7.3-rasm. Ostovli kursiv
Oddiy shrift. SHrift to‘g‘ri, kontrastli (keskin farq qiladigan) oyyoqchasi bilan. Asosiy element qalinligining birlashtiruvchiga nisbati nisbati 1:5 ga teng.
Asosiy elementning qalinligi xarf balandligining 1/6 tashkil kiladi. Oddiy xarf kengligining balandlikka nisbati 4:6 ga teng “Bir yarimli” xarflar mavjud. SH, Щ, M, D, J, YU, Ы, F. Bu shrift asosiy element qalinligining yarmiga har ikki tomonga karatilgan chiziqli oyyoqchaga ega. Ingichka elementlar uchburchak yoki tomchiga o‘xshagan nuqta shaklidagi oyyoqcha bilan tugallanadi. G, T, B, E harflari uchun o‘ziga xos qulfak, S, Щ, D xarflari uchun taqa, S, E, 3 harflari uchun esa o‘qsimon elementning mavjudligi xarakterlidir. Kichik xarflar a, b, e r, u, f, s ko‘rinishlari bo‘yicha o‘zlarining katta (bosh) xarflaridan farqlanadi. b, r, u, f harflarining chetga chiqib turgan elementlari qator balandligining taxminan yarmini tashkil qiladi. Harflar oraligi oddiy xarf kengligining yarmidan kam bo‘lmasligi zarur.
Do'stlaringiz bilan baham: |