Klinik laboraтoriya тekshirish usullari


Fraksion usul bilan me’da shirasini olish



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

Fraksion usul bilan me’da shirasini olish. Kerakli jihozlar va
nonushta: ingichka, olivasiz zond, 20 ml li shpris, probirkalar va
shtativ, menzurka, sochiq, tog‘ora, nonushtalardan biri.
N o n u s h t a l a r :
1. Kachning kofeinli nonushtasi. 0,2 gramm sof kofeinga 300
ml suv va fenolftalinning 1 % li eritmasidan 1 tomchi qo‘shiladi.
2. Ermanning alkogolli nonushtasi. 285 ml suvga 15 ml sof etil
spirti va metil ko‘kining 0,5 % eritmasidan 4–5 tomchi qo‘shiladi.
3. Liрorskiy nonushtasi 1 kg yangi karamdan siqib chiqarilgan
300 ml karam suvidan iborat. Olingan suv qaynatilib, paxtada
suziladi.
4. Zimnitskiy nonushtasi 36–37°C gacha isitilgan yog‘siz go‘sht
buloni yoki baliq sho‘rva (300 ml) dan iborat. 400 g go‘shtni 1 litr
suvda qaynatib, bulon tayyorlanadi. Bulon miqdori 400 ml gacha
yetkaziladi. Bulon tayyorlash uchun kubik qilib to‘g‘ralgan
go‘shtdan foydalanish ham mumkin, bunda 300 ml suvga 3 kubik
hisobida go‘sht solinadi.
Axiliya diagnozini tasdiqlash maqsadida me’da bezlarining
sekretor funksiyasini qo‘shimcha tekshirish usuli sifatida gistamin
sinamasi qo‘llaniladi. Shu maqsadda me’da shirasini fraksion usulda
tekshirgandan keyin o‘ng dumba terisining ostiga 1:1000 nisbatdagi
gistamin eritmasidan 0,5 ml yuboriladi. Yuborilganining 4-daqiqasi-
dan boshlab me’da suyuqligi shprisda tortib olinadi. Me’da suyuqligi
pushti rangga bo‘yalmagan bo‘lsa, zond orqali me’daga qaytariladi.
Barqaror pushti rang paydo bo‘lishi esa me’da shirasida erkin xlorid
kislota borligini ko‘rsatadi.


63
Shprisda tortib olinadigan shira sarg‘ish rangga bo‘yalgan bo‘lsa,
me’dada erkin xlorid kislota yo‘q va uning bezlari xlorid kislota
bilan menoin chiqarish qobiliyatidan mahrum bo‘lgan. Bu sinamani
chap axiliyani funksional axiliyadan ajratish uchun qo‘yiladi.
Gistamin me’da shirasi sekretsiyasini qo‘zg‘aydigan kuchli
stimulator. Gistamin teri ostiga yuborilgach, pepsin va xlorid kislota
ajralib chiqmasa, me’da shilliq pardasining atrofiyasi haqida o‘ylash
kerak. Me’da saratoni, Addison-Birmer anemiyasi kabi kasalliklarda
me’da shilliq pardasining atrofiyasi kuzatiladi.
Bemor nahorda keladi. Unga zond yuttiriladi. (Zond yuborish
texnikasi yuqorida yozilgan.) Nahordagi me’da shirasi shpris orqali
tortib olinadi. Alohida probirkaga solinadi. So‘ng sinov no-
nushtalaridan biri shpris orqali yuboriladi, zondning tashqi uchi
boylanadi yoki Mor qisqichi bilan berkitiladi. 15 daqiqa o‘tgach
shira olinadi va har 15 daqiqada 8 marta alohida probirkalarga olinadi,
alohida-alohida tekshiriladi. So‘ng zond ehtiyotlik bilan olinib,
bemorga ruxsat beriladi. Yo‘g‘on zond bilan ham, ingichka zond
bilan ham shira olinganda shirani fizikaviy, kimyoviy va mikroskopik
tekshiriladi. Mikroskopik tekshirishda me’da suyuqligining miqdori,
turi, hidi, aralashmalari reaksiyasi va hazm qobiliyati tekshiriladi.
M i q d o r i . Nahorda me’daga zond kiritilib, 20–30 ml suyuqlik
olish mumkin bo‘lsa, sinov nonushtasidan keyin 40–70 ml gacha
suyuqlik olinadi.
K o n s i s t e n s i y a s i. Boas-Evald nonushtasidan keyin olingan
me’da suyuqligi odatda 2–3 qavatga bo‘linadi. Yuqori qavati shilimshiq
va ovqat qoldiqlari, o‘rta qavati picha loyqa suyuqlik, pastki qavati
zich cho‘kmadan iborat. Suyultirilgan manniy bo‘tqasiga o‘xshab
ketuvchi mayda donali cho‘kma zo‘r berib shira ajralganda va normada
kuzatiladi, yaxshi hazm bo‘lmagan yirik ovqat parchalari esa me’da
sekretsiyasi susayganda ko‘proq uchraydi. Me’da suyuqligi qavatlarga
mutlaqo bo‘linmagan bo‘lsa, bu sekretsiya yetarli emasligini
ko‘rsatadi, me’da suyuqligi yaxshi chaynalmay shilimshiq aralashib
ketgan nonga o‘xshaydi. Suyuq va quyuq qism nisbati 1:2 bo‘ladi.
H i d i . Normada achimsiq, turib qolganda esa o‘tkir bo‘ladi.
Uchuvchan kislotalar bo‘lganda esa, me’da suyuqligidan sirka va
taxir moy hidi keladi, shilimshiq aralashgan bo‘lsa, chuchmal
sassiq hid anqib turadi. Uremiyada ammiak hidi keladi.
Rang i . Normada oqimtir, tovlanuvchan o‘t suyuqligi aralashgan
bo‘lsa – yashil, qon aralashgan bo‘lsa qizil, qo‘ng‘irrang bo‘ladi.


64
S h i l i m s h i q . Suyuqlik tarkibiga burun-halqum yo‘lidan
aralashib kelgan bo‘lishi mumkin, bunda shilimshiq suyuqlik yuzida
suzib yuradi. Ovqatga aralashgan yopishqoq, cho‘ziluvchan
shilimshiq me’da yallig‘langanidan darak beradi.
R e a k s i y a s i . Normada kislotali. Buni kimyoviy usullarda
aniqlanadi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish