Totalitar rejim XX asrning xosilasidir. Buiday idora usuliga fashistik davlatlar shaxsga siginish» davridagi sodialistik davlatlar misol bo‘ladi. Totalitar idora usuli avtoritar idora usulining uchiga chikkan shaklidir. Totalitar davlat barcha narsani kamrab olgan, jamiyatning jamiki soxalarni nazorat kiladigan va tartibga soladigan xokimiyatdir. Totalitar idora usuli davrida fakat bir yagona rasmiy mafkura mavjud bo‘ladi. U siyosiy xukm-ron partiya, xukmron elita tomonidan barpo etiladi.
Totalitar rejim fakat bir xukmron partiyaning mavjudligiga yo‘l ko‘yadi va mazkur partiya jamiyatning yetakchi kuchi deb e’lon kilinadi, uning koidalari mukaddas akidalardek kabul kilinadi. Xukmron partiya davlat boshkaruvi jilovini ushlab turadi. Partiya va davlat organlarining o‘zaro ko‘shilib ketishi sodir bo‘ladi! Davlat boshkaruvida totalitar idora usuli o‘ta markazlashgan bo‘ladi. Barcha fukarolar yukoridan keladigan buyruklarni ogishmay amalga oshirishlari lozim bo‘ladi. Xar kanday tashabbus jazolanadi.
Totalitar tizim boshligi, eng dono va adolatli shaxs, buyuk doxiy deb e’lon kilinadi. Uni tankid kilysh mumkin bo‘lmaydi va u kariyb xudoga tenglashtiriladi. Ijroiya idoralarining axamiyati kuchayib boradi. Totalitar idora usuli axoliga nisbatan keng va doimiy terror uyushtirib boradi. Bu xokimiyatni mustaxkamlash va boshkarishning bosh sharti xisoblanadi. Totali-tarizm sharoitida xayotning barcha soxalari ustidan kattik davlat nazorati o‘rnatiladi. Iktisodyy soxada barcha mulk shakllarining davlatlashuvi sodir bo‘ladi. Shaxs siyosiy xayotda deyarli ishtirok etmay ko‘yadi. Odamlarning shaxsiy xayoti xam nazorat ostiga olinadi. Akidaparastlik mafkuraviy, siyosiy va xukukiy xayot tarziga aylanadi.
Militarizatsiya — totalitar idora usulining o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Totalitarizmning ko‘rinishlaridan biri yagona shaxs idora usulidir. Uning totalitar idora usuli bilan juda ko‘p umumiy jixatlari bor. Lekin unda «shaxsga siginish», doxiyga siginish kuchayib boradi.
Fashistik rejim idora usuli totalitarizmning avj olgan shakllaridan bo‘lib, u milliy mafkura, bir millatning boshka millat ustidan ustunligini ta’kidlash, o‘ta agressivlik bilan tavsiflanadi. Fashizm milliy, irkchilik safsatasiga asoslanadi va bu davlat siyosati, mafkurasi darajasiga ko‘tariladi. Fashistik davlatning maksadi milliy mushtaraklikni muxofaza etish, geopolitik, ijtimoiy vazifalarni xal etish, millatning sofligini ximoyalashdir deb e’lon kilinadi.
Fashistik mafkuraning bosh shiori odamlarning konun, xokimiyat, sud oldida tengsizligidir. Ular xukuk va mas’uliyatlarining kaysi millat, irkka mansubligiga boglikligini ro‘kach kiladilar. Bir millat yukori millat deb e’lon kilinib, u barcha ne’matlarga munosib deb topiladi. Boshkalari esa, basharti ular mavjud bo‘lsalar, fakat mukammallikdan yirokdirlar, deyiladi. Fashistik idora usuli — inson kadr-kimmatini taxkirlovchi agressiv idora usulidir, u barcha xalklarni, jumladan, o‘z xalkini xam kaygu-alamlarga duchor kiladi.
Xozirgi kunda xam fashistik idora usuli endi insoniyatga boshka xavf tugdirmaydi, deb o‘ylash xato. Ma’lumki, mazkur idora usuli muayyan tarixiy sharoitlarda (jamiyatda ijtimoiy tangliklar, ommaning kashshoklashuvi sharoitlarida) paydo bo‘ladi. Bunday xolatlar zaminida milliy goyalar, populistik (ommaga xush yokadigan) shiorlar bo‘lgan xarakatlar vujudga keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |