7-MA’RUZA. SHRIFTLAR
Reja
Shriftlar haqida umumiy ma’lumotlar
Kesma shrift
Topografik yarim qalin shrift
Ostovli kursiv
Oddiy shrift
Standartli shrift
Shriftlar haqida umumiy ma’lumotlar. Harf va raqamlarning grafik tarzda ifodalanishiga shrift deyiladi.
Topografik plan va kartalar hamda geodeziya, er tuzish va kadastr soxalarda qo‘llaniladigan boshqa grafik materiallar turli yozuvlar ko‘rinishida juda katta ma’lumot tashiydi. SHriftlardan bir necha xil ko‘rinishini qo‘llab bajarilgan ushbu yozuvlar nafaqat miqdoriy, balki sifatli ma’lumotlarni ham o‘z ichiga oladi (7.1-rasm). Ko‘p qo‘llaniladigan shriftlarga: topografik, kesma va kursiv shriftlar kiradi. Er tuzish va kadastr sohalariga tegishdi loyiha va planlarda ko‘pincha oddiy, kesma va standart shriftlardan foydalaniladi. Grafik materiallarni kompyuterda rasmiylashtirishda maxsus shriftdan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |