141
soliq stavkalarini, ishsizlik nafaqasi miqdori, daromadlarning
inflyasiyaga qarab
indeksatsiya qilinishi, ijtimoiy yordam ko‛rsatish normativlarini kiritish mumkin.
Masalan, daromad solig‛i daromad miqdoriga nisbatan 15% qilib belgilansa,
daromad ko‛payishi bilan uning miqdori ham avtomatik ravishda oshadi.
Daromadlarni 20 % indeksatsiyalash tartibi o‛rnatilgan bo‛lsa, narx oshgan
taqdirda shu 20
%
darajada daromad ham kupaytiriladi.
2) sharoitga qarab yangi normativlarni kiritish yo‛lidan borish, bu diskretsion
fiskal siyosati deb yuritiladi. Bu siyosat doirasida yangi
soliq stavkalari joriy
etiladi, yangi soliqlar kiritiladi, byudjet mablag‛larini sarflash normativlari
o‛zgartiriladi. Diskretsion siyosat o‛zgargan sharoitga moslashish siyosatidir.
Iqtisodiyot bir maromda o‛sib borayotganda birinchi yo‛l, u tanglikka yo‛liqib,
undan chiqish kerak bo‛lganda ikkinch ya’ni diskretsion yo‛l ustuvor bo‛ladi.
Fiskal siyosat byudjet orqali ham iqtisodiyotga ta’sir etadi. Byudjet xisobidan
davlat ishlab chiqarish infratuzilmasiga katta investitsiyalarni yuboradi,
milliy
iqtisodiyot uchun ahamiyatli ish (masalan, yangi texnologiyani yaratish) bilan
shug‛llanuvchi korxonalarga subsidiya beriladi. Subsidiya moliyaviy yordam
sifatida qaytarib olinmaydi, uning xisobidan xarajatlar qoplaiib foyda ko‛payadi,
bu bilan korxonalar rag‛bantiriladi.
Byudjet siyosat ijtimoiy ne’matlarning yaratilishini kerakli mikdorda pul bilan
ta’minlab turishga qaratiladi. Davlat byudjeta balanslashgan bo‛lishi, ya’ni
daromadlarga qarab xarajatlar kilinishi zarur bo‛ladi. Byudjet siyosati shundan
kelib
chiqqan holda, byudjet defitsitiga yo‛l bermaslikni, defitsit yuz bergan
takdirda ham bu me’yorida bo‛lishiga qaratiladi. Byudjet siyosati davlatning ichki
va tashki qarzining ham me’yorida bo‛lishini ta’minlashi zarur.
Fiskal siyosat ikki xil bo‛ladi:
1. Faol fiskal siyosatda
diskretsion vositalar ishga solinadi. masalan, soliqlar
kamaytiriladi, ulardan saylangan tarzda bo‛lsada
siylovlar beriladi, byudjetdan
transfertlar berish ko‛paytiriladi, firmalar subsidiyalar oladi. Bularning hammasi
iqtisodiy faollikka olib keladi. Firmalar xarajati qisqarib foydasi ortadi, aholining
transfertlar hisobidan xarid qobiliyati oshadi. Xullas,
bu siyosat firmalar va
142
xonadonlar talabini oshiradi. Mana shunday yo‛l ko‛p xollarda iqtisodiyot
qiyinchilikdan chikib, o‛zini o‛nglab olishi uchun qo‛llaniladi.
2. Nofaol fiskal siyosat moliyaviy stabilizator larni uzgartirmay, ularni erkin
ishlashiga yo‛l berishga qaratiladi, chunki bozor mexanizmi
yaxshi ishlab turgan
bo‛ladi. Iqtisodiyotning uzilishlarsiz yuksalib borishi tufayli moliya vositalarini
o‛zgartirishga xojat qolmaydi. Demak, bu siyosat iqtisodiy o‛sish to‛xtovsiz
borayotgai kezlarda ish beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: