Klinik laboraтoriya тekshirish usullari


 Axlat va perianal burmalardan olingan



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet36/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

4.5. Axlat va perianal burmalardan olingan
namunalarni tekshirish
Parazitar kasalliklar salomatlikka kattagina ta’sir o‘tkazadi va
kasallikning o‘lim bilan tugashiga olib keladi. Тegishli davolashni
tayinlash maqsadida parazitni aniqlash uchun, ko‘pgina hollarda
namunalarni laboratoriya tahlilidan o‘tkazish zarur bo‘ladi. Parazit
butun umri bo‘yi yoki hayot siklining ma’lum davrlarida boshqa
organizm hisobiga yashaydigan organizmdir. Parazitlar odamning
axlati, qoni, siydigi, balg‘ami, orqa miya suyuqligi va to‘qimalarida
topilishi mumkin. Quyida axlatni tekshirish usullari bayon qilingan.
Bundan tashqari, bezgakka sabab bo‘luvchi Plasmodiumni aniqlash
uchun qonni tekshirish usullari ham keltirilgan.


67
Тibbiy ahamiyatga ega bo‘lgan parazitlar, odatda, protozoa va
gelmintlar, ya’ni gijjalar deb tasniflangan. Protozoa xo‘jayin
organizmida ko‘payadigan bir hujayrali sodda organizmdir.
Protozoalarning hammasi ham patogen emas, shu munosabat
bilan, tashxis noto‘g‘ri bo‘lmasligi uchun, ularni to‘g‘ri iden-
tifikatsiyalash, ya’ni bir-biridan to‘g‘ri farqlab, ajratib olish mu-
himdir. Protozoalar Giardia lamblia va Trichomonas vaginalis singari
xivchinlilarni, amyoba (masalan, Entamoeba histolytica)ni,
koksidiya (Plasmodiumning har xil turlari), kiрriklilar va mik-
rosporidiyalarni o‘z ichiga oladi.
Gelmintlar — gijjalar ko‘p hujayrali chuvalchanglar bo‘lib,
odatda, odam organizmida ko‘paymaydi. Ular hamisha patogen,
ya’ni kasallik tug‘diradigan bo‘ladi. Gelmintlar Opisthorchis viverini
singari trematodalar (jigar qurti), sestodalar (tasmasimon chuval-
changlar), Taeniaga mansub turlar va Enterobius vermicularius
singari nematodalar (dumaloq chuvalchanglar)ni o‘z ichiga oladi
(rangli rasmga qarang).
Тrofozoitlar (parazitning harakatchan vegetativ bosqichi) va
sistalar protozoaning rivojlanishidagi bosqichlardan bo‘lib, axlatda
topilishi mumkin. Gijjalarning rivojlanish bosqichlari axlatda,
odatda, tuxumlar, lichinkalar, voyaga yetgan chuvalchanglar yoki
ular tanasining qismlari (segmentlari) ko‘rinishida topiladi.
Parazitlarning hammasi ham klinik jihatdan ahamiyatga ega bo‘lgan
kasalliklarga sabab bo‘lavermaydi, shu munosabat bilan axlatdan
topilgan har bir parazitni aniq bilib olish muhim. Parazitlarni
ishonchli qilib aniqlab olish uchun axlat namunalarini to‘g‘ri
yig‘ish, saqlash va yetkazib berish kerak, chunki ko‘pgina parazitlar
nimjon, ularning morfologiyasini saqlab qolish zarur bo‘ladi.
Surgilar, antatsidlar singari dorilar, ichilgan kontrast moddalar
va ba’zi antibiotiklar axlatni tekshirishda parazitlarni aniqlab olishga
xalal berishi mumkin.
Quyidagi hollarda axlat namunalarini tekshirib ko‘rish zarur
bo‘lib qolishi mumkin:
— diareyaga, ozib ketaverish, ichakda so‘rilish jarayonlarining
aynishi va bolalarda oziqlanishning buzilishiga sabab bo‘ladigan
parazitar infeksiyalarni aniqlash uchun;
— o‘t yo‘llari rakiga sabab bo‘la oladigan O.viverrini infeksiyasi
singari jiddiy asoratlarga olib boruvchi surunkali infeksiyani aniqlash
uchun;


68
— axlatda qon va shilimshiq bor-yo‘qligini tekshirib ko‘rib,
dizenteriyaning xilini aniqlash, uning amyoba dizenteriyasi yoki
bakterial dizenteriya ekanligini bilib olish uchun;
— mahalliy parazitar invaziya, masalan, E. vermicularis
epidemiyasi chiqib qolganida tekshiruvlar o‘tkazish uchun.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish