3 Mavzu: O’lchov vositalarining xatoliklari
Rеjа:
1. Аvtоmаtika elеmеntlаrining аsоsiy xаrаktеristikаlаri.
2. Аvtоmаtika elementlarning xatoliklari
3. Аvtоmаtikа elеmеntlаrining ishonchliligi
Tayanch iboralar: Аvtоmаtikа elеmеnti, kirish signal, chiqish signal, statik rejim, statik xarakteristika, sezgirlik chegarasi, dinamik xarakteristika, dinamik rejim, o’tkinchi jarayon, o’tish xarakteristikasi, absolyut xatolik, nisbiy xatolik, keltirilgan xatolik, avtomatik elementlarning ishonchliligi, avtomatik elementining buzilishi.
3.1. Аvtоmаtika elеmеntlаrining аsоsiy xаrаktеristikаlаri.
Avtomatik elementlarning kirish va chiqish signallari qiymatlari vaqt davomida o’zgarmas bo’lgan rejim statik rejim deyladi.
Avtomatikaning barcha elementlarining asosiy xarakteristikasi ularning statik o’zgarishi koeffisentidir.
bu erda: Yt , Xt – chiqish va kirish siginallarining turg’un rejimidagi qiymati.
Statik xarakteristika, bu elementlarning statik rejimidagi chiqish kattaligi Y ning, kirish kattaligi X ga funksional bog’liqligidir, yani y=f(x)
Statik xarakteristikalar chiziqli yoki nochiziqli bo’lishi mumkin.
3.1 - rasm. Avtomatik elementlarning statik xarakteristikalari.
Chiziqli statik xarakteristikasi 3.1a-rasmda tasvirlangan. 3.1b-rasm statik xarakteristika nochiziqli deyiladi. 3.1c-rasm statik xarakteristika releli detalda. Bazi elementlarda kirish kattaligining kichik qiymatlarida chiqish kattaligi 0 ga teng (3.1d-rasm). Ularda faqat kirish kattaligiu x bo’lgandagina chiqish kattaligi o’zgara boshlaydi. Bu еrda kirish kattaligining x=a qiymati sezgirlik chegarasi deyiladi.
Dinamik xarakteristika: sistemaning bir turg’un holatidan kirish va chiqish kattaliklarining qiymatlari boshqa bo’lgan ikkinchi holatga o’tadi dinamik rejim yoki o’tkinchi jarayon deyiladi.
Avtomatik elementlarning o’tkinchi jarayondagi holati, o’tish (переходная) xarakteristikalari bilan ifodalaniladi. O’tish xarakteristikasi deb, kirish kattaligi sakrab (keskin) o’zgarganda, chiqish kattaligining vaqtiga bog’liqligiga y(t) aytiladi.
3.2 - rasm. Avtomatik elementlarining o’tish xarakteristikalari.
O’tish xarakteristikalari inertsiyasiz, inertsiyalik va tebranuvchan bo’lishi mumkin.
3.2. Аvtоmаtika elementlarning xatoliklari
Avtomatik elementlari ishining aniqligi xatolik yordamida belgilanadi. Xatoliklar absolyut, nisbiy va keltirilgan bo’lishi mumkin.
Еlementning absolyut xatoligi, kirish kattaligidagi ma’lum qiymatidagi, chiqish kattaligidagi real qiymati bilan uning hisoblangan qiymati orasidagi farqiga aytiladi.
Nisbiy xatolik absolyut xatolikning chiqish kattaligining hisoblangan qiymatiga nisbatiga aytiladi.
yoki
Keltirilgan xatolik, absolyut xatolikning chiqish kattaligi qiymati o’zgarishi mumkin bo’lgan diapazonga nisbatiga aytiladi.
3.3. Аvtоmаtikа elеmеntlаrining ishonchliligi
Avtomatik elementlarning ishonchliligi deb, ularning ekspluatatsiya jarayonida ishlash qobiliyatini saqlash xususiyati tushuniladi. Ishonchlilikka baho berishda, “buzilish” (“отказ”) tushunchasi ishlatilinadi.
Avtomatik elementining “buzilishi” deb, uning ishdan chiqish element funksiyalarini qoniqarsiz bajarishga olib keladigan parametirlarning o’zgarishiga aytiladi.
Ishonchlilikni eng muhim ko'rsatkichlaridan biri bo'lib, nosozlik (buzilish) jadalligi hisoblanadi:
,
bu erdagi N(t)–vaqtni t paytida ishga layoqatli elementlarning soni;
N(t+t)–vaqtni (t+t) paytida ishga layoqatli elementlarning soni;
No’r(t) –t vaqtni ichida ishga layoqatli elementlarlarning o’rtacha soni;
Nosozlik ishlikni jadalligi bo'yicha ishonchlikni ko'pgina asosiy ko'rsatkichlarini masalan, beshikast (nosozlik etmasdan) ishlash ehtimolligi va nosozlikgacha o'rtacha ishlashlik muddatini hisoblab topish mumkin.
Avtomatika elementlarining sifatini baholashda, ularning tezkor ishlashligi muhim ahamiyatga ega. Bunda ularning vaqt doimiysi, ulanish (ishga tushish) vaqti, uzilish (ajralish) vaqti va boshqa ko'rsatkichlari ham ko'rib chiqiladi.
azorat savollari
Аvtоmаtikа elеmеntlаrining аsоsiy xаrаktеriskаsi?
Elеmеntning statik xarakteristikasini tushuntiring?
Elеmеntning dinamik xarakteristikasini tushuntiring?
Аvtоmаtika elementlarning xatoligi deganda nimani tushunasiz?
Аvtоmаtikа elеmеntlаrining ishonchliligi deganda nimani tushunasiz?
Adabiyotlar:
Yusupbekov N.R., Muxamedov B.I., Gulomov Sh.M. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish va avtomatlashtirish. –Toshkent: O‘qituvchi, 2011.
Vaxidov A.X., Abdullaеv D.A. Avtomatikaning tеxnik vositalari. Toshkent, 2012.
Aripov N.M. “Avtomatik boshqarish nazariyasi va avtomatika elеmеntlari” ma'ruzalar matni. Toshkеnt, 2010.
Ismoilov A.I., Nazarov O.K. “Avtomatika va avtomatlashtirish asoslari” fanidan ma'ruzalar matni. Andijon, 2006.
Do'stlaringiz bilan baham: |