1
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ANDIJON DAVLAT UNIVERSITETI
KURBANOVA DURDONA SALAXITDINOVNA
GIMNASTIKA VA UNI O
‘
QITISH
METODIKASI
(badiiy gimnastika)
O‘QUV QO‘LLANMA
Andijon - 2020
2
GIMNASTIKA VA UNI O
‘
QITISH METODIKASI
(badiiy gimnastika)
O‘quv qo‘llanma O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim o‘quv
yurtlari o‘qituvchilari va 5112000-jismoniy madaniyat ta’lim yo’nalishi talabalari
uchun mo‘ljallangan bo‘lib, “Gimnastika va uni o’qitish metodikasi” fani o‘quv
dasturiga muvofiq tayyorlangan. Unda badiiy gimnastika sport turining kelib
chiqishi, rivojlanish tarixi, mashqlarning xotin-qizlar organizmiga ijobiy ta’sir
etishi, buyumsiz bajariladigan mashqlarni o’qitish
uslubiyatiga, ta’lim
muassasalarida badiiy gimnastika darslarini tashkil etish metodikasiga e’tibor
qaratilgan.
Taqrizchilar:
E
SHTAYEV
A.K. –O‘zbekiston Davlat jismoniy tarbiya va sport
universiteti Gimnastika kafedrasi mudiri, p.f.d. dots.
Isakov R.Sh
.
– Andijon davlat universiteti, Fakultetlararo
jismoniy madaniyat va sport kafedrasi mudiri, dots.
3
KIRISH
Badiiy gimnastika – sport turlari orasida o‘zining jozibasi,
harakatlarining
ham murakkab, ham betakrorligi bilan ajralib turadi. Turli musobaqalarda musiqa
sadolari ostida harakatlar uyg‘unligi ila turli obrazlarni ijro etayotgan qizchani
ko‘rib, bu aynan xotin-qizlar uchun yaratilgan sport turi ekanligini anglaysan kishi.
Sportchining mashqlarni yengil va maromda bajarayotganini ko‘rib, tomoshabin
buning zamirida qancha mehnat, mashaqqat,
sport turiga sadoqat, kuchli jismoniy
tayyorgarlik borligini tasavvur ham qilolmaydi. Juda zavqli ko‘ringan chiqish
sportchining mahorati, ko‘nikma va malakasini namoyish etadi.
Badiiy gimnastika – yurtimizda juda keng jadal rivojlanib, ommalashib
bormoqda.
Nafaqat shahar, tuman markazlari, balki chekka-chekka qishloqlarda
ham sportning bu turiga qiziqish va shug‘ullanuvchilar soni ortishi tahsinga
loyiqdir. O‘tkazilayotgan musobaqalarda ham sportchilar ko‘nikma
malakalari
oshayotgani, sport mahorati yuksalayotgani badiiy gimnastikaning kelajagi
yurtimizda barqaror ekanidan dalolat beradi.
Bu sport turi bilan qizlar 4-5 yoshdan boshlab shug‘ullanishlari mumkin.
Mashg‘ulotlar jarayonida olinadigan yuklamalar, mashqlar qizlar organizmi uchun
foydali va samarali ta’sir ko‘rsatishi juda ko‘p manbalarda ta’kidlangan. Bu ayni
haqiqatdir. Chunki, ushbu sport turi bilan shug‘ullangan qizlarda noziklik,
harakatlarning mayinligi, nafisligi, kelishgan qaddi-qomat shakllanadi.
Bundan
tashqari, jismoniy sifatlardan, egiluvchanlik, epchillik, chaqqonlik va koordinatsiya
juda yaxshi rivojlanadi. Shu bilan birga, axloqiy, estetik va irodaviy hislatlarni ham
tarbiyalaydi.
Bolalar va o‘smir qizlarni jismoniy shakllanishida badiiy gimnastikaning
ahamiyati katta. Badiiy gimnastikadagi mashqlar sog‘lomlashtiruvchi vosita
sifatida keng qo‘llaniladi. Ayniqsa,
qaddi-qomatning buzilishlarida, skolios,
ostioxondroz, oyoq shaklining buzlishi - “X” simon va “O” simon holatlarda, yassi
4
oyoqlikda badiiy gimnastikaning sog‘lomlashtirish guruhlarida mashg‘ulot o‘tish
tavsiya qilinadi. Bugungi kunda shuning uchun ham deyarli barcha maktabgacha
ta’lim muassasalarida badiiy gimnastika to‘garagi tashkil qilingan bo‘lib, bu jajji
qizaloqlarning sog‘lom va ko‘rkam bo‘lib o‘sishlarida yordam bermoqda.
Bu uslubiy qo‘llanma ham ana shunday murabbiylar uchun mo‘ljallangan
bo‘lib, bunda sport turining boshlang‘ich bosqichlaridagi buyumsiz mashqlarga
o‘rgatish uslublari keltirilgan.
Andijon davlat universitetining “Jismoniy madaniyat” ta’limi yo‘nalishi
negizida tashkil etilgan “Xotin-qizlar sporti” yo‘nalishida
taxsil oluvchi talabalar
uchun tanlov fani sifatida o‘quv dasturiga “Badiiy gimnastika” fani kiritildi. Bu
fanni talaba qizlar ijobiy o‘zlashtirishlari va bilim darajalarini shakllantirishlari
uchun ushbu uslubiy qo‘llanmani chop ettirdik. O‘ylaymizki, talaba qizlar bu
uslubiy qo‘llanma orqali badiiy gimnastikada buyumsiz bajariladigan mashqlar
texnikalarini o‘rganish,
musiqiylikni oshirish, uni o‘quvchilarga yyetkazib bera
olish metodlarini o‘qib, o‘rganib, kelgusida o‘z ish faoliyadiga tatbiq etadi.