Landshaftshunoslik asoslari



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

 
 
 
 
6-BOB. LANDShAFTLAR GEOFIZIKASI. 
6.1 LANDShAFTDA MODDANING BIOGEOKIMYOVIY AYLANIShI VA 
BIOMAHSULDORLIGI. 
Landshaftlar 
geofizikasi
ham 
landshaftlar 
geokimyosi 
kabi 
landshaftshunoslikdagi katta bir ilmiy yo‗nalishdir. Landshaftlar geofizikasi 
landshaftlarga xos bo‗lgan eng umumiy fizikaviy jarayonlar va hodisalarni 
o‗rganadi. Bu jarayon va hodisalarning o‗zaro aloqadorlik va bog‗liqlik 
qonuniyatlarini aniqlash ham ushbu yo‗nalishning asosiy vazifalaridan biridir. 
Landashaftlarni 
o‗rganishda geofizika tadqiqot usullaridan foydalanish 
landshaftlarning hozirgi holatda dinamikasiga va rivojlanishiga xos bo‗lgan 
xususiyatlarini aniqlashda yaxshi natijalar beradi. Bu esa, o‗z navbatida, tabiatni 
kuzatib turish (geografik monitoring), muhofaza qilish va tabiat boyliklaridan 


66 
oqilona foydalanish masalalarini hal qilishda katta ahamiyat kasb etadi. 
Landshaftlar uchun umumiy bo‗lgan va fizika fani o‗rganadigan fizikaviy 
xossalarga massa, ichki energiya, optikaviy va radiofizikaviy xossalarni, ularning 
makon va zamonga taalluqli xususiyatlarini misol keltirish mumkin. Shu xossalarni 
o‗rganish orqali landshaftlarni o‗zinigina emas, balki ularning komponentlarini 
ham ta‘riflab bersa bo‗ladi. Masalan, havo, suv yoki o‗simlikning optikaviy va 
radiofizikaviy xususiyatlarini o‗rganish kabi. Ammo, landshaftlarga xos bo‗lgan 
fizikaviy xususiyatlar va jarayonlar shu landshaftlarni va ularning komponentlarini 
yanada kichikroq yoki tuzilishi jihatidan yanada oddiyroq bo‗lgan qismlarga bo‗lib 
o‗rganishni taqozo qiladi. Landshaftlarning bunday o‗zining fizikaviy xususiyatlari 
jihatidan bir xil va bir butun bo‗lgan, oddiy qismlarini N.L.Beruchashvili (1986, 
1990) geomassa deb atashni tavsiya qiladi. 
Geomassalar sifat jihatidan turli jismlar bo‗lib, bir-biridan massasi bilan
zamonda va makonda o‗zgarib turish tezligi bilan farqlanadi. Landshaftlarning 
geomassalari ularning komponentlaridan moddasining bir xilligi bilan ajralib turadi 
va landshaftlarda ro‗y beradigan jarayonlarda turlicha rol o‗ynaydi. Bularga 
aeromassa, fitomassa, zoomassa, mortmassa, litomassa, pedomassa, gidromassa 
kabilar kirib ularning barchasini qamrab ola oladigan atama sifatida geomassa 
ishlatiladi. 
Geomassa biror komponentning hammasini to‗la qamrab ola olmaydi. 
Masalan, pedomassa atamasi tuproq tarkibidagi mayda tuproq zarrachalari va 
chirindigagina yoki tuproqdagi organik va mineral aralashmagagina taalluqlidir, 
xolos. Tuproq tarkibidagi namlik, havo, mayda tosh bo‗laklari, ildizlar va tirik 
mavjudotlar pedomassaga kirmaydi. Landshaftlardagi tuproq esa pedomassa bilan 
birga gidromassa (tuproqdagi namlik)ni, litomassa (tuproqdagi mayda toshlar)ni, 
fitomassa (o‗simlik ildizlari)ni va zoomassa (tirik mavjudotlar)ni qamrab olishi 
mumkin. 
Aeromassa tushunchasi ham landshaft doirasidagi faqat quruq havogagina
ya‘ni gazlar aralashmasigagina taalluqlidir. Havo tarkibidagi suv bug‗lari chang 
zarralari kabi aralashmalar aeromassaga kirmaydi. 


67 
Landshaftlar geofizikasida geomassadan kattaroq birlik hisoblangan 
geoqatlam tushunchasi ham mavjuddir. Geoqatlamlarga, shu tushuncha muallifi 
N.L.Beruchashvili (1990) eng oddiy tabiiy geografik komplekslarning ko‗ndalang 
kesmasida ajratiladigan va o‗ziga xos geomassalarning yig‗indisi va nisbati bilan 
tavsiflanuvchi qatlamlarni kiritadi. Har bir geoqatlam boshqasidan tarkibi
teksturasi va strukturasi bilan farqlanadi. 
Geoqatlamlarning teksturasi eng zarur geofizikaviy xususiyatlardan biri 
bo‗lib, unga ko‗pincha quyosh radiatsiyasining kirib kelishi, yog‗in-sochinlarning 
tutilib qolishi kabi jarayonlar bog‗liq bo‗ladi. Odatda, biz ishlatadigan 
tushunchalardan biri tuproq strukturasi landshaftlar geofizikasi nuqtai nazaridan 
qaraganda tuproqning ayrim qatlamlari uchun tekstura hisoblanadi. 
Geomassalar ham, geoqatlamlar ham landshaftlarning hosil bo‗lishi, 
shakllanishi, tuzilishi va ulardagi modda va energiya almashinishini geofizikaviy 
tadqiq qilish uchun muhim bo‗lgan qismlardandir. Landshaftlar geofizikasining 
muhim vazifalaridan biri tabiiy geografik komplekslarning makon va zamonda 
tutgan o‗rni va holatini chuqur tahlil qilishdan iboratdir. Chunki makon ham, 
zamon ham fizikaning asosiy tushunchalari qatoriga kiradi. 
Landshaftlardagi moddaning biogeokimyoviy aylanishi, kengroq ma‘noda 
qarasak, moddaning biologik aylanishi landshaftdagi o‗z maxsus faoliyatini 
bajarishda eng muhim omillardan biri bo‗lib xizmat qiladi. 
Moddaning biologik aylanishi deganda o‗zaro aloqada va bog‗liq bo‗lgan bir 
qancha jarayonlarning yig‗indisi tushuniladi. Bu jarayonlarga o‗simliklar badanida 
kimyoviy moddalarning ushlanib qolishi va biokimyoviy sintez, hayvonot va 
mikroorganizmlarning ozuqa zanjirlarida kimyoviy birikmalar-ning o‗zgarishi, 
tirik organizmlarning yashash jarayonida unsurlarning yana atmosfera va tuproqqa 
qaytishi tuproqdagi organik moddaning yangi hosila-lari barpo qilishi va ularning 
parchalanishi kiradi. 
Landshaftlarning o‗simliklari atmosferadan uglerod oladi. Azot va boshqa 
ko‗l o‗simliklarini esa tuproqning ildizlar tarqalgan qismidan oladi. Tuproq hosil 
qiluvchi ona jins xajmi bo‗yicha asosan (94 foizga yaqin) kislo-rod atomlaridan 


68 
iborat bo‗lib, boshqa elementlar 6 foiz atrofida bo‗ladi, o‗simliklar oziqlanishi 
uchun zarur moddalar ancha tarqoq holda bo‗ladi. Faqat biologik modda 
almashinishi jarayoni oqibatidagina tuproq hosil bo‗lishi mumkin va o‗simliklar 
uchun zarur bo‗lgan ozuqa moddalari bilan boyib borishi mumkin. 
Moddaning organik aylanishi asosida o‗simliklarning maxsuldorlik jihatlari, 
ya‘ni yashil o‗simliklarning quyosh yordamida atmosferadan karbonat angidrid 
ajratib olishi tuproqdan azot va kul unsurlarini olishi yotadi. Fotosintez natijasida 
hosil bo‗ladigan organik moddaning yarmiga yaqini oksidlanib yana atmosferaga 
qaytadi. Fitomassaning qolgan qismi toza birlamchi maxsulot hosil qiladi. Uning 
ayrim qismi o‗simlik bilan ozuqla-nuvchi hayvonlarga, so‗ngra esa o‗simlikxo‗r 
hayvonlar bilan oziqlanadigan yirtqich hayvonlar organizmiga o‗tadi. 
O‗simlik va hayvonot dunyosi hosil qiladigan organik moddaning asosiy 
qismi ular nobud bo‗lgandan keyin ko‗plab turli xil bakteriyalar zamburug‗lar va 
boshqa mikroorganizimlar tomonilan yemiriladi. Oqibatda jonsiz organik modda 
yana mikroorganizmlar tomonidan turli xil mineral tuzlarga aylanadi. Hayot 
shunday davom etaveradi. Tabiatdagi biomassaning hosil bo‗lishi jarayonlari ozmi 
- ko‗pmi muvozanatlarga va faqat ozgina qismi (1% kamrog‗i) har yili biologik 
aylanishdan tushib qolib, tuproqda chirindi sifatida qolib ketishi mumkin. 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish