Klinik laboraтoriya тekshirish usullari


HAZM SISTEMASINING TUZILISHI



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

 HAZM SISTEMASINING TUZILISHI
VA UNI TEKSHIRISH
4.1. Ichki organlar va ularning joylashuvi
Ichki organlarga ko‘krak, qorin va chanoq bo‘shliqlarida
joylashgan organlar kiradi. Ichki organlar bajaradigan ishiga qarab,
alohida sistemalarga ajratiladi: hazm qilish, nafas olish, siydik ajratish
va tanosil organlari.
Hazm sistemasi og‘iz bo‘shlig‘i, qizilo‘ngach, oshqozon, o‘n
ikki barmoqli ichak, ingichka ichak va yo‘g‘on ichaklar hamda
oshqozonosti bezi va jigar kabi organlardan tashkil topgan. Hazm
organlari qorin va ko‘krak bo‘shliqlarida joylashgan.
Ovqatning hazm qilish sistemasida 1 sutkada parchalanishi
uchun 10 litr suyuqlik kerak: 1,5 litr so‘lak, 2,5 litr me’da shirasi,
1 litr me’daosti bezi shirasi, 1,5–2 litr iste’mol qilingan suyuqlik,
1–2 litr jigar o‘ti, 2,5 litr ichak shiralari.
Ovqat moddalari dastlab og‘iz bo‘shlig‘ida mexanik va kimyoviy
o‘zgarishga uchraydi. Ovqat moddasi og‘iz bo‘shlig‘ida 15–20 soniya
davomida chaynash yo‘li bilan maydalanadi. So‘lak bilan aralashib
yutishga tayyorlanadi. So‘lak og‘iz bo‘shlig‘ida joylashgan bezlardan:
tilosti, quloqoldi va jag‘osti bezlaridan ajraladi. Uning tarkibida
amilaza va maltaza fermentlari bo‘lib, ular ovqat tarkibidagi
uglevodlarni qisman parchalaydi. Mutsin esa sal yopishqoq bo‘lib,
ovqatni yumaloqlab, yutishga tayyorlaydi. So‘ngra halqum va
qizilo‘ngachdan o‘tib me’daga tushadi. Ovqat og‘iz bo‘shlig‘idan
me’daga suyuq bo‘lsa 2–3 soniyada, qattiq bo‘lsa 6–8 soniyada
tushadi. Me’da noksimon shaklga ega bo‘lib, qorin bo‘shlig‘ining
yuqori qismida, diafragma ostida joylashgan. Uning kirish —
kordial, chiqish – pilorik qismi bor. Me’daning devori: seroz,
serozosti, mushak, shilliq va shilliqosti qavati bor. Ovqat me’dada
4–10 soat saqlanadi. Ovqat mexanik maydalanadi. Me’dada ikki xil
qisqarish bor: tonik va peristaltik. Bu qisqarishlar ovqat moddalari-
ning mexanik va kimyoviy parchalanishini ta’minlaydi. Ovqat yeyila
boshlangandan 5–10 minut o‘tgach, bezlar shira ajrata boshlaydi.


53
Ovqat bo‘lmaganda shira ishlab chiqarilmaydi. Bo‘sh me’da 10–
15 daqiqa davomida muntazam qisqarib, ochlik hissini uyg‘otadi.
Aralash ovqatlar 3–4 soatda hazm bo‘lganligi uchun har 4 soatda
ovqatlanish kerak. Ovqatlanish rejimining buzilishi, ya’ni 5—7
soat och yurib, so‘ngra birdaniga ko‘p ovqat iste’mol qilish
oshqozonning ichki shilliq pardasini yallig‘lantirib, gastrit va
oshqozon yarasi kasalliklarini keltirib chiqaradi.
Ovqat tarkibidagi oqsillar, asosan, me’dada parchalanadi. Ovqat
bo‘tqasi o‘n ikki barmoqli ichakka o‘tishi bilan me’da sfektori darhol
berkiladi. O‘n ikki barmoqli ichakning quyi tushuvchi qismiga
me’daosti bezi va umumiy o‘t yo‘li ochiladi. Bu yerlardan kelayotgan
shira ta’sirida yog‘lar, uglevod va oqsil moddalar parchalanib,
shimilishga tayyorlanadi. Ovqat bo‘tqasi shilliq qavatda joylashgan
so‘rg‘ichlar orqali qonga so‘riladi. Aminokislota va glukoza qonga,
yog‘lar limfaga so‘riladi. Yo‘g‘on ichakning shilliq qavatida
so‘rg‘ichlar yo‘q. Ingichka ichak bo‘g‘im-bo‘g‘im qisqarishdan
tashqari, teskari ham qisqaradi. Shuning uchun ovqat qoldiqlari
16–18 soatgacha turib qoladi. Ovqatning 10 % ga yaqini
shimilmasdan axlat hosil qiladi. Axlat to‘g‘ri ichakka yig‘ilganda
ta’sirlanib, ixtiyoriy bo‘shalish bo‘ladi.
Ovqat hazm bo‘lishining patologiyasida manfiy azot muvozanati,
organizmning holdan toyishi, reaktivlikning buzilish oqibatlari
kabi holatlar yuzaga keladi. Ovqat hazm bo‘lishi buzilishining asosiy
sabablari quyidagilar: ovqatlanishda yo‘l qo‘yiladigan kamchiliklar,
sifatsiz ovqat, tarkibida suv bo‘lmagan, ya’ni quruq ovqatlarni
iste’mol qilish, tug‘ma nuqsonlar hosil bo‘lishi, alkagolli
ichimliklarni ko‘p iste’mol qilish.
Jig‘ildon qaynashi qizilo‘ngachning pastki qismida achishish
paydo bo‘lib, u kardio ochiq bo‘lgan paytda oshqozon shirasining
antiрeristaltik to‘lqin tufayli qizilo‘ngachga kelib tushishi oqibatida
ro‘y beradi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish