9-topshiriq. Nomlari oppozitsion tovushlar bilan boshlanadigan buyumlarga oid rasmlarni ikki guruhga ajratish. Masalan, s-sh, s-s, ch-s, z-j, r-ya. “Menga nomi s tovushi bilan boshlanadigan rasmlarni chap tomonga ajratib ber”. Bu topshiriqda bolaga “s” va “sh” tovushi so‘zning boshida kelmagan hamda umuman qatnashmagan rasmlar ham berildi.
10-topshiriq. Nomlari jarangli va jarangsiz tovushlar bilan boshlanadigan predmetlarga oid rasmlarni ikki guruhga ajratish. Masalan, z-s, v-f, d-t, b-p, k-g, j-sh.
11-topshiriq. Berilgan tovush ishtirokida so‘z tuzish: “Menga “k” tovushi ishtirok etgan so‘zlarni aytib ber”. Bolaga namuna tarzida “k” tovushi ishtirok etgan bir so‘z aytildi.
12-topshiriq. Ma’lum tovushga rasm tanlash: “mana bu rasmlar ichidan nomida “l” tovushi ishtirok etgan rasmlarni bir tomonga ajratib ber”.
13-topshiriq. So‘z boshidagi tovushni aniqlash: “men aytgan so‘zlarimni eshitib ularning birinchi tovushini aytasan”.
a) ariq, odam, uzuk, uzum, o‘rik, echki...
b) shamol, bahor, karam, ro‘mol...
v) daftar, maktab, telpak, qo‘lqop...
14- topshiriq. So‘zdagi kerakli tovushlarni aniqlash: “eshitgan so‘zlaring orasida “d” tovushi so‘zning qaerida kelganini ayt”. Topshiriq bolaga bir misol yordamida tushuntirib beriladi.
a) doska, deraza, dazmol...
b) oydin, parda, bug‘doy...
15-topshiriq. Ketma-ket tovushlardan bo‘g‘inlar tuzish: “men tovushlar aytaman, sen ular ishtirokida bo‘g‘in hosil qilasan”.
D, a, t, a, z, a, m, i, g, i, a, r, i, r...
Tekshiruv orqali nafaqat bola nutqidagi nuqsonning shakllanishini, balki bu nuqsonlarning me’yor (norma)ga nisbatan holatini ham tahlil qilish mumkin.Tekshiruv oldidan bola eshitishining holati, bilish faoliyati, ilk nutqiy rivojlanishi haqidagi mutaxassis ma’lumotnomasi bilan tanishiladi.Logoped bolaning ota-onasi bilan oldindan suhbat olib borganda, u qanday oilada tarbiyalanayotgani, bolalar bog‘chasiga borishi, atrofidagi nutqiy muhitning ijobiyligi, ota-onaning bola bilan qay darajada shug‘ullanishi, ularni bola nutqidagi qanday nuqson bezovta qilishi, bola avval logoped bilan shug‘ullanganmi va u qanday natija berganligi haqida savollarga javob oladi.
Logoped bola nutqi haqidagi dastlabki ma’lumotga uning yoshi va individual xususiyatiga ko‘ra oilasi, o‘zi, do‘stlari, bog‘chasi va o‘yinchoqlari haqidagi suhbat orqali ega bo‘ladi. Tekshirish jarayonida bolani faqat kuzatib, u bajargan vazifalarni baholabgina qolmay, balki kerak boiganda bolaga yordam berishi lozim.
Tekshirish jarayonida bola faoliyati, uning qiziqishi, muvaffaqiyati va muvaffaqiyatsizlikdan ta’sirlanishi, qiyinchilik xarakteri va uni bartaraf etish usullari, yo‘1 qo‘yilgan xatolarni to‘g‘rilash qobiliyatini hisobga olish lozim.
Bolani charchatib qo‘ymaslik, shuningdek, bola faoliya- tining faollik darajasini pasaytirmaslik uchun tekshirish vaqtida ish turlari o‘zgartirib turiladi.
Tekshirish usullari bir qolipda boiishi mumkin emas, ular hamma vaqt individual yo‘nalishdadir. To‘g‘ri tashkil etilgan tekshirish ishlari differensial diagnostika masalalarini hal etishga imkon beradi, shuningdek, tuzatish-tarbiyaviy ish metodlarini to‘g‘ri tanlashda katta ahamiyatga ega.
Mavzuga oid adabiyotlarni taxlil etish natijasida tadqiqotning metodikasini aniqlash va uni moslashtirish maqsadida quyidagi pedagogik-psixologik tashxis qilish metodikasini o’rganib chiqish davomida kuzatish,suhbat metodlarini xa atroflicha qo’llash mumkun.
Duduqlanuvchi bolalarda fonematik idrokini rivojlantirishda keng qo’llaniladigan usullar: predmetlarni yoki ularning tasvirini ko’rsatish, vazifalarni so’z bo’yicha bajarishdan foydalanildi. Keyinchalik tovushlar ichidan unli tovushlarni ajratish, so’zda birinchi unli tovushning belgisini ko’rish idroki bo’yicha aniqlash imkoni yuzaga keldi. Maqsadga yo’naltirilgan hamkorlik faoliyati oldindan tayyorlangan mashqlar negizida olib borildi.
Bolalar diqqatini so’zning tovush tarkibiga jalb qilish maqsadida eshitgan paronim so’zlarni ko’rgazmalarga moslashtirish, aytilishi bir xil, lekin ma’nosi har xil omonim so’zlarga e’tiborni jalb qilish uchun mashqlar olib boriladi. Masalan: sim-shim, usta-uchta, bosh-tosh kabi paronim so’zlarga mos rasmlarni to’g’ri va tez topib berdish. Rasmlar ichidan o’t, qo’y, yuz va boshqa omonim so’zlarga mos rasmlarni topish va ularni izohlash.
Tadqiqot natijalari duduqlanuvchi bolalarda tovushlar talaffuzini shakllantirishda logopedik ish tamoyillarini aniqlash imkonini yaratdi.
So’zlarni talaffuz qilish nuqtai nazaridan to’g’ri shakllantirishda quyidagilar yetakchi omil hisoblanadi:
a) bo’g’inlarning tuzilishi;
b) so’zning tovush tarkibi.
Shunga bog’liq ravishda u yoki bu tovush ustida maxsus mashqlar o’tkazilganda bir vaqtning o’zida so’zning tovush tarkibi mustahkamlab borildi. Nutqning fonetik jihatiga oid barcha ishlar so’z ustida ishlash jarayonida, logopedik ta’sirning turli bosqichlariga bog’liq ravishda amalga oshirildi.
Duduqlanuvchi bolalarning fonematik idrokini rivojlanirishda didaktik o’yinlardan foydalanish
Bilish faoliyatining holati, atrofdagilar bilan bolaning muloqotga kirishish imkoniyati, odob-axloq normalarini o’zlashtirish, ijtimoiy adaptatsiyaning muvaffaqiyatli bo’lishi ko’p jihatdan bola nutqining rivojlanish darajasiga bog’liq. Duduqlanuvchi bolalarni o’qitish va tarbiyalash tizimining asosiy vazifasi - ularning nutqini tuzatish,fonematik idrokini rivojlantirish hisoblanadi
N.X.Shvachkin bolaning nutqni idrok qilishini rivojlantirishda 2 ta davrni ajratgan: nutqning fonemagacha bo‘lgan rivojlanishi va fonemali nutq. Fonemagacha bo‘lgan davrda bola kattalar nutqi intonatsiyasiga, uning ritmiga, so‘zlarning umumiy tovush sistemasiga reaksiya ko‘rsatadi. Bolada muloqotning nutqiy formalariga bo‘lgan ehtiyoj paydo bo‘ladi. Bu davrga kelib bola tovushlarni idrok qila boshlaydi, so‘zlardagi fikrni ifodalash maqsadida foydalanadi. Xuddi shu davrni N.X.Shvachkin “fonemali nutq” deb atagan va nutqiy sistemani shakllantiruvchi deb hal qiluvchi baho bergan. Bir yoshdan ikki yoshgacha nutqni idrok qilish shakllanadi, ikki yoshning oxiriga borganda esa to‘liq nutqni egallash asosi bo‘lgan birlamchi fonematik eshitish rivojlanadi va bola nutqidagi hamma tovushlarni idrok etadi.
Asosan duduqlanuvchi bolalarning fonematik idrokini rivojlantirishga qaratilgan metodikalarni ,texnologiyalarni,o’yinlarni qo’lladim.
Masalan; “Aytilgan tovushga mos rasmni tanla” ,“U nimaning ovozi “ “Qo’ng’iroq qayerda chalinyapti ? o’yini.”,”Kapalaklarni puflash”,” Bir xarf bilan farq qiladigan so’zlarni toppish (rasm orqali)” va boshqa shu kabi metodikalardan foydalandim.Fonematik idroki rivojlanmagan bolalar o’xshash tovushlarni to’g’ri takrorlay olmaydilar.
Fonematik idrokning rivojlanishi bolaning ona tilidagi tovushlarni, ayniqsa, so’zning tovush tizimini tez va to’g’ri o’zlashtirib olishlarida muhim ahamiyat kasb etadi. So’zning tovush tarkibini to’g’ri idrok qilish uni to’g’ri eslab qolishning asosiy omillalaridan biridir. Bunda nutqiy muloqot muhim rol o’ynaydi.
Eshituv idroki bolada erta rivojlanadi. 2-3 xaftalik me’yorda rivojlanayotgan bolada nutqka, ovozga nisbatan ba’zi bir terma reaksiya boshlanadi; 5-6 oylarda u intonatsiyaga, keyinchalik nutqning ohangiga e’tibor beradi.
2 yoshga yetganda ona tilidagi hamma tovushlarni eshitadi va uni bir-biridan ajrata oladi.
2 yashar bolada eshitish nutqi tarkib topgan deb hisoblash mumkin, chunki u ona tilidagi hamma tovushlarni ajratadi, eshitish nutqining bunday darajada bo’lishi nutq orqali amaliy aloka qilish uchun yetarlidir.Maktabgacha tarbiya yoshidagi duduqlanuvchi bolalarda nutqni,fonematik idrokni rivojlanganlik darajasini tekshirish natijalari orqali quyidagilarni aniqladik.(1-jadval da ko’rsatilgan )
1-vazifa bo’yicha: 10 ta ( 100 % ) bolalardan “Qo’ng’iroq qayerda chalinyapti ? o’yini.topshirig’i bo’yicha mustaqil aytib berishda 3 ta ( 30 % ) bolalar mustaqil aytib bera oldilar.Logoped yordamiga tayangan xolda 6 ta (60 %) bolalar aytib bera oldilar.Javob berishdan voz kechgan bola 1 ta (10 %) bo’ldi.
2-vazifa bo’yicha:10 ta ( 100 %) bolalardan mustaqil 6 ta ( 60%) bolalar javob berdi.3 ta bola (30%) bola logoped yordamida javob bergan bo’lsa,1 ta (10%) bola javob berishni hoxlamadi.
3- vazifa bo’yicha: 10 ta (100%) bolalardan mustaqil 2ta (20%) bola mashg’ulotlarda javob bera oldi,logoped yordami bilan esa, 7ta (70%) bolalar javob berishdi.Faqat 1ta bola mashg’ulotda javob berishdan voz kechdi.
4- vazifa bo’yicha: “Topchi bu kimning ovozi ? o’yini.” da 10 ta (100%) bolalardan 4ta (40%) bola mustaqil aytib berdi.5 ta (50%) bolalar esa logoped yordami bilan aytib bera oldilar.1 ta (10%) bola ovozni aytib berishdan voz kechdi.
5- vazifa bo’yicha; Bolalarni “Bir xarf bilan farq qiladigan so’zlarni topish (rasm orqali)” dagi ishtirokida 10 ta (100%) boladan 3 ta (30%) bola mustaqil bajara oldilar. 6 ta (60%) bolalar esa logoped bilan birgalikda topshiriqni bajardilar.1 ta bola (10%) topshiriqni bajarishdan bosh tortdi.
6- vazifa bo’yicha: “Lab artikulyatsiyasini yashirib,turli so’zlarni aytish orqali fonematik idrokni tekshirish. “ mavzusidagi vazifani 10 ta (100%) bolalardan 3ta (30%) bola mustaqil ravishda topib bera oldilar.Logopedning yordami bilan 5 ta (50%) bolalar ushbu vazifani bajardillar.Ammo 2ta (20%) bola topib berishni istamadi.
7-vazifa bo’yicha: 10 ta (100%) bolalardan 6ta (60%) bola fonematik idrokni rivojlantirishga qaratilgan qiziqarli o’yinda mustaqil javob berdilar.
Logoped yordami bilan 3ta (30%) bola turli jonivorlar ovozini farqlab,rasmdan topaoldilar. Ushbu vazifalarni taxlil qilganimizda raqamlardan ko’rinib turibdiki, duduqlanuvchi bolalar logoped yordamiga muhtoj va ular ustida ko’proq logopedik mashg’ulotlar olib borish kerak.Shundagina ulardan ijobiy natijalarni kutish mumkin. Albatta samarali natijalarga erishish uchun duduqlanuvchi bolalarning duduqlanish muammosi ,kelib chiqish sabablari,bolaning yoshidagi farqlari qay darajada ekanini inobatga olishni unutmasligimiz lozim.
Shu bilan birga bolalarga yuklatilgan mashg’ulotlarni bajartirish orqali bolaning o’z idroki, fikrlashi, bilish faoliyati, va ulardagi qo’rquv,his hayajon va boshqa shahsiy sifatlarini aniqlab olish mumkin.Duduqlanuvchi bolalar bilan ishlash logopeddan kuchli amaliy tajribalarni talab qiladi. Buning uchun logoped mashg’ulot tanlashda duduqlanuvchi bolada duduqlanishni kelib chiqish sabablarini inobatga olish asosiy vazifa sanaladi, aksincha bolaga xaddan ziyod qattiqqo’llik qilish oqibatida mashg’ulotlar natijasi salbiy tomonga og’ib ketishi ham mumkin va bu bilan duduqlanishni bartaraf etib bo’lmaydi. Misol uchun qisqa muddatli – bir lahzalik – ruhiy shikast (qo‘rquv, vahimaga tushish); uzoq vaqt ta’sir ko‘rsatadigan ruhiy shikast, bunda quyidagi holda ko‘rinadigan noto‘g‘ri oila tarbiyasi tushuniladi: tantiqlik, buyruqqa asoslangan tarbiya, bir xil bo‘lmagan tarbiya, «namunali» bola tarbiyasi; surunkali ziddiyatli kechinmalar, ruhiy zo‘riqish yoki hal etilmagan, umumiy g‘ov bo‘luvchi ziddiyatli vaziyatlar ko‘rinishidagi uzoq muddatli salbiy hissiyotlar; ruhan juda og‘ir ezilish; o‘tkir samarasiz ta’sirni keltirib chiqaradigan kuchli, behosdan paydo bo‘luvchi iztiroblar; vahimalik va o‘ta shodlanish holati; nutqning bolalaikda noto‘g‘ri shakllanishi; nafas olish davomidagi nutq, tez gapirish, tovush talaffuzining buzilishi, ota-onalarning tez, notekis nutqi, kichik yoshdagi bolalarni haddan ortiq nutq materiallari bilan zo‘riqtirish, nutq materiali va fikr-tafakko‘rning (mavhum tushunchalar, jumlalarning murakkab qurilishi) bola yoshidagi nomuvofiq tarzda murakkabligi;
Do'stlaringiz bilan baham: |