148
bo‛lsak, ikkinchisi. Masalan, Xitoy davlatining Yalpi milliy mahsuloti
Avstriyanikidan o‛nlab marta yuqori ekanligiga shubha yo‛q, ammo agar biz ushbu
Yalpi milliy mahsulotni jon boshiga qancha tushishi haqida gapiradigan bo‛lsak,
unda Avstriyaning ko‛rsatkichlari Xitoynikidan o‛n baravar yuqori bo‛ladi.
Iqtisodiy o‛sishning ahamiyati juda katta, chunki uning doimiy o‛sish sur’atlari
yangi ehtiyojlarni qondirish va mamlakatning, mamlakat tashqaridagi ijtimoiy-
iqtisodiy ehtiyojlarni
hal qilishga imkon beradi, chunki real ishlab chiqarish
hajmining o‛sishi cheklangan resurslar muammosini yumshatishga imkon beradi.
Yalpi talab-yalpi taklifi modeli yordamida makroiqisodiy jarayonlarni tahlil
qilar ekanmiz qisqa davrda real YaIMni oshirish imkoniyatlari yalpi taklifning
vertikal kesmasi bilan chegaralanganligi muammosiga duch keldik. To‛liq
bandlilik darajasiga erishilgandan so‛ng real YaIM hajmini bundan keyingi
ko‛paytirish uchun yalpi taklif egri chizig‛ini o‛ngga
siljishiga erishishimiz, ya’ni
foydalanilayotgan resurslar miqdorini ko‛paytirishimiz zarur.
Agar iqtisodiyotning qisqa muddatli holati ko‛proq yalpi talab bilan belgilansa,
uzoq davrga iqtisodiyotning rivojlanishi ko‛proq ishlab chiqarish imkoniyatlari
bilan belgilanadi. Shu sababli iqtisodiy o‛sishni modellashtirishda diqqat
markazida real sektor turadi.
Iqtisodiy o‛sish to‛liq bandlilik sharoitiga mos keluvchi potentsial ishlab
chiqarish darajasini uzoq muddatli ko‛payishi tendentsiyasini anglatadi.
Iqtisodiy o‛sish jami taklifning o‛sishini yoki boshqacha aytganimizda, haqiqiy
va potentsial YaIM hajmining oshishini bildiradi. Iqtisodiy o‛sish nafaqat
mamlakat real daromadlarining o‛sishi,
shuningdek, jon boshiga to‛g‛ri keladigan
real daromadlarning o‛sishini ham anglatadi. Shu sababli ham iqtisodiy o‛sish ikki
xil usul bilan o‛lchanadi.
Birinchi usulda iqtisodiy o‛sish real YaIM ni o‛tgan davrga nisbatan o‛zgarishi
sifatida aniqlanadi va mamlakatning umumiqtisodiy imkoniyatlari dinamkasini
aniqlash uchun ishlatiladi.
Ikkinchi usulda iqtisodiy o‛sish aholi jon boshiga to‛g‛ri keladigan real
YaIMning o‛tgan davrga nisbatan o‛zgarishi sifatida aniqlanadi.
149
Iqtisodiy o‛sish nazariyasi va modellarida YaIM o‛rniga SIM, YaMD, SMD
ko‛rsatkichlaridan ham foydalanilishi mumkin. Iqtisodiy nazariyada iqtismodiy
o‛sish daromadlarni qanday nisbatlarda iste’mol va investitsiyalarga bo‛linishiga
bog‛liq deb qaraladi.
Iste’mol hajmi dinamikasi iqtisodiyotning provard
maqsadini va yashash
darajasi
oshishini
bildirsa,
investitsiyalar
hajmining
o‛zgarishi resurs
imkoniyatlarining o‛sishi va texnik yangiliklarning moddiylashishini anglatadi.
Iste’mol va investitsiya o‛rtasida yetarlicha muqobillik mavjud, chunki, joriy
iste’mol miqdorining oshishi investitsiyalarning daromaddagi ulushini pasaytirish
iqtisodiy o‛sish imkoniyatlarini qisqartiradi.
Iqtisodiy o‛sish real kattaliklarda, qiyosiy baholarda o‛lchanadi.
Har bir mamlakat iqtisodiy o‛sishga
intiladi, chunki iqtisodiy o‛sish,
birinchidan, milliy mahsulot hajmi va daromadning ko‛payishiga, ikkinchidan,
resurslardan samarali foydalanishga, uchinchidan, yangi-yangi ehtiyojlar va
imkoniyatlarning paydo bo‛lishiga, to‛rtinchidan,
xalqaro bozorlarda mamlakat
obro‛sining oshishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: