133
Ilgarilanma harakat va mushak apparatining yuqori tonusi gimnastikachi qizga
o‘tirish holatiga ohista o‘tish imkonini beradi.
Badiiy gimnastikada to‘ntarilishlarning boshqa
qardosh sport turlarida kam
uchraydigan antiqa turlari keng tarqalgan.
42-rasmda bir qo‘l orqali bajariladigan «uchib o‘tish» tasvirlangan.
1 2 3
4 5 6
7 8 9
42-rasm
134
Bu to‘ntarilishning ichki jihati - gimnastikachi qiz tanasining aylanishi. U
polga parallel joylashgan tananing bo‘ylama o‘qiga nisbatan bajariladi. Aylanish
chap oyoqda siltanish va o‘ngida itarilish hisobiga yuz beradi.
Bunday ag‘darilishni boshqa tomonga bajarishda (kinogrammani
teskari
yo‘nalishda ko‘ring) gimnastikachi qiz shu tarzda bir oyoqda siltash,
ikkinchisidan itarilishni qo‘llaydi (8-6 kadr)
43-rasmda (a,b) o‘tirgan holatidan o‘tirishga 360
o
li burilish bilan ag‘darilish
ko‘rsatilgan.
Texnik nuqtai nazardan bu harakat qo‘llarda tiklanishga yakin, lekin unga
yetishmagan holatga chiqishni ifoda etadi. U qo‘ldan qo‘lga o‘tish
hisobiga
burilish bilan bajariladi.
Kinogrammalarni solishtirib (42-43 rasmlar) murakkab to‘ntarilishning
boshlang‘ich fazalari (43-rasm) uchib o‘tishning boshlang‘ich fazalariga (42-
rasm) mosligini ko‘rish mumkin.
Akrobatik burilishlar. Bu turdagi harakatlar o‘ziga xosdir. Ushbu, yelkada,
ko‘krakda, kuraklarda va h.k. holatlarda bajariladigan burilishlarning ustivor
shartlari hususiyatiga qaramay, ularni bajarishning umumiy prinsipi
har qanday
siltanishli burilishlarni bajarish kabidir.
Xususan, bu yerda shuningdek siltanishli bo‘g‘inning tezlangan harakatini,
butun tananing sekinlashuv va ozmi-ko‘pmi ifodalangan inertsion harakatini
ajratish mumkin.
Bularning hisobiga burilishning asosiy qismi amalga oshadi. Bunga yelkada
bajariladigan 720
o
ga burilish misol bo‘la oladi (44 rasm).
Burilishni
ta’minlovchi boshlang‘ich faol harakatlar o‘ng oyoq bilan intensiv siltanish
hisobiga bajariladi (1-2 kadr).
Keyinchalik
bu oyoq harakati sekinlashadi, chapi asta-sekin o‘ng oyoqga
yetib oladi, oyoqlar o‘zaro yaqinlashib (jipslashib)
va qisman bukilib faol
harakatdan chiqariladi (rasmda chap oyoqga qaralsin). Keyingi burilishda
135
oyoqlarning nisbatan holati o‘zgarmaydi. Burilishning asosiy qismi sof inertsiya
harakteriga ega (4-7 kadr).
Gimnastikachi qiz uni yelka (orqasi)da sirg‘anish hisobiga bajaradi. Agar
orqa yumaloqlansa va qo’llar polga tegmasa burilish tezligi ortadi.
Bu polga
tegish yuzasini va shunga muvofiq ishqalanish kuchini ham kamaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: