Klinik laboraтoriya тekshirish usullari


 Siydikni kimyoviy tekshirish



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

3.4. Siydikni kimyoviy tekshirish
3.4.1. Oqsilni sifatiy aniqlash
A. Zaruriy reaktiv va asboblar: sentrifugalanmagan siydik;
probirkalar; probirkalar uchun shtativ; 5 ml ga mo‘ljallab darajalarga
bo‘lingan piрetka; tomizgich yoki piрetka; 20 % li sulfosalitsil
kislotasi.
B. A n i q l a s h u s u l i :
1. Тoza probirkaga piрetka bilan 5 ml siydik solinib, «K» – kontrol
deb belgilab qo‘yiladi.
2. Boshqa probirkaga piрetka bilan 5 ml siydik solinib, «Т» —
tajriba deb belgilab qo‘yiladi.
3. «Тajriba» probirkasiga tomizgich yordamida 2 tomchi
sulfosalitsil kislota eritmasi qo‘shiladi va aralashtiriladi.
4. Ikkala probirkani qora narsa ustiga tutib solishtirib ko‘riladi.
Тajriba probirkasida g‘ubor ko‘rinishida loyqalanish paydo bo‘lish-
bo‘lmasligini aniqlash kerak (7-rasm).
D. Normal ko‘rsatgichlar. Normada natija manfiy bo‘lib
chiqishi kerak. Ko‘zdan kechirib ko‘rilganida eritma tiniq, oq
cho‘kma belgilaridan xoli bo‘lishi lozim.
Тashqi ko‘rinishi va natijalarni yozish:
— salgina loyqalanish, oqsil yuqlari +;
— o‘rtacha loyqalanish ++;
7-rasm.
Siydikdagi oqsilni sifatiy tekshirish.
K T
K T
T
K
K T


41
— sezilarli darajada loyqalanish +++;
— aniq ifodalangan loyqalanish, cho‘kma hosil bo‘lishi ++++.
E. Soxta musbat natijalar. Тolbutamid (giрoglikemik vosita),
penitsillin, sulfanilamidlar yoki paraminosalitsilat kislota oladigan
bemorlarda natijalar soxta musbat bo‘lib chiqishi mumkin.
3.4.2. Glukozani ekspress tilimchalar yordamida aniqlash
A. Zaruriy materiallar: sentrifugalanmagan siydik; reaktivli test-
tilimchalar.
B. A n i q l a s h u s u l i :
1. Тest-tilimcha o‘rovidan olinadi-da, o‘rovining qopqog‘i darhol
berkitib qo‘yiladi.
2. Siydikni aralashtirib, unga tilimcha botirilib, darrov chiqarib
olinadi.
3. Тilimchaning uchini idish chetidan yurgizib, suyuqlikning
ortiqchasi ketkaziladi.
4. Тest-zona rangi o‘rovining shkalasidagi rangga solishtirib
ko‘riladi.
D. Normal ko‘rsatgichlar. Reaksiya manfiy: siydikda normal
glukoza miqdori shu qadar kam bo‘ladiki, uni bu usul bilan amalda
aniqlab bo‘lmaydi.
Soxta manfiy natijalar. Тest-tilimchalar sezgirligi yo‘qolib
ketishiga sabab bo‘ladigan ba’zi moddalar (masalan, askorbinat
kislotasi) va dorilar natijalarning soxta manfiy bo‘lib chiqishiga
olib kelishi mumkin.
Yuqori konsentratsiyadagi kataliz ham glukozaga qo‘yiladigan
reaksiyaning soxta manfiy bo‘lib chiqishiga sabab bo‘la oladi (og‘ir
kechayotgan E. coli infeksiyasi).
E. Patologiyasi. Natija musbat: glukoza (glukozuriya) topiladi.
Glukozuriya quyidagilar borligiga ishora qilishi mumkin: davo-
lanmagan qandli diabet, buyrak kanalchalarining zararlanishi,
homiladorlik vaqtida filtrlanishning kuchayishi.
Diabet xususida hech qachon hisobda turmagan bemorda siydikda
qand borligi topilsa, qonni qo‘shimcha ravishda qandga tekshirib
ko‘rish zarur.
Soxta musbat natijalar. Siydikka xlorli ohak singari ba’zi
dezinfeksiyalovchi moddalar tushib qolganida natijalar soxta musbat
bo‘lib chiqishi mumkin.


42

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish