7.5.3-rasm Byudjet soliq siyosatining oqibatlari: davlat xarajatlarining
oshishi
Bunday holda, IS egri chizig‛i o‛ng tomonga teng masofaga siljiydi:
144
∆G=
,
bu yerda ∆G - davlat xarajatlarining ko‛payishi;
davlat xarajatlarining
multiplikatori.
Natija quyidagicha: muvozanat A nuqtadan B nuqtaga qadar davom etadi,
chunki foiz stavkasi r
1
dan r
2
gacha ko‛tarilib, daromad Y
1
dan Y
2
oshadi.
Multiplikator ta’siri orqali daromad ko‛payadi, shuning uchun IS egri chizig‛i
bu qiymatga teng masofa bilan o‛ngga siljiydi.
Iqtisodiyotni rag‛batlantirish bo‛yicha soliq-byudjet siyosati foiz stavkasini
oshiradi va investitsiya xarajatlarining bir qismini siqib chiqaradi. Davlat
xarajatlari o‛sishi sababli foiz stavkalarining o‛sishining investitsiyalarga ta’siri
"ta’sir kuchi" deb nomlandi.
7.6 Narxlar o‛zgarishi sharoitida rag‛batlantiruvchi fiskal va pul-kredit
siyosati
O‛zbekiston Respublikasi Markaziy bankining o‛rta muddatli istiqbolda pul-
kredit siyosatini rivojlantirish va amalga oshirish Konsepsiyasi kommunikatsiyalar
kanalining jamoatchilik fikrini shakllantirish hamda inflyasion targetlash rejimini
amaliyotga joriy etishdagi yetakchi roli inobatga olingan holda ishlab chiqilgan.
Ushbu Konsepsiyaning maqsadi inflyasion targetlashga o‛tishning konseptual
asoslarini hamda ushbu pul-kredit siyosati rejimini amaliyotga muvaffaqiyatli joriy
etish uchun zaruriy sharoitlar yaratish bo‛yicha o‛rta muddatli rejalarni keng
jamoatchilikka yetkazish va batafsil tushuntirishga qaratilgan.
Mamlakatda ichki narxlar barqarorligi ta’minlanishi makroiqtisodiy va ijtimoiy
barqarorlikning kafolati bo‛lib, iqtisodiy
islohotlarni jadallashtirish
va
rivojlantirish dasturlarini muvaffaqiyatli amalga oshirishda zaruriy sharoit
hisoblanadi. Bunda inflyasiyaning past va barqaror ko‛rsatkichlari muvozanatli
iqtisodiy o‛sishni ta’minlash, ishlab chiqarish raqobatbardoshligi va aholini
yashash darajasini oshirishning muhim omili sanaladi. Shu nuqtai nazardan,
narxlar o‛sish sur’atlarining pasayishi va barqarorlashishi davlat iqtisodiy
siyosatining asosiy maqsadlaridan biri bo‛lishi kerak.
145
Inflyasiyaning past va barqaror darajasi aholi hamda yuridik shaxslar
omonatlarini uzoq muddatli investitsiyalarga aylanishi uchun kerakli sharoit
yaratadi hamda ichki bozordagi narxlar nomutanosibligini kamaytirib mavjud
iqtisodiy resurslarning samarali taqsimlanishiga xizmat qiladi.
Amaldagi O‛zbekiston Respublikasining “O‛zbekiston Respublikasining
Markaziy banki to‛g‛risida”gi Qonuniga ko‛ra, Markaziy bankning bosh maqsadi
milliy valyuta barqarorligini ta’minlash hisoblanadi. Bunda “milliy valyuta
barqarorligi” tushunchasini ikki xil, ya’ni almashuv kursining xorijiy valyutalarga
nisbatan barqarorligi yoki uning ichki xarid qobiliyati barqarorligi deb talqin qilish
mumkin.
Ichki bozorda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosatini
amalga oshirishning aniq strategiyasi va batafsil rejasi bo‛lishini hamda maqsadli
ko‛rsatkichlarga erishish uchun samarali instrumentlar va mexanizmlarni talab
etadi.
Monetar targetlash rejimi pul taklifi va talabining keskin o‛zgarishlari
kuzatilgan rivojlanayotgan va o‛tish davridagi mamlakatlarda iqtisodiy
rivojlanishning dastlabki yillarida samarali strategiya sifatida keng ko‛llanilgan.
Bunda inflyasiya bo‛yicha tegishli ko‛rsatkichlarni belgilashda iqtisodiy o‛sishni
rag‛batlantirish maqsadlaridan kelib chiqilgan.
Markaziy bankning pul-kredit siyosatining maqsadlari va asosiy yo‛nalishlari,
shuningdek
inflyasiyaning
maqsadli
ko‛rsatkichlariga
erishish
bo‛yicha
majburiyatlarining aniq belgilanishi jamiyatda ijobiy iqtisodiy kutilmalarning
shakllanishiga xizmat qiladi.
Inflyasion targetlash rejimida inflyasiya bo‛yicha maqsadli ko‛rsatkichlarga
erishishda markaziy bankning yuqori darajadagi mustaqilligi talab qilinadi. Bunda
makroiqtisodiy
sharoitlarning
o‛zgarishlariga
tezkor
moslashuvchanlik
imkoniyatining mavjudligi markaziy bankka iqtisodiyotdagi ichki muammolarga
e’tibor qaratishiga imkoniyat yaratadi.
146
Mazkur rejimda markaziy bank faoliyati shaffofligining oshishi aholining
inflyasiya kutilmalarini pasayishiga hamda markaziy bankka bo‛lgan ishonchi
mustahkamlanishiga olib keladi.
Shu bilan birga, ushbu rejimga o‛tish va uni samarali amalga oshirish
mamlakatda muhim tashkiliy-huquqiy va makroiqtisodiy sharoitlar majmuini talab
qiladi.
Xususan, past va barqaror inflyasiya darajasiga erishish vazifasi markaziy
bankning pul-kredit siyosatini amalga oshirishdagi nafaqat rasman balki amalda
ham bosh maqsadi bo‛lishi kerak.
Markaziy bank oraliq mo‛ljal sifatida xizmat qiluvchi narxlar dinamikasidagi
o‛zgarishlar prognozi asosida inflyasiya bo‛yicha maqsadli ko‛rsatkichga erishish
yuzasidan majburiyat oladi. Boshqa makroiqtisodiy ko‛rsatkichlar (iqtisodiy
o‛sish, pul massasi, ayirboshlash kursi va boshqalar) bo‛yicha maqsadli mo‛ljallar
rasmiy ravishda qabul qilinmaydi.
Bunda markaziy bank amaldagi inflyasiya darajasi va kutilayotgan narxlar
dinamikasiga baho berishda ishonchli tahliliy va prognozlashtirish bazasiga ega
bo‛lishi talab etiladi. Tahlillarning sifatli bo‛lishi ko‛p jihatdan, ichki bozordagi
narxlarning real dinamikasini o‛zida aks ettiruvchi ishonchli va batafsil statistik
ma’lumotlarning mavjudligini talab etadi.
Inflyasion targetlash rejimining samaradorligi ko‛p jihatdan, markaziy
bankning inflyasiya bo‛yicha miqdoriy mo‛ljallarni belgilash va pul-kredit
instrumentlarini tanlashdagi mustaqilligi darajasi bilan bog‛liq. Shuningdek, bu
rejimni qo‛llashda fiskal siyosatning pul-kredit siyosatidan ustunlik qilmasligi,
ya’ni pul-kredit siyosatining soliq-byudjet sohasidagi maqsadlarga qaratilmasligi
talab etiladi.
Iqtisodiyotda narxlar barqarorligini ta’minlash vazifasi pul-kredit siyosati
instrumentlari
samaradorligiga
hamda
uning
transmission
mexanizmini
ko‛rilayotgan choralarni iqtisodiyotning boshqa tarmoqlariga o‛z vaqtida va to‛liq
o‛tkazish imkoniyatiga bog‛liq.
147
Pul-kredit siyosatini rivojlantirishning hozirgi bosqichida zamonaviy pul-kredit
instrumentlarini joriy etish, amaldagilarini takomillashtirish va ularning ta’sir
mexanizmini mustahkamlash, shuningdek ichki iqtisodiy cheklovlarni bartaraf
etish bo‛yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishga ustuvor ravishda
e’tibor qaratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |