L. S. Karieva makroiqtisodiyot


 Iqtisodiy o‛sish modellarining mohiyati va ahamiyati



Download 2,99 Mb.
Pdf ko'rish
bet97/207
Sana17.07.2022
Hajmi2,99 Mb.
#816825
TuriУчебник
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   207
Bog'liq
макроиктисодиёт лотин

8.4 Iqtisodiy o‛sish modellarining mohiyati va ahamiyati 
Iqtisodiy o‛sish moldellari yalpi ishlab chiqarishning uzoq muddatli ishlab 
chiqarish jarayonida taklif omillariga tayangan holda tahlil etish imkonini beradi.
Boshqa iqtisodiy modellar singari iqtisodiy o‛sish modellari ham real 
jarayonlarni abstrakt va soddalashgan ko‛rinishda, shartli tarzda grafiklarda va 
tenglamalarda aks ettiradi.
Iqtisodiy o‛sishning keynscha va neokllasik modellari mavjud. Keynscha 
modellarning mohiyati quyidagicha:
1) ularning barchasi Keynsning yalpi talab to‛g‛risididagi bosh g‛oyasiga 
tayanadi. Ya’ni ularni tuzishda mualliflar iqtisodiyotni uzoq muddatli mutanosib 
rivojlanishining hal qiluvchi sharti yalpi talabni oshirish deb qarashgan;
2) iqtisodiy o‛sishning asosiy omili investitsiyalar hisoblanadi, boshqa ishlab 
chiqarish omillari e’tiborga olinmaydi;
Keynscha iqtisodiy o‛sish modelidan soddarog‛i 40-yillarda E.Domar 
tomonidan taklif etilgan model hisoblanadi.
Keyns o‛z tahlilida investitsiyalarnig yalpi talabga ta’sirini o‛rgangani holda, 
yalpi taklifga ta’sirini ko‛rib chiqmaydi. Undan farqli tarzda E. Domar (AQSh) 
kapital qo‛yilmalarga nafaqat daromad keltiruvchi omil, balki imkoniyatlarni ham 
yaratishi mumkin deb qaraydi. Talab va taklifning muvozanati, Domar fikriga 
ko‛ra, kapital qo‛yilmalar dinamikasi bilan belgilanadi, ular bir vaqtning o‛zida 
yangi investitsiyalarni shakllantiradi. Ya’ni kapital qo‛yilmalar hajmi va o‛sish 


154 
sur’atlarini aniqlash vazifa qilib qo‛yiladi. Domar uchta tenglama tizimiga 
yyechishni taklif qildi: 
a) taklifning tenglamasi: 
dX = Iδ
bu yerda dX - ishlab chiqarishning ko‛payishi; 
I - investitsiyalar hajmi; 
δ– kapital qo‛yilmalarning o‛rtacha samaradorligi; 
b) talab tenglamasi: 
M = dIα

bu yerda: α - o‛rtacha tejashga moyillik (multiplikatorning o‛zaro ta’siri); 
c) asosiy muvozanat tenglamasi daromadning o‛sishi va ishlab chiqarishning 
ko‛payishi o‛rtasidagi tenglikdir: 
 
Ushbu tenglik asosida biz kapital qo‛yilmalarning o‛sish sur’atini olamiz. 
Domar modeli bir omilli bo‛lib, u faqat kapital qo‛yilmalarni hisobga oladi va 
bitta mahsulotga mo‛ljallangan. Domar modeli multiplikatordan foydalanishga 
asoslangan. 
E.Domar investitsiyalarni ham talab ham taklif omili deb qaraydi. Ya’ni 
investitsiyalar nafaqat multiplikativ ta’sir ko‛rsatib yalpi talabni oshiradi, balki 
ishlab chiqarish quvvatlarini yuzaga keltirib, ishlab chiqarishni rivojlantiradi, 
tovarlar taklifini oshiradi. Shunday ekan, yalpi talabning o‛sishi yalpi taklifning 
o‛sishiga teng bo‛lishi uchun investitsiyalar qanday o‛sishi kerak degan savol 
paydo bo‛ladi. Bu savolga javob topish uchun Domar uch tenglamani o‛z ichiga 
olgan tenglamalar sistemasini tuzdi:
1) taklif tenglamasi;
2) talab tenglamasi;
3) talab va taklif tengligini ifodalovchi tenglama.
1. Taklif tenglamasida investitsiyalar ishlab chiqarish omillarining qanchaga 
qo‛shimcha o‛sishini ko‛rsatadi. Agar berilgan sharoitda investitsiyalar I o‛ssa, 
yalpi ishlab chiqarish 
K α miqdorga o‛sadi:

Download 2,99 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   93   94   95   96   97   98   99   100   ...   207




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish