Landshaftshunoslik asoslari


 LANDShAFTLAR MAXSUS FAOLIYaTINI O‘RGANIShDAGI



Download 2,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/124
Sana10.02.2022
Hajmi2,73 Mb.
#440796
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124
Bog'liq
fayl 1750 20210907

6.2 LANDShAFTLAR MAXSUS FAOLIYaTINI O‘RGANIShDAGI 
GEOFIZIKAVIY YoNDAShISh. 
Moddaning biologik aylanishini o‗rganish nafaqat landshaftlarning maxsus 
faoliyatini tushinib yetishda, balki landshaftlardan to‗g‗ri va oqilona foydalanish 
masalalarini hal qilishda bevosita amaliy ahamiyat kasb etadi. Ayniqsa 
landshaftlardan qishloq xo‗jalik maqsadlarida foydalanish moddaning biologik 
aylanishi to‗g‗ri tushunib olish va o‗rganishnning ahamiyati kattadir. 
Landshaftlarda moddaning biologik aylanishi turli xil ko‗rsatkichlar bilan 
ifodalanishi mumkin. Landshaftshunoslik nuqtai - nazaridan qaraganda ikkita 
ko‗rsatkich muhim bo‗lib ko‗rinidi. Bular fitomassaning yillik zahirasi va yillik 
birlamchi biologik maxsulot miqdoridir. Bulardan tashqari o‗simliklarning ma‘lum 
vaqt davomida landshaftda tuqilib, tuproq yuzasida va tuproq tarkibida qolgan 


69 
o‗simlik qismi hamda to‗planib boradigan o‗limtik organik moddaning miqdori 
ham hisobda bo‗lishi kerak. 
Landshaftning o‗z maxsus faoliyatini bajarishda biota qanchalik ahamiyatli 
ekanini aks ettiruvchi biogeoikmyoviy ko‗rsatkichlardan moddaning biologik 
aylanish sig‗imi, ya‘ni birlamchi biologik maxsulotning hosil bo‗lishi uchun sarf 
bo‗ladigan ozuqa unsurlarni miqdori va ularning kimyoviy tarkibi, o‗simliklarning 
yer ustiga tukilgan o‗limtik qismi va o‗simliklarning ko‗p yillar davomida yer 
ustida to‗planib qolgan qismi -tushalmada to‗plangan unsurlar miqdori kabilarni 
aytish mumkin. Quyida O‗zbekiston qumlik cho‗llarga xos bo‗lgan moddaning 
biogeokimyoviy aylanishiga tegishli ayrim ko‗rsatkichlar keltirilgan. Bu 
ma‘lumotlar (N.I.Bazilevich, 1986) oq saksovul va iloq o‗sgan qumlik cho‗l 
landshaftlari sharoitida aks etadi. 
Tirik organik modda (T / ga) 
-8.90 
Fitomassa miqdori (T / ga)
-8,73 
Shu jumladan: 
Yashil qismi (foiz)
-8,2
Ko‗p yillik yer usti qismi (foiz)
-35,1 
Yer ostidagi qismi (foiz)
-56,7 
Hayvonot dunyosi (T/ ga) 
Shu jumladan:
Fitofaglar (foiz)
Saprofaglar (foiz)
Zoofaglar (foiz) 
Sof birlamchi maxsulot (yillik T/ ga)
-2,78 
Sof birlamchi maxsulotning tirik fitomassaga nisbati
-0,30 
O‗lik organik modda (T/ ga) 
-25,12 
Shu jumladan tuproqdagi chirindi (foiz) 
-99,5 
Moddaning biologik aylanish sig‗imi (yillik kg/ ga)
-126,0 
Maxsulotlardagi ning o‗rtacha miqdori (foiz)
-0,90 
Maxsulotlardagi kul elementlarining


70 
urgacha miqdori (foiz) 
-3,78 
O‗simliklarga ozuqa bo‗ladigan kimyoviy elementlar 
-Sa, K 
Fitofaglar xazm tashqarigan maxsulot (foiz)
Organik moddaning abiotik oqimlari (kg/ ga):
Ushbu malumotlarni namlik yetarli miqdorda bo‗lgan ayrim landshaftlarga 
xos ko‗rsatkichlar ega bo‗lishi mumkin. Masalan, havo harorati yoki termik 
sharoiti bir xil bo‗lgan, ammo namlik bilan issiqlik nisbati yaxshi bo‗lgan sharoitda 
landshaft 
mahsuldorligi 
yuqori 
bo‗ladi. Shuning uchun namgarchilik 
yetishmaydigan oq saksovul va iloq o‗sgan landshaftlarda quyoshdan keladigan 
energiya miqdori katta bo‗lganligi va maxsuldorlik kam bo‗lganligi sababli organik 
moddaning buzilishi (destruktsiya) jadaligi biomassaning umumiy to‗planishidan 
anchagina ko‗p bo‗ladi va o‗lik organik moddaning to‗planishi yo‗q darajada 
bo‗ladi. O‗lik organik modda va o‗simlik tanasidagi biomassa zahirasi 
landshaftlarning tashqi muhit ta‘siriga chidamliliigini hosil qiluvchi asosiy 
omillardandir. Yuqoridagi jadvalda keltirilgan muammolardan yana biri narsa 
e‘tiborni o‗ziga jalb qiladiki, u ham bo‗lsa organik moddaning abiotik oqim 
ta‘sirida landshaftga kirib kelishidan chiqib ketishi ko‗proq ekan. Bunda organik 
moddaning yo‗qolishi asosan shamol uchirib olib chiqib ketishi hisobiga bo‗lib, 
har yili taxminan 10 % ga yaqin birlamchi maxsulot yo‗qoladi. 
Landshaftlardagi moddaning biotik aylanishi xech qachon alohida, boshqa 
jarayonlardan ajralgan holda ro‗y bermaydi. U asosan moddaning katta geologik 
aylanishi bilan bog‗liq holda ro‗y beradi. Shuning uchun bu jarayonni moddaning 
biogeokimyoviy aylanishi deb atagan ma‘quldir. Shuning uchun yuqorida aytib 
o‗tilgan biologik jarayonlarga qo‗shimcha qilib landshaftga yog‗in - sochin va oqar 
suvlar orqali kirib keladigan moddalarni ham ham o‗rganish kerak bo‗ladi. 
Abiotik tabiatga ega bo‗lgan modda almashinishi biologik modda 
aylanishidan farqli o‗laroq bir tomonga yo‗nalgan oqimlar ko‗rinishida bo‗ladi. 
Landshaftlarda moddaning abiotik ko‗chib yurishi asosan 2 xil shaklda ro‗y 
beradi: 1) nurash yoki yemirilish natijasida hosil bo‗lgan va turli katta -
kichikligidagi jismlarning uz og‗irlik kuchi bilan yon bagirlarda pastga siljishi oqar 


71 
suvlar tarkibida mexanik oqimlar hamda xovoda chang zarralarini hosil qilishi 
shaklida; 2) suv bilan birga harakatlanuvchi va turli geokimyoviy yoki 
biokimyoviy jarayonlarda ishtirok etadigan suvda erigan moddalar turli gazlar 
shaklida bo‗ladi. 
Landshaftlarning jonli va jonsiz komponentlari orasidagi o‗zaro ta‘sir - 
organik yoki mineral birikmalar ko‗rinishidagi moddaning doimo muttasil 
almashinib aylanib turishidadir. Tirik organizimlar yaratshi uchun zarur bo‗lgan 
kislarod, uglerod, azot, fosfor, oltingugurt, kabi 30 dan ortiq biogen elementlar 
to‗xtovsiz tarzda glitsid, lipid, aminokislotalar kabi organik moddaga aylanadi yoki 
turli organik bo‗lmagan tuzlar ko‗rinishida avtotrof o‗simliklar tomonidan 
keyinchalik geterotroflar: hayvonotlar, so‗ngida esa destruktor-mikroorganizmlar 
tomonidan iste‘mol qilinadi. 
Landshaft doirasida ro‗y beradigan moddannig to‗la biogeokimyoviy 
aylanishida biogeokimyoviy tsiklni bilish uchun: organizimlarning barcha 
guruhlarini: o‗simliklar, hayvonot mikroflora, mikrofauna bakterialarni va 
hokazolarni o‗rganish kerak bo‗ladi. 
Hozirgi vaqtda bularni ichida ozmi ko‗pmi o‗rganilgan o‗simliklardir. Ularni 
hammasini orasidagi modda va energiya almashinishni bir varakayiga o‗rganish 
murakkab vazifadir. Maxsus adabiyotlarda esa ko‗proq u yoki bu kimyo-viy 
unsurlarni aylanishini ko‗pincha alohida - alohida o‗rganilganligi qayd etilgan. 
Masalan, tabiatda kislarodning aylanishi yoki uglerodni azotni, fosforni va hokazo. 
Ba‘zan esa ularni o‗zaro bog‗liqligi haqida ma‘lumotlar topish mumkin, ammo 
bularni hammasi landshaftda ro‗y beradigan biogeokimyo-viy tsikl haqida to‗la va 
yaxlid tasavvur bera olmaydi. 
Biogeokimyoviy tsikl deganda kimyoviy moddalarning landshaft doirasida 
organik bo‗lmagan komponentlardan o‗simlik va hayvonot orqali o‗tib yana 
organik bo‗lmagan komponentlarga qaytib kelishi tushuniladi. Bunda quyosh 
energiyasi va kimyoviy reaktsiyalardan hosil bo‗lgan energiya gravitatsiya 
energiyasi va hokazolar ishtirok etadi. Landshaftlarda doimo ozmi ko‗pmi tirik 
fitomassa yoki o‗simlik massasi bo‗ladi. Agar quruq fitomassani quydirilsa, uning 


72 
tarkibidagi mineral moddalarni yoki xo‗l elementlarini aniqlab olsa bo‗ladi. 
Quruq organik moddaning qolgan qismini asosan uglevod, lignin, lipid, 
ishqor moddalar, smola, mum hamda turli organik birikmalar (kislotalar, 
glyukozitlar, efir moylari va kauchuk arkogientlar, vitaminlar, antibio-tiklar) 
tashkil qiladi. 
Landshaftlardagi biogeotsiklni asosini ikkita muhim biologik jarayon tashkil 
qiladi. Bu o‗simliklarning fotosintezi va nafas olishidir. 
Fotosintez juda kuchli tabiiy jarayon bo‗lib, har yili landshaftdagi turli xil 
biogeokimyoviy jarayonlarning sozlovchisi desa bo‗ladi. Fotosintez quyosh 
energiyasi va yashil o‗simliklardagi xlorofil ishtirokida ro‗y beradigan kimyoviy 
reaktsiyadir. Bunda uglekislota va suv hisobiga organik modda sintez bo‗ladi va 
erkin kislorod ajralib chiqadi. 
Fotosintezning eng oddiy mahsuloti glyukozadir. Glyukozid o‗simliklarda 
ro‗y beradigan fotosintez va nafas olishning kimeviy tenglamasining Fransua 
Romad (1981) quyidagicha keltiradi: pSO
2
+ 2n N
2
O + N fotosintez 
p0
2
+pN
2
O+(Sp) (N
2
O) (n) monosaxarit. 
Bu yerda №-0,65-0,70 uzun to‗lqinli quyosh energiyasi (kkal). Landshaftlarda 
ro‗y beradigan mana shu ikki jarayon biogeotsiklning asosini yaratadi. Birlamchi 
biologik maxsulotning hosil bo‗lishida turli xil reaktsiyalar bo‗ladi. Ammo 
umumiyroq qilib aytganda bu jarayon quyidagicha ko‗rinishda bo‗ladi. Yorug‗lik 
va mos harorat sharoitida o‗simlik va suv karbonat angidrit va mineral 
moddalardan birlamchi organik maxsulot hosil bo‗ladi. Shu bilan birga havoga 
kislarod ajralib chiqib, namlik esa transpiratsiya bo‗ladi. Boshqa ko‗pgina mineral 
ozuqani o‗simliklar ildiz orqali oladi. Bu moddalar o‗simlik tanasida skelet 
organlar orqali yuqoriga o‗simlikning shoxlari va barglariga tarqaladi. 
O‗simliklarning bargida to‗plangan oziq unsurlari uni qolgan organlarida 10-20 
martagacha ko‗p bo‗ladi. Bu unsurlar vaqt o‗tishi bilan barglar va shox 
shabbalarnnng uzilib yerga tushushi orqali yana tuproqqa o‗tadi. Unsurlarning 
ayrim qismi esa barglardan o‗simlik tanasidan yomg‗ir suvlari bilan ham yuvilib 
tushadi. Buni biz atmosferadan tushgan yog‗inning kimyoviy tarkibi bilan 


73 
o‗simlikning barglaridan va tanasidan oqib tushgan yog‗in suvlar tarkibini 
solishtirish orqali aniqlab olsak bo‗ladi. 
Landshaftlardagi maxsus faoliyatini aniqrok o‗rganilganda kimiyoviy 
moddalarning o‗simlik orqali hayvonot tanasiga o‗tishi u yerda yangi organik 
birikmalarni hosil qilinishi keyinchalik hayvon halok bo‗lgandan so‗ng esa boshqa 
guruh organizmlar tanasiga yoki tuproqqa o‗tib ketishi jarayonlari ham o‗rganilishi 
kerak. Biogeokimyoviy tsiklni oxirgi pog‗onasida tuproqdagi organik moddalar 
sintezi va yana o‗simliklar tanasiga o‗tishi ro‗y beradi. 
Nazorat savollari: 
1.Quruq organik moddaning qolgan qismini nimalar tashkil kiladi? 
2.Landshaftlar maxsus faoliyatini o‗rganishdagi geofizikaviy yondashish deganda 
nimani tushunasiz? 
3. Landshaftda moddaning biogeokimyoviy aylanishi va biomahsuldorligi qanday 
ruy beradi? 

Download 2,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish