomda 16,5 mln. nusxa kitob chiqarildi. 2002—2003 oʻquv yilida jami 519 nomda 31,0 mln. nusxada maktab darsliklari chop etildi. 


Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish