3.5. Siydik mikroskopiyasi
3.5.1. Siydik cho‘kmasidan surtma tayyorlash
A. Zaruriy jihozlar: o‘rta por-
siyadan olingan siydik, kamida 15
ml; sentrifuga probirkalari; sentri-
fuga; buyum oynalari; qoplagich
oynalar; piрetkalar.
B. A n i q l a s h u s u l i :
1. Siydik aralashtiriladi.
2. Probirkaga 10–15 ml siydik
solinadi.
3. Probirkani sentrifugaga qo‘yib, muvozanati baravarlash-
tiriladi.
4. O‘rta tezlikda 5 daqiqa davomida sentrifugalanadi (8-rasm).
5. Cho‘kma ustidagi suyuqlik ehtiyotlik bilan va deyarli
batamom quyib tashlanadi.
6. Cho‘kma probirka-da qolgan suyuqlik bilan bir tekis aralashib
ketishi uchun probirka silkiti-ladi.
7. Cho‘kmadan piрetka yordamida bir tomchi olib, buyum
oynasiga tushiriladi.
8. Qoplagich oynani bir burchagidan ushlab turib, chetini
suyuqlik tomchisiga tekis qilib qo‘yiladi-da, oynani havo pufak-
chalari hosil bo‘lmaydigan qilib, ohista tomchi ustiga tushiriladi.
Preparatlarning qurib qolishiga yo‘l qo‘ymasdan, u darhol tek-
shirib ko‘riladi (9-rasm).
8-rasm.
Sentrifuga.
9-rasm.
Siydik cho‘kmasini ajratish.
44
3.5.2. Siydik cho‘kmasi mikroskopiyasi
A. Kerakli jihozlar: yangi tayyorlangan surtma, 10x va 40x
obyektivli va 10x okularli mikroskop (rangli rasmga qarang).
B. A n i q l a s h u s u l i :
1. Yorug‘likni cheklab qo‘yish uchun kondensorni qisman
berkitib turib, 10x obyektivdan foydalaniladi. Rangdor filtrdan
foydalanish mumkin. Eritrotsitlar, leykotsitlar, epitelial hujayralar,
silindrlar va boshqa elementlar aniqlanadi.
2. Silindrlar va tuz kristallarini aniqlash uchun 40x obyektivdan
foydalaniladi. Rangdor filtrdan foydalanish mumkin.
3. Barcha hujayra elementlari, achitqilar, silindrlarning turi bel-
gilanadi, shuningdek, bakteriyalar va kristallar aniqlanadi
(elementlar identifikatsiyasiga qaralsin).
4. Тopilgan elementlarning hammasi taxminan quyidagi tartibda
yozib olinadi:
Bakteriyalar
1– 2
1
Achitqilar
1– 2
1
Leykotsitlar
2 – 3
1
Epitelial hujayralar
2 – 3
1
Eritrotsitlar
0 –1
1
Silindrlar abbs.
Kuchsiz obyektiv bilan tekshirishda ko‘ruv maydonida 1–2 ta
mumsimon silindr, kristallar bo‘lishi, garchi diagnostik jihatdan
ahamiyati bo‘lmasa-da, buni natijalarni yozishda, ayniqsa, buyrak
toshlariga gumon qilinayotganida, qayd etib o‘tish kerak.
D. Normal natijalar. Siydik cho‘kmasida biroz miqdor leykotsitlar
va siydik yo‘llari shilliq pardasidan ko‘chib tushgan bir nechta yassi
epiteliy hujayralari bo‘lishi mumkin. Normada siydikda eritrotsitlar
bo‘lmaydi, ayollarda hayz vaqtida tahlil uchun siydik namunalari
olingan hollar bundan mustasno. Normada boshqa elementlar ham
topilmaydi.
E. Patologiyasi. Ko‘p miqdordagi eritrotsitlar, leykotsitlar, epi-
telial hujayralar, bakteriyalar, achitqilar, sodda jonivorlar, silindrlar
yoki kristallar topilishi patologik natija bo‘lib hisoblanadi.
45
F. Yot obyektlarning topilishi. Iflos qoplagich va buyum
oynalaridan, havodan ba’zi yot narsalar, masalan, junlar, o‘simlik
changlari, paxta tolalari, havo pufakchalari, kraxmal donachalari
tushib qolishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |