Landshaftshunoslik asoslari


-BOB. LANDShAFTLARNING IChKI TUZILIShI, MORFOLOGIK



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

 
4-BOB. LANDShAFTLARNING IChKI TUZILIShI, MORFOLOGIK 
QISMLARI. 
4.1 LANDShAFTLARNING ChEGARALARI VA MUSTAQIL 
LANDShAFTLARNING ShAKLLANISh ShAROITLARI. 
Landshaftlar bir-biridan har-xil harakterga ega bo‗lgan tabiiy chegaralar bilan 
ajratiladi. Bir landshaftdan ikkinchisiga o‗tilganda uning strukturasi o‗zgaradi, bu 
esa landshaft komponentlarining va morfologik tuzilishining o‗zgarishida o‗z 
ifodasini topadi. Landshaftlar strukturasi keskin o‗zgarganda ularning chegarasi 
aniq bo‗ladi, agar o‗zgarishlar hududda sekin-astalik bilan borsa, chegara aniq 
ifodalangan bo‗lmaydi. 
Landshaft chegaralarining vujudga kelishi zonal va azonal omillarning 
birgalikdagi ta‘siri bilan bog‗lik. Biroq bunday ta‘sirlar landshaftda o‗zgarib 
asosan geomorfologik komplekslar va iqlimiy sharoitlar orqali yuzaga chiqadi. 
Shuning uchun landshaftlarning almashinishi turli sabablarga bog‗liq bo‗lishi va 
har bir muayyan sharoitda biror-bir omil hal qiluvchi vazifani bajarishi mumkin. 
Masalan, absolyut balandlikning keskin o‗zgarishi, tub jinslar yoki to‗rtlamchi davr 
yotqiziqlarining almashinishi, iqlimdagi zonal yoki provintsial o‗zgarishlar va x.k. 
Landshaftlar chegarasining vujudga kelishida alohida bir omil yetakchi bo‗lmaydi. 
Bir landshaftning turli qismlaridagi chegaralar ham kelib chiqishi jihatdan har xil 
bo‗lishi mumkin. 


41 
Landshaftdagi hamma komponentlar o‗zaro bog‗langan ekan, biron-bir 
komponentning o‗zgarishi boshqalariga ham ta‘sir qilmasdan qolmaydi. 
Landshaftlarning almashinishi iqlimda ham, landshaft qoplamida ham, o‗simliklar 
dunyosida ham o‗z aksini topadi. Shunday ekan, landshaftning chegarasi kompleks 
xususiyatga ega va ular go‗yo ko‗p xil chegaralarning qo‗shilishidan hosil bo‗ladi 
hamda juda murakkabdir. Landshaftlar kamdan kam hollarda keskin chegaralarga 
ega bo‗ladi. Buning uchun hamma komponentlar keskin va baravariga o‗zgarishi 
kerak. Bunday hodisa tabiatda kam kuzatiladi. 
Har bir geografik landshaftga o‗zining maxsus qonuniyati xos bo‗lib, uning 
boshqa landshaftlarga o‗tish xususiyati ham o‗ziga xos bo‗ladi. Ba‘zi 
komponentlarning chegaralari (iqlimiy, gidrologik, zoogeografik) o‗z xususiyatiga 
ko‗ra asta-sekin o‗tuvchi, boshqalari (geobotanik, landshaft) nisbatan keskinroq, 
uchinchi hillari (geologik, geomorfologik) keskin, yaqqol ko‗rinib turadigan 
bo‗lishi mumkin. 
Turli komponentlar chegaralarining aniqlik darajasi ularning harakatchanligi 
va ma‘lum vaqt davomidagi o‗zgaruvchanligi bilan bevosita bog‗liqdir. Ayrim 
komponentlarning ma‘lum vaqt davomidagi rivojlanishi o‗zaro bog‗langan 
bo‗lsada, ular turlicha tezlikda boradi. Har bir komponent sharoitning o‗zgarishiga 
turli darajada beriluvchi bo‗ladi: ba‘zilari sharoitning o‗zgarishini o‗zida tez aks 
ettirsa, boshqalari uning ta‘sirida sekinroq o‗zgaradi. 
Iqlimning Quyosh aktivligining o‗zgarishi yoki boshqa sabablar bilan bog‗liq 
bo‗lgan planetar masshtabdagi umumiy o‗zgarishi birinchi navbatda makroiqlimga 
ta‘sir etib, iqlimiy zonalarning siljishiga olib keladi. Iqlimda bo‗lgan o‗zgarish 
gidrologik, landshaft va biogeografik jarayonlarda albatta o‗z aksini topadi; 
iqlimdan so‗ng, kechikibroq bo‗lsa-da, biogeografik chegaralarda o‗zgarishlar 
bo‗ladi. Landshaftlarning o‗zgarishi ham ro‗y beradi. Zonal chegaralarning 
almashinishi relefga yanada sekinroq ta‘sir etadi. Odamning ta‘sirida, eng avvalo, 
o‗simlik qoplami, hayvonot dunyosi va gidrologik rejim o‗zgaradi. Landshaftlar 
o‗zining ichki rivojlanishi natijasida ham vaqt davomida o‗zgarib boradi. 
Landshaftning o‗zgarishi bilan bog‗langan holda uning chegarasi ham o‗zgaradi. 


42 
Ayrim komponentlarning rivojlanish tezligi bir hil bo‗lmaganligidan landshaft 
chegaralari ko‗pincha keskin bo‗lmay, bir landshaftdan ikkinchi landshaftga asta-
sekin o‗tiladi. 
Landshaft chegaralari uni hosil qilgan omillar keskin o‗zgargan sharoitdagina 
aniq ifodalanadi. Azonal geologik-geomorfologik omillar o‗zining sekin 
o‗zgaruvchanligi sababli eng turg‗un landshaft chegaralarini xosil qiladi. Landshaft 
chegaralarining aniq ifodalanishi turli tarkib va xossaga ega bo‗lgan tog‗ 
jinslarining (korbanatli va karbonatsiz, qumli va gilli) almashinuvi bilan bog‗liq 
(hatto tog‗ jinslarining almashinishi relefda yaxshi ifodalanmagan bo‗lishi ham 
mumkin). 
Shunga o‗xshagan azonal chegaralar ba‘zan gidrografik turlarga to‗g‗ri kelishi 
mumkin. Ko‗p daryolar turli morfostrukturalar chegarasi bo‗ylab oqadi, ung 
soxilini yemirib (shimoliy yarim sharda), balandliklarning yon bag‗irlariga 
yaqinlashadi, chap soxilda keng terassali tekisliklarni hosil qiladi. Masalan, 
Amudaryo, Sirdaryo va boshqalar. 
Landshaft chegaralarining ko‗pchiligi kelib chiqishi jihatidan azonal bo‗ladi. 
Ammo, landshaftlarning ko‗pgina chegaralari zonal chegaralarining o‗zgarishi 
bilan bog‗langandir. Zonal va azonal chegaralar bir-biriga mos kelgan sharoitda 
landshaftlar chegarasi aniq ko‗rinib turadi. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish