4 3 2 1
7 6 5
10 9 8
43-rasm (a)
136
1 2 3
4 5 6
7 8 9
43-rasm (b)
137
Gimnastikachi qiz uni yelka (orqasi)da sirg‘anish hisobiga bajaradi. Agar orqa
yumaloqlansa va qo‘llar polga tegmasa burilish tezligi ortadi. Bu polga tegish
yuzasini va shunga muvofiq ishqalanish kuchini ham kamaytiradi.
1 2 3
4 5 6
7 8
44-rasm
Bunday turdagi burilishlar ko‘pincha boshqa yarim akrobatik harakatlar bilan
to‘ldiriladi
(almashiniladi). 40-rasmda
yuqorida ko‘rsatilgan
burilishdek
boshlanadigan, lekin keyinchalik yelka orqali bukilib 270
o
ga buriladigan orqaga
o‘mbaloq oshish shaklida bajariladigan harakat ko‘rsatilgan.
138
5. MUSIQALI -RITMIK TARBIYA
5.1 Badiiy gimnastikada musiqaning ahamiyati.
Musiqiy- ritmik tarbiya bolalar jismoniy tarbiya tizimida mustahkam
joy oldi.
Badiiy gimnastikada musiqa bir qator maxsus funksiyalarni bajaradi:
- musiqa tufayli badiiy gimnastika estetik tarbiyaning samarali vositasidir.
Gimnastika mashg‘ulotlari jarayonida musiqiy savod, ritm va metroritm
tushunchalari, metr va takt tarkiblari, musiqa shakllari va janrlari bilan tanishadilar.
Bu ularga musiqani chuqur tushunib, his qilishga yordam beradi, badiiy didini
rivojlantiradi. Musiqa estetik tarbiyaning boshqa vazifalarida ham yordam beradi,
misol uchun, yurish-turish madaniyati va harakat go‘zalligi hissiyotini
tarbiyalashda;
- musiqa harakatlarga o‘rgatishda muhim ahamiyatga ega, ayniqsa ifodalilik
va artistlikni tarbiyalashda;
- musiqa san’ati juda katta bevosita emotsional ta’sir kuchiga ega.
Musiqa ostida katta jismoniy va psixologik nagruzkalar yengil kechadi,
ishga layoqat oshadi, tiklanish jarayonlari tezlashadi.
U markaziy nerv sistemasining optimal qo‘zg‘aluvchanligiga sharoit
tug‘dirib, shug‘ullanuvchilar organizmiga mashqlarning qulay ta’sirini yaratadi;
- shug‘ullanuvchilarning badiiy gimnastika texnikasini egallashiga zarur
bo‘lgan, mushak zo‘riqishining turli xil darajalari, harakatning har xil temp va
ritmlari bilan bog‘liq bo‘lgan murakkab mashqlarni bajarish qobiliyatini
tarbiyalash;
- musiqani tushunish va unga muhabbatni tarbiyalash, musiqani eshitish
qobiliyati va o‘zining musiqiy hissiyotlarini harakatlarda ifodalash bilimlarini
rivojlantirish;
- individual va guruhiy mashqlar kompozitsiyalarini yaratishda musiqiy asarni
tanlash 1- darajali ahamiyatni egallaydi. Sportchi qizning individualligini ochib
139
berishga xizmat qiluvchi butun mashq g‘oyasi, kompozitsiyaning obrazli yechimi
musiqali kuzatish harakteri va asar shakli bilan aniqlanadi;
- musiqali - ritmik mashg‘ulotlar pedagogik ahamiyatga ham ega.
O‘quvchilar tomonidan musiqa ostida guruhiy mashqlarni bajarish umumiy
ko‘rinishni, onglilik va harakatchanlikni, ishga ijodiy munosabatni talab qiladi,
shaxsning kollektivlik sifatlarini shakllantirishga xizmat qiladi, mashg‘ulotlarning
qat’i reglamentlangan tartibi shug‘ullanuvchilarni intizomlaydi, ularni musiqali-
ritmik tarbiya jarayoniga diqqat bilan qarashga o‘rgatadi.
Xoreografiya darslarida musiqa faqat mashg‘ulotning emotsional sozlanishini
yaratuvchi fon bo‘libgina qolmay, balki harakatlarni asarning ritmi, dinamikasi,
harakteri bilan moslashib bajarish bilimini shakllantirish vositasi hamdir. Musiqa
ritmi ovozlarning vaqtincha nisbati, ya’ni har xil uzunlikdagi ovozlarning turli xil
birikmalaridan tashqari, qandaydir o‘ziga xos ichki holatni o‘zida saqlaydi. Bu
holat musiqaning harakteri, uning dinamik tuslari, musiqiy fikr tuzishda
ifodalanadi. Musiqa ritmi xususiyatlarini o‘zida aks ettirib, harakat o‘z
erkinligini saqlagan holda ichki ma’no va emotsional rangga ega bo‘ladi.
Musiqaning gimnastika bilan shug‘ullanuvchilarga ta’siri va undan ta’lim
maqsadlarida foydalanish masalalariga bag‘ishlangan ishlar orasida E.A.
Kuduning izlanishlari alohida e’tiborga loyiq. Ularda musiqadan foydalanishning
to‘g‘ri uslubi shug‘ullanuvchilarning umumiy davomatiga va harakat
ko‘nikmalarini o‘zlashtirishiga xizmat qilishi isbotlangan. Yangi mashqlarni
ko‘rsatishda musiqani tatbiq qilish maqsadga muvofiqligi ta’kidlangan, ayniqsa
harakat ko‘nikmalarini o‘zlashtirishning birinchi bosqichida. Keyinchalik
mashqni mustaqil muvaffaqiyatliroq bajarilishiga musiqasiz erishiladi. Harakat
tarkibi asosan o‘zlashtirilganda esa, darhol musiqali mashg‘ulotlarga kirishish
mumkin.
Xoreografiya darsi muvaffaqiyati uchun me’yor hissi va badiiy did sohibi
bo‘lgan konsertmeysterning mohirligi katta ahamiyatga ega. U o‘quv vazifalari
bilan aniq moslashgan, ayni vaqtda mavhum, bir maromda va o‘ta sodda
140
bo‘lmagan asarlar tanlashni bilishi kerak. Musiqiy asarlarni tanlash uchun
umumiy qonuniyatlar - raqqosalik, obrazli, xushchaqchaq
Do'stlaringiz bilan baham: |