5.2 LANDShAFTLARDA MODDA VA ENERGIYA AYLANISh SIKLLARI.
Landshaftlarda energiya oqimi.
Landshaftlarda ro‗y beradigan energaya
oqimida asosan uch xil energiya, ya‘ni , quyosh energiyasi, yerning ichki
energiyasi va gravitatsiya energiyasi ishti-rok etadi. Bularga qo‗shimcha qilib
kimyoviy usullarning o‗zaro ta‘sirida ajra-lib chiqadigan energiya, minerallarning
kristallar panjarasida hosil bo‗la-digan kabilarni ham aytish mumkin. Ammo
oldingi uch xil energiyaga nisbatan bularning salmog‗i ancha kamdir.
Sanab o‗tilgan uch xil energiya turlari ichida quyosh energiyasi ayniqsa katta
ahamiyatga ega bo‗lib, u landshaftlarning maxsus faoliyatidagi moddalarning
barcha aylanma harakatlarida ishtirok etadi. Yerdagi hayotning bor yo‗qligi ana
59
shu energiyaga bog‗liqdir. Quyosh energiyasining yerdagi modda aylanishiga
qo‗shi-lib ketishi asosan o‗ziga xlorofil moddasi bo‗lgan organizmlar: yashil bakte-
riyalar, ko‗k yashil suv o‗tlari, fitoplankton va yuqori tabaqa o‗simliklarni
fotosintezi orqali bo‗ladi.
Quyosh energiyasi Yer atmosferasiga yetib kelar ekan, uning 30 foizdan
ortiqrog‗i atmosferadan aks etib qaytib keladi. Yerning sun‘iy yo‗ldoshlaridan
olingan malumotlarga qaraganda yer kurrasining albedosi 0.33 ga teng. Quyosh
energiyasining ana shu qismi fazoda yo‗qolib, atmosferadagi havo harakatida va
yerdagi jarayonlarda ishtirok etmaydi. Quyosh energiyasining 20 foizga yaqini
atmosfera qatlamidan o‗tish vaqtida yutilib qoladi va atmosferaning isishiga sarf
bo‗ladi. Yerga esa o‗rtacha olganda quyosh energiyasining 50 foizigina yetib
keladi.
Yerga yetib kelgan energiya oqimining asosiy qismi qisqa to‗lqinli Quyosh
radiatsiyasidir. Bu oqim ba‘zan quyosh doimiyligi deb ham ataladi va mutloq
emas, 1,5-2 foiz orasida o‗zgarib turadi. Ana shu qisqa to‗lqinli Quyosh radia-
tsiyasi energiyasining jadalligi 1,98 dan 2,0 kal/sm kv deb hisoblanadi. Turli
landshaftlarda ro‗y beradigan Quyosh energiyasining o‗zgarilishini Yu.L.Runer
(1992), M.I.Budiko (1977) ishlarida ko‗rish mumkin.
Landshaftlarga Quyosh energiyasi asosan to‗g‗ri va tarqoq radiatsiya sifatida
kirib keladi.Ular birgalikda yalpi radiatsiyani tashkil qiladi. Yer yuziga yetib
keladigan yalpi radiatsiyaning kuchi o‗rtacha olganda 5600 X\M kv yilga tengdir.
Yalpi radiatsiyaning ma‘lum bir qismi landshaftlardan aks etib yana atmosferaga
qaytadi. Bu ko‗rsatkich esa ko‗p jihatdan landshaftlarning albedosiga bog‗liq.
Turlicha landshaftlarda albedo turlichadir. Masalan, yangi yoqqan qor yuzasining
albedosi 0,80-0,95, yashil o‗tlarniki 0,20-0,25, keng bargli o‗rmonlarniki 0,15-
0,20, igna bargli o‗rmonlar albedosi 0,10-0,15, barxan qumlari tarqalgan
landshaftlarda -0,24, ustida o‗simlik bo‗lgan gryada qumlari 0,22, o‗rtacha zich
bo‗lgan saksovulzor albedosi - 0,20, Mirzacho‗l, Qarshi dashti kabi gilli cho‗llarda
ham albedo 0,27-0,35 atrofida bo‗lar ekan.
Yalpi radiatsiya bilan aks etib qaytargan radiatsiya orasidagi farq qisqa
60
to‗lqinli balans deyiladi. Landshaftning o‗simliklari, tuproq yuzasi Quyosh
radiatsiyasini yutishi natijasida o‗zi uchun to‗lqinli nurlanish manbaiga aylanadi.
Landshaftlarning uzun to‗lqinli nurlanishi qor yuza nurlanishiga teng bo‗lib
ko‗pincha 0,90-1,00 atrofida bo‗lar ekan ( M.I.Budiko 1977).
Landshaft ustidagi atmosfera tarkibida bo‗lgan suv o‗tlari va turli gazlar uzun
to‗lqinli radiatsiyani yutib atmosferaning landishaftga qarata qayta nurni aks
ettirishiga sabab bo‗ladi. Landshaftdan qaytgan va unga nisbatan yana
atmosferadan qaytgan radiatsiya orasidagi farq uzun to‗lqinli balans deb ataladi.
Landshaftga kirib kelgan va undan yana atmosferaga kaytgan radiatsiya
energiyasining oqimi yig‗indisi radiatsiya balansi deb ataladi. Radiatsiya bal-ansi
qisqa to‗lqinli balans bilan uzun to‗lqinli balans orasidagi farqka teng bo‗ladi.
Undan tashqari landshaft yuzasi bilan atmosfera orasidagi turbulent issiqlik
almashishi jarayoni ham mavjuddir. Bu jarayon O‗zbekiston cho‗l hud-udlarida
radiatsiya balansining 80 foizidan ortiqroq qismini qamrab olgan.
Yer yuzasida yutiladigan Quyosh energiyasining asosiy qismi issiqlik sifatida
tuproqdagi, qumliklardagi, daryo va ko‗llardagi suv va namliklning bug‗lanishiga
sarf bo‗ladi. Bu energiya asosan tabiiy bug‗lanishga va trans-piratsiyaga sarf
bo‗ladi.
Undan tashqari yalpi radiatsiya oqimining 0,5 foiziga yaqini o‗simlik-larning
fotosintez jarayoniga sarf bo‗ladi. Bu energayaning yarmidan ko‗prog‗i shu
zaxotiyoq o‗simliklarning nafas olish jarayonida yo‗qoladi. Qolgan qismi esa
o‗simliklarning to‗qimalarida to‗planib keyinchalik ozuqa zanjirlarida ishtirok
etadi. Ayrim qismlari esa jonsiz organik moddaga o‗tib ketadi. Ammo har bir
landshaft sharoitida bu oqimlarning nisbati va son ko‗r-satkichlari turlicha bo‗lishi
mumkin.
O‗zbekiston hududida tarqalgan asosiy landshaft turlarida energiya oqimining
ayrim jabhalari qay darajada ekanligini quyidagi jadvaldan ko‗rishi mumkin.
Quyoshdan kelayotgan energiya oqimining ayrim qismlari landshaftlarning
ma‘lum holatida ayrim jarayonlarida ishtirok etmasligi mumkin. Masalan, yilning
qish oylarida fotosintez yoki transpiratsiya jarayonlari har doim ham
61
bo‗lavermasligi mumkin. Shuning uchun ham landshaftlarda yuz beradigan
energiya oqimlarini aniqlash va hisoblashda ish jaranyonining vaqt chegaralari
haqida ham tasavvurga ega bo‗lishi kerak.
Umuman olganda statsionar izlanishlar sharoitida landshaftlardagi energiya
oqimining va o‗zgarishining aniqlash mumkin, ammo bu juda murakkab masala
bo‗lib, ko‗p vaqt va ko‗p mehnat talab qiladi. Chunki u yoki bu landshaftlarda
energiyannng to‗planish tezligi kun sayin, soat sayin, hattoki daqiqada o‗zgarib
turadi. Bu o‗zgarishlar juda ko‗p omillarga bog‗liqdir.
Xullas, Quyoshdan keladigan energiya landshaftning maxsus faoliyatini
ta‘minlab turuvchi eng asosiy hamda boshqa meteorologik, gidrologik,
geomorfologik, biogeokimyoviy kabi turli jarayonlarni A.A. Grigorev aytgan bir
butun tabiiy geografik jarayonnni hosil qiluvchi asosiy omil hisoblanadi.
5.1-jadval
Issiqlik balansini tashkil qiluvchi ko‗rsatkichlar yig‗indisi va issiqlik oqimlari
(kal/sm.kv)
Kuzatilgan joy va
uning qisqa tarifi
A
R
R
Ye Ye
R
V Ye
Janubiy Qizilqumdagi
qumlik cho‗l landshafti 0.25 337 289 48
0 86 0.78 0, 4 0 14 0 00
Saksovulzor landshafti 0.20 381 255 38 88 67 0.92 0.69 0.09 0.14
A-albedo; R-radiatsiya balansi oqimining peshingi ko‗rsatkichi; R-turbulent
issiqlik almashinishi; V-tuproqdagi issiqlik oqimi; Ye-yig‗indi bog‗lovchi.
Landshaftlarning maxsus faoliyatidagi energetik omillardan yana biri Yerning
ichki energiyasidir. Bu energiya, asosan geotermik issiqlik, vulqonlar otilishidan
ajrab chiqadigan issiqlik, issiq suvlar energiyasi kabilardan iboratdir.
O.G.Sorokin (1977) ma‘lumoti bo‗yicha yer yuzasiga ta‘sir etuvchi geomet-
rik energiya kuchi 0.82x10 kv energiya (s.sm.kv) atrofida bo‗lar ekan. Vulqonlar
otilishidan ajralib chiqadigan energiya o‗rtacha 10/20x10/0 energiya oralig‗ida
bo‗lar ekan (G.Makdonald, 1975 yil). Geotermik suvlar bilan chiqadigan issiqlik
62
energiyasi yiliga o‗rtacha 100 energiyaga /s.sm
2
/ ga teng bo‗ladi. Ammo bu xil
energiyaning ta‘siri landshaftlarning shu xil energiya manbalariga uzok-yaqin
joylashganligiga ko‗proq bogliqdir, Umuman yerning ichidan bo‗ladigan energiya
Quyosh energiyasining 0.04 foizga yaqin kuchini beradi holos. Landshaftlarda ro‗y
beradigan oqimlarda energiya oqimlaridan gravitatsiya energiyasi ham ishtirok
etadi. Bu energiya landshaftlardagi modda aylanish jarayoni mavjudligi va
tezligiga katta ta‘sir ko‗rsatadi.
Gravitatsiya energiya oqimi aylanma harakatga ega bo‗lmay bir tomonga
yo‗nalgandir. Moddaning og‗irlik kuchi mutloq balandlikka, tog‗ jinslarining
zichligi va boshqa oqimlarga bog‗liq. Ammo bularga energiyaning boshqa
turlariga nisbatan juda kam e‘tibor beriladi. Aslida esa moddaning og‗irlik kuchi
landshaftdagi moddaning gravigen oqimlarini hosil qiladi. Gravigen oqimlar esa
landshaftdagi abiogen modda almashinishida katta rol o‗ynaydi va modda
harakatining deyarli barcha shaklida ozmi-ko‗pmi ishtirok etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |