Конунларни ўрганиш ва уларни хаётга тадбик этишда давлат ва хукук назариясининг роли жуда катта бўлиб хисобланади


Davlat shakllari tushunchasi va turlari



Download 183,5 Kb.
bet2/11
Sana17.12.2022
Hajmi183,5 Kb.
#889427
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
1.1 Davlat shakllari tushunchasi va turlari
Davlat shaklini izoxlayotganda kupchilik xukukshunoslarning fikrlarida karama - karshiliklar uchramaydi:
Davlat shakli – davlat va xukuk nazariyasida davlat oliy organlarining tashkil etish usuli, davlat xokimiyatining tashkil etilish usuli, davlat xokimiyatining xududiy tuzilishi va uni amalga oshirish usullari. Davlat shakllari uch elementdan tashkil topadi: boshkaruv shakli, davlat tuzilish shakli va siyosiy rejim2.
Davlatning shakllari deganda, xokimiyatning tashkil etilishi, uning ichki tuzilmasi va xokimiyatni amalga oshirishning aossiy usullari tushuniladi.
Davlatning shakllari paydo bulishi va rivojlanishining anik bir tarixiy sharoitlariga, jamiyatning ijtimoiy tuzilmasiga, ishlab chikarish kuchlarining rivojlanish darajasiga, geografik, iklim va boshka sharoitlarga, axolining ijtimoiy tarkibiga boglik ravishda xatto bir formatsiya doirasida xam turli-tuman bulishi mumkin. Uzlariga xos bulgan belgilariga karab ular boshkaruv shakli, davlat kurilish shakli va siyosiy rejim buyicha guruxlanadi3.
Muximi narsa yoki xodisaning shakli emas mazmuni, tarkibi deyilgani bilan, davlatga nisbatan buni ayta olmaymiz. Shakl - davlat shakli, siyosiy rejim, ya’ni davlat mexanizmning va mashinasining rasmiy tomonlari davlat uchun juda muxim axamiyat kasb etadi.
Davlat shakli bir ma’noli tushuncha emas. Davlat shakli xakida gapiralayotganda, davlat boshkaruv shakli, xududiy – tuzilish shakli, siyosiy rejim, davlat rejimi, ba’zan esa barcha tushunchalar bir vaktning uzida tushuniladi.
Davlat shakli, davlat va siyosiy rejim xar kanday davlatning siyosiy va ijtimoiy xayotida anchagina kuzga kurinarli ta’sir kursatadi.
Shunday ekan, biron bir davlat xayotining tomonlari xakida gapirishdan avval suzsiz, albatta, uning rasmiy tomonlarini, ya’ni davlat shaklini belgilab olish lozim4.
Davlat boshkaruv shakli, davlat xududiy -tuzilishi shakli5, davlat siyosiy (davlat) rejimi - davlat va xukuk nazariyasida bu uch atama “davlat shakli” atamasini tashkil etish uchun ishlatiladi.
“Davlat shakli” atamasi doktrinal kelib chikishga ega bulib, davlat xakidagi karashlar bilan boglik bulib, uzok vakt konstitutsiyalarda uz aksini topmagan.
Bir kator konstitutsiyalarda “Davlat shakli” degan maxsus boblar bor va bulgan (masalan, 1982 yilgi Turkiya konstitutsiyasi, 1983 yilgi Salvador konstitutsiyasi, 1987 yilgi Efiopiya konstitutsiyasi).
Kupgina davlatlarning konstitutsiyalari yukoridagi uch elementning sintezidan iborat bulgan moddalar mavjud. Masalan, 1988 yilgi Braziliya konstitutsiyasida federativ davlat, demokratik - xukukiy davlat xakida gapirilgan; 1972 yilgi Marokko konstitutsiyasi unitar demokratik – sotsial monarxiya xakida aytilgan; 1958 yilgi Fransiya konstitutsiyasida bulinmas, ijtimoiy, mukaddas demokratik davlat xakida gapirib utilgan.
Shunday kilib davlat shakli bu davlatning asosiy organlarining (davlat boshligi, parlament, xukumat) uzaro ichki alokasini, siyosiy – xududiy tuzilishini, davlat apparati faoliyatining asosiy metodlarini va uning axoli bilan munosabatlarini ifodolovchi konstitutsiyaviy xukukning kompleks (majmua) instituti bulib xisoblanadi6.
Ba’zi mualiflar davlat shaklini ichki va tashkiga xam ajratishadi. Davlatning ichki shakli deganda, demokratiyani, tashki shakli deganda esa siyosiy xokimiyatning muayyan uyushtirilishi tushuniladi. D.A.Kerimovning fikricha, demokratiya siyosiy iroda ususli bulgani bois uni davlatning ichki shakli deb tushunish mumkin, boshkaruv shakllari va davlat tuzilishi esa davlatning tashki shaklini tashkil etadi7.
Boshkaruv shakliga turli olimlar uz fikrlarini bildirib utganlar, ular urtasida jiddiy farklar yuk:
Boshkaruv shakli – kompleks xukukiy institut bulib, bunda xokimiyatning rasmiy manbai va amalga oshirish shakli anglanadi; shuningdek boshkaruv shakli davlat xokimiyati oliy organlari(davlat boshligi, parlament, xukumat)ning tuzilishi va xukukiy makomi, shuningdek, ular urtasida urnatilgan uzaro munosabat tartibi. Boshkaruv shaklining asosiy, belgilovchi alomati davlat boshligining xukukiy makomidir (respublikada – davlat boshligi saylab kuyiladi va almashadi, monarxiyaga asoslangan davlatda – xokimiyat vakolati meros bulib utadi). Xozirgi zamon davlatlariga boshkaruv shaklining ikki shakli- monarxiya va respublika xos8.
Boshkaruv shakli deganda, xokimiyatning tashkil etilishi tushuniladi. Boshkaruvning ikki asosiy shakli: monarxiya va respublika shakllari ma’lum9.
Boshkaruv shakli deyilganda odatda oliy davlat xokimiyatining tuzilishi, ushbu davlatdagi boshkaruvning turi tushuniladi. Oddiy kilib aytadigan bulsak, boshkaruv shakli “Kim boshkaradi” degan savolga javob beradi. Boshkaruv shakli ikkiga bulinadi:

  1. respublika;

  2. monarxiya.

Bu ikki shakldan kaysinisi kadimrok, kaysi biri mukammalrok degan savollar mavjud. Agar dastlabki kabilalarda uz sardorlarini (vojd) saylash yuli byuilan tanlagan bulsalar, bu dastlabki respublikaning kurinishi bulgan.
Agar sardorning ugli sardor bulib koladigan bulsa bu monarxiyaning ilk kurinishi xisoblanadi. Dastlabki respublikaning shakllari Kadimgi Rim, Kadimgi Gresiyada mavjud bulgan bulsa, monarxiyaning ilk kurinishi Ossuriya, Vavilon, Misrda xukmronlik kilgan.
Yukoridagilarning ikkisi xam jaxon sivilizatsiyasida uchmas iz koldirdi. Shu bilan birga aytish lozimki, Kadimgi Rim respublika davrida gullab yashnagan, ammo imperator Neron, Klavdiya, Kaliguli va boshkalar davrida u yerda zulm va kiynoklar xukmron edi.
Zamonaviy jamiyat uchun bu ikki davlat shakli xam xarakterlidir. Ulardan kaysi biri samaralirok, kaysinisi mukammalrok degan savollar ma’nosizdir, chunki ularning xar ikkisi turli tarkib va tuzilishlarga ega bulishi mumkin.



Download 183,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish