Landshaftshunoslik asoslari


 LANDShAFT GENETIK JIHATDAN BIR BUTUN BO‘LGAN



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

4.2 LANDShAFT GENETIK JIHATDAN BIR BUTUN BO‘LGAN 
GEOTIZM. 
Daryolar, dengiz va ko‗llarning qirg‗oq chiziqlariga to‗g‗ri kelgan chegaralar 
ham chiziq ko‗rinishida bo‗lmaydi, suv sathi doim o‗zgarib turadi, buning orkasida 
landshaft chegarasi suv sathining pastki va yuqorigi xolatlari o‗rtasida o‗tkinchi 
xususiyatga ega bo‗ladi. 
Landshaftning morfologik qismlari chegaralari landshaft chegaralariga 
nisbatan aniq ifodalanadi. Landshaft chegaralarining ayrim urochishelarning 
chegaralari bo‗ylab, boshqa hollarda bir landshaftdan ikkinchi lanshaftga o‗tish 
jarayonida bir xil urochishelar asta-sekin kamayib, yangilari ko‗payib boradi. 


43 
Shuning uchun urochishelarning chegarasi keskin bo‗lganda ham landshaftlar 
o‗rtasidagi chegaralar ham keskin bo‗lish kerak, degan xulosa qilish noto‗g‗ridir.
Havoning xususiyatlari yer yuzasining muayyan bir qismi yuzasidan tabiiy 
geografik jarayonlar ta‘sirigagina bog‗liq bo‗lmay, boshqa landshaftlarning, ba‘zi 
vaqtlarda juda uzoqdagi landshaftlarning ham ta‘siriga bog‗likdir. Bundan tashqari, 
biror landshaftning atmosfera jarayonlariga bevosita ta‘siri bo‗lsa ham, uning 
chegarasi havo massasining harakatchanligi tufayli tezda o‗zgarib ketadi. 
Haroratning fasliy o‗zgarishi kuzatiladigan chuqurlik tropiklarda 5-10 m, 
mu‘tadil mintaqada 15-20 m, yuqori kengliklarda 20-30 m. gacha yetadi. 
Landshaftlarning pastki chegarasi ham ana shuncha chuqurlikka egadir. 
Landshaftning atmosferadagi yuqori chegarasi ham mavxum, agar o‗simliklar 
yetib borgan balandlik hisobga olinadigan bo‗lsa, mo‗‗tadil mintaqalarda 15-20 m 
dan, ekvatorial mintaqalarda 70 m gacha balandlikni, agar daraxtlarning havo 
harakatiga ta‘siri e‘tiborga olinsa, undan ham ortiqroq balandlikni, havo namligiga 
ta‘sirini hisobga olinadigan bo‗lsa, bir necha yuz metrni landshaft chegarasi deb 
qabul qilish kerak bo‗ladi. Bundan landshaftning atmosferadagi aniq chegarasini 
ma‘lum bir balandlikdan o‗tkazish mumkin emasligi ko‗rinib turibdi. Lekin har 
qanday landshaft agar uning strukturasi va qonuniyatlar o‗rganilayotgan vaqtda, 
uning yer po‗stining quyidagi qatlamlaridan ajratib, aloxida ko‗rib chiqish mumkin 
emas. Binobarin, landshaft butun geografik qobiq bilan birgalikda olib tahlil 
qilinishi lozim. 
N.A.Solntsev fikriga ko‗ra, mustaqil landshaft bo‗lishi uchun quyidagilar 
bo‗lishi kerak: 1) landshaft tarkib topadigan mintaqada geologik tuzilish bir xil 
bo‗lishi; 2) landshaftning geologik zamini vujudga kelgandan-keyingi taraqqiyot 
tarixi mazkur mintaqada bir hil borishi lozim; 3) landshaft hududida iqlim bir hil 
bo‗lishi, agar o‗zgarsa, butun hududida geologik tuzilishi va ekzogen omillar bir 
xil bo‗lganligidan relefning bir xil shakllari, bir xil landshaftlar va bir xil 
biotsenozlar vujudga keladi. Ana shu ko‗rsatilgan shart- sharoitlardan kelib chiqib, 
N.A. Solntsev landshaftga quyidagicha ta‘rif beradi: «Landshaft-bu bir xil geologik 
zaminga, bir tipli relefga, bir xil iqlimga ega bo‗lgan va shu landshaftga xos 


44 
bo‗lgan dinamik bog‗langan hamda makonda qonuniy ravishda takrorlanuvchi 
asosiy va ikkinchi darajali urochishelardan tashkil topgan, genetik jihatdan bir xil 
tabiiy hududiy kompleksdir». 
Bu ta‘rifda landshaft oddiy (kichik) territorial birliklarning (urochishelarning) 
majmuidan iborat deb ta‘riflangan, lekin landshaft aslida, murakkabroq hududiy 
birliklarning, geografik qobiqning bir qismi xisoblanadi. Demak landshaft 
geografik qobiqning rivojlanishi hamda tabaqalanishi natijasida vujudga kelgan 
tabiiy xosiladir. Ana shularni xisobga olib A.G.Isachenko, landshaftga mana 
bunday ta‘rif beradi: «Landshaft - landshaft o‗lkasi, zonasi va umuman yirik 
regional territoriyalarning genetik jihatdan boshqalardan farq qiluvchi qismi bo‗lib, 
zonallik jihatdan ham, azonallik jihatdan ham bir xildir hamda xususiy struktura va 
morfologik tuzilishga egadir». 
Har bir landshaft turli morfologik qismlardan tarkib topadi. Landshaftning 
tarkibiy qismlari, ularning hududiy joylanish qonuniyati, landshaftdagi nisbatan va 
o‗zaro ta‘sirini landshaftshunoslikning maxsus bo‗limi-landshaft morfologiyasi 
o‗rganadi. 
Landshaftning tarkibiy qismlari asosan ikki bosqichli tabiiy komplekslardan-
urochishe va fatsiyalardan iboratdir. 
Fatsiya
A.G.Isachenko ta‘rifiga ko‗ra, joylashgan o‗rni, yashash sharoiti bir 
xil bo‗lgan bitta biotsenozga ega bo‗lgan eng kichik (sodda) tabiiy geografik 
birlikdir. Fatsiya mezorelefning landshaft ona jinslari, gidrologik rejimi
mikroiqlimi hamda tuprog‗i bir hil bo‗lgan bir elementida tarkib topadi. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish