Mavzu: Sohaviy atama va terminlarning kelib chiqishi va ularning vazifaviy xususiyatlari. Reja
Sohaviy atama
“Atama” so’zini “termin” tushunchasi ma’nosida qo’llaganimizda, uni umuman narsa-predmetlar, voqea-hodisalarning nomi sifatida emas, balki aniq bir ilmiy tushunchani ifodalaydigan va ma’lum bir fan sohasiga tegishli bo’lgan birliklarni anglashimiz lozim.
Gap terminnning aniq bir ma’noni ifodalashida emas, bu jihatdan qaraladigan bo’lsa, kasb-hunar leksikasining ilmiy-texnikaviy terminlardan deyarli farqi yo’q, termin har qanday tushunchaning aniq atamasi sifatidagina emas, balki ilmiy tushunchani ifodalovchi vosita sifatida asosan yozma shaklda maydonga keladi
O’zbek tilshunosligida atamalarni o’rganishga doir ko’pgina ishlar amalgam oshirilgan. Ko’plab ilmiy kitoblar, risolalar, lug’atlar, ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalar yozilgan, dissertatsiyalar himoya qilingan. Bu borada 200 dan ortiq lug’atlarning nashr etilishi fanimizning katta yutug’I hisoblanadi.
O’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi, “Lotin yozuvi asosidagi o’zbek alifbosiga o’tish to’g’risida”gi Qonunning qabul qilinishi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Atamalar qo’mitasi olib borayotgan yirik hajmdagi ishlar atamashunoslik sohasining yanada yuqori bosqichga ko’tarilishiga sabab bo’ldi. Atamalarning shakllanishi ham xalqning tarixi qadar qadimiydir. To’nyuquq, Kultegin, Bilga hoqon singari bitiktoshlarda xalqimiz mashg’ul bo’lgan hunarlarga oid atamalarni uchratamiz. Ular xalq tomonidan yaratilgan afsonalarda, qahramonlik qo’shiqlarida ham mavjud bo’lgan. Ularni mujassam qilgan Mahmud Qoshg’ariyning “Devonu lug’otit-turk” asari ularning bizgacha yetib kelishida katta tarixiy vazifani bajargan.
Mana shu tarzda har bir davrda jamiyatning taraqqiyoti bilan bog’liq holda sohaviy atamalar ham son, ham sifat jihatdan takomillashib bordi. Uning taraqqiyotida XIX asrning II yarmidan keyingi davr va yana oradan yuz yildan ortiq vaqt o’tib O’zbekistonning mustaqillikka erishgan davri alohida o’rin tutadi. Mana shu davr ichida jahonda yuz bergan o’zgarishlar O’rta Osiyo, jumladan O’zbekistonda ham sanoatning o’sishiga, dunyoviy fanlarning qaytadan rivojlanishiga sabab bo’ldi.
Falsafa, huquq, tarix, filologiya, sotsiologiya, kimyo, fizika, matematika, biologiya, geografiya, sanoat, qishloq xo’jaligi, tibbiyotga oid maxsus atamalar shakllandi va ular tilimizga kirib keldi. Bunda rus tilining ta’siri katta bo’lganligidan ko’z yumib bo’lmaydi.
Atamalarning o’zbek tilida son jihatdan ko’pchilikni tashkil etishi ularni mavzuviy guruhlarga bo’lib o’rganishni taqozo qiladi. Chunki o’zbek atamashunoslari S.Ibrohimov, S.Akobirov, Olim Usmon, R.Doniyorov, X.Shamsiddinov, A.Madvaliyev va boshqalar ta’kidlaganlaridek, bunday tahlil atamalarning umumiy boyligini ko’rsatishga ko’maklashadi, sohalarga bo’lib o’rganishni osonlashtiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |