47
geografik sharoitni tushunishadi, ya‘ni bu tushuncha oddiy geografik tushuncha
bilan birdir.
Bir xil zonal hamda azonol iqlimiy,
geologik-geomorfologik, biogeografik
sharoitga ega bo‗lgan landshaftda fatsial bo‗linishning asosiy omili ular joylashgan
o‗rnining har hilligidir. Turli hil fatsiyalarning vujudga kelishiga landshaft
taraqqiyotining o‗ziga xos xususiyatlari ham ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan,
landshaftlarning sho‗r bosib ketishi, botqoqlanishi, ko‗llarni o‗simlik bosib ketishi
va boshqalar.
Fatsiyalar relefning ma‘lum bir elementida: tepalik, jar, vodiy yon
bag‗irlarida, tog‗ etagi, tepasi, tekislik va xokazolarda joylashadi. Relefning
bunday elementlari eroziya ba‘zisiga nisbatan balandligi, qiyaligi, ekspozitsiyasi,
mikrorelef shakllariga ko‗ra bir biridan farq qiladi.
Relefning kichik shakllari-tepa, jar, do‗ng yer
yuzasidagi shamollarning
yo‗nalishi hamda tezligiga ta‘sir ko‗rsatadi. Bu narsa shu joydagi yog‗in
taqsimotida, temperatura sharoitida aks etadi. Tepa va dunglarning shamolga
ro‗para tomonida hamda tepasida qor yupqa bo‗lib, shamolga teskari tomonida
ko‗p to‗planadi, yomg‗ir ham tepaning turli joylariga turlicha tushadi. Qish vaqtida
hamda bahorgi va kuzgi issiq-sovuqlar paytida harorat inversiyasi vujudga kelib,
tepa ustida harorat yuqori bo‗ladi. Ana shunga muvofiq ravishda sovuqsiz kunlar
ham ko‗prok cho‗ziladi. Yon bag‗irlar ekspozitsiyasi to‗g‗ri quyosh
radiatsiyasining taqsimlanishiga ta‘sir ko‗rsatadi. Bunda janubga qaragan yon
bag‗irlarga quyosh nuri tekisliklarga nisbatan ko‗proq, shimolga qaragan yon
bag‗irlarga esa tekisliklardagidan kamroq tushadi. Bu tafovut qish faslida ayniqsa
sezilarli bo‗ladi. Yon bag‗irlarning qiyaligi ham quyoshning to‗g‗ri radiatsiyasiga
ta‘sir etadi. Shimolga qaragan yon bag‗irlar qanchalik tik bo‗lsa,
yozda ham,
qishda ham quyoshdan kam nur oladi, janubga qaragan yon bag‗irlar, agar qiyaligi
katta bo‗lsa, qish faslida tekisliklarga nisbatan ko‗p, yoz faslida kam issiqlik oladi.
Yon bag‗irlar ekspozitsiyasi radiatsiya rejimi orqali bug‗lanish sur‘atiga ta‘sir
ko‗rsatadi, yoqqan yog‗in miqdorining yer yuzasida qayta taqsimlanishi, nuragan
va mineral moddalarning joylashishi, suv oqimi rejimi qiyalikka bog‗lik. Fatsiya
48
joylashgan turli hil o‗rinlar issiqlik va namlik rejimi, eroziya, akkumulatsiya
jarayonlari, mikroiqlimi, nuragan tog‗ jinslari hamda minerallarning tarkibi
jihatidan bir-biridan farq qiladi. Binobarin, bir landshaftning o‗zida
ham turli hil
o‗rinlarda o‗ziga xos ekologik sharoit vujudga keladi. Bunday ekologik sharoitda
boshqa joylardagidan farq qiladigan o‗ziga xos biotsenoz tarkib topadi. Shunday
qilib, o‗simlik va hayvonot dunyosi tabiatning anorganik komponentlari bilan
birgalikda relefning ma‘lum bir elementida o‗rnashgan eng oddiy geografik
kompleksni-fatsiyani xosil qiladi.
Fatsiyalar landshaftda tirik organizmlardagi xujayralar singari energetik
hamda geoximik to‗qimalarni xosil qiladi, lekin har-bir fatsiya o‗zi mustaqil,
boshqalarga bog‗liq bo‗lmagan holda rivojlanmaydi, ular doimo bir-biri bilan
bog‗langan va bir–biriga ta‘sir etib turadi. Bu hil fatsiyalarning ma‘lum qonuniyat
bilan ketma-ket almashinib kelishidan urochishelar tarkib topadi.
Fatsiyalarning tarkib topishida relef
elementlari muhim ahamiyat
o‗ynaganligidan ularni tiplarga ajratishda relef elementlari asos qilib olinmog‗i
kerak.
Tabiiy fatsiyalar odamning xo‗jalik faoliyati natijasida ozmi-ko‗pmi
o‗zgaradi. Shu jihatdan tabiatdagi hozirgi fatsiyalar aslida ma‘lum darajada
o‗zgargan fatsiyalardir. Odamning xo‗jalik faoliyati ta‘sirida fatsiyalar turli
darajada va turli yo‗nalishda o‗zgaradi. Odamning ta‘siri avvalo o‗simlik va
hayvonot dunyosida, landshaftda, suv rejimida, mikroiqlimda ayniqsa kuchli aks
etadi. Masalan, yangi yerlarga suv chiqarilganda o‗simliklar va hayvonot dunyosi
butunlay o‗zgaradi, o‗g‗it solinishi, ishlov berilishi natijasida landshaft madaniy
landshaftqa aylanadi.
Agar fatsiyalarga odam ta‘siri to‗xtasa, fatsiyaning
rivojlanishi tabiiy holda
ro‗y berib, fatsiyalar dastlabki holatiga o‗hshash bo‗lib boradi. Lekin fatsiyaning
joylashgan o‗rni, ya‘ni relef elementi o‗zgartirilgan bo‗lsa, fatsiyalar ilgarigi
holatiga hech qachon qaytmaydi.
49
Fatsiyaning kelajakdagi o‗zgarishini oldindan aytib berish uchun uning qaysi
elementlari ta‘siriga uchraganligini va o‗zgarish yo‗nalishini mukammal o‗rganish
zarur.
Urochishe landshaftning ko‗zga aniq tashlanib turadigan tarkibiy qismidir:
hududda landshaftlar urochishelar mezorlefning musbat va manfiy shakllariga ega
bo‗lgan parchalangan shakllarida aniq namoyon bo‗ladi. Har bir relef shakliga-
tepaliklarga, soyliklarga, adirlarga o‗ziga xos urochishelar mos keladi.
Urochishelarning har xil bo‗lishi relef shaklining tashqi qiyofasigagina bog‗liq
bo‗lib qolmasdan, uning kelib chiqishiga, ona jinslarning litologik tarkibiga ham
bog‗liq. Chunonchi,
oxaktosh jinslari, lyos yoki bo‗lmasa slanets jinslarida xosil
bo‗lgan vodiylar tashqi ko‗rinishiga ko‗ra o‗xshasa ham, ulardagi urochishelar har
xil bo‗ladi. Bunga sabab shuki, turli jinslar yotqiziqlaridagi tafovutlar suv
rejimining xususiyatlariga, issiqlik rejimiga, landshaft xosil bo‗lishi va
biotsenozlarga ta‘sir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: