74
nomlari bilan bog‗liqdir. Ularning tashabbusi bilan Moskva davlat universitetida
yangi kurs «Landshaftlar geokimyosi» o‗qitila boshlandi va yangi kafedra ochildi.
1960-80 yillar oralig‗ida ko‗plab ilmiy markazlar va oliy o‗quv yurtlarida
landshaftlar geokimyosining nazariy va amaliy shaxaobchalarini o‗rganadigan
yangi ilmiy labarotoriyalar va kafedralar ochildi va bu fanning tarmog‗ini
rivojlanishiga sabab bo‗ldi. Chunki bu vaqtga kelib
foydali qazilmalarni izlab
topishda, sog‗likni saqlash bilan muammolarini hal etishda, yangi yerlarni
o‗zlashtirishda, qishloq ho‗jaligini turli tarmoqlarini rivojlantirishda,
tabiatni
muhofaza qilish bilan bog‗liq masalalarni hal etishda landshaftlarni geokimyoviy
usullar bilan tadbiq qilishning ahamiyati katta ekanligi ayon bo‗lib qoldi.
Landshaftlar geokimyosining eng asosiy vazifalaridan biri landshaftlar
orasida, ularning komponentlari orasida hamda morfologik qismlari orasida yuz
beradigan kimyoviy jarayonlarni kimyoviy unsurlarni ko‗chib yurishi tarqalishi va
jamlanishlaridan iboratdir.
Modda va kimyoviy unsurlarning almashinishi landshaftlarning hosil bo‗lishi
tuzilishi maxsus faoliyati va taraqqiyoti kabi muhim
xususiyatlarini belgilab
beradi. Landshaftlardagi kimyoviy unsurlarni migratsiyasi asosan ichki omillar
(unsurlarning o‗z kimyoviy xususiyatlari qattiqligi, eruvchanligi,
havoga
uchuvchanligi kabi) hamda tashqi omillar ya‘ni harorat, bosim kabi ladshaftlardagi
tabiiy geografik sharoit bilan bog‗liqdir. Landshaftlardagi kimyoviy unsurlar
migratsiyasi juda xilma xil bo‗lib, materiya harakatining shakliga bog‗liq holda
turli xil bo‗lishi mumkin. Masalan mexanik migratsiya, fizik-kimyoviy migratsiya,
biogen migratsiya, texnogen migratsiya kabilar bo‗lib,
landshaftlarda ularning
salmog‗i yoki roli turlicha bo‗ladi.
Unsurlarning migratsiyasi qaysi shakli nomoyon bo‗lishiga qarab, Yer yuzida
uch xil landshaftlarni ajratish mumkin:
1. Abiogen landshaftlar kimyoviy unsurlarning mexanik va fizik va kimyoviy
migratsiyasi tavsiflanadi.
2. Biogen landshaftlar kimyovyy unsurlarni biogen migratsiyasi ustunligi
bilan tavsiflanadi.
75
3. Madaniy landshaftlar yoki texnogen landshaftlar kimyoviy unsurlarn
texnogen migratsiyasi bilan tavsiflanadi.
Landshaftlar o‗z taraqqiyoti mobaynida bir holatda ikkinchi holatga o‗ti-shi
mumkin. Masalan abiogen landshaftlar biogen landshaftga ega, ular esa o‗z
navbatida landshaft qobig‗ini taraqqiyoti masalalarini o‗rganar
ekan asosan uchta
bosqichni tobiogen, biogengacha bo‗lgan biogen hamda antropogen bosqichga
ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: