Klinik laboraтoriya тekshirish usullari


 Me’da va o‘t suyuqligining mikroskopiyasi



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

4.4. Me’da va o‘t suyuqligining mikroskopiyasi
4.4.1. Me’da suyuqligini mikroskopda tekshirish
Mikroskopda tekshirish uchun me’da suyuqligidan 3 tomchi
olib, 3 ta buyum oynasiga tomiziladi. 1-tomchiga Lyugol
eritmasidan 1 tomchi, 2-tomchiga Sudan III eritmasidan
1 tomchi, 3-tomchi sof bo‘yalmasdan qoldiriladi. Me’daning pilores
qismida stenoz bo‘lganda, me’da sekin bo‘shashganda va sekretsiya
susayganda muskul tolalar topiladi. Kraxmal donalari katta-kichik
va har xil shakldagi qat-qat sharlarga o‘xshab turadi, ular Lyugol
ta’sirida havorangga bo‘yaladi. Yog‘ katta-kichik ayrim tomchilar
shaklida yoki yog‘ kislotalarining kristallari shaklida topiladi. O‘simlik
hujayralarining shakli har xil. Silindrsimon epiteliy, leykotsit
yadrolari ko‘rinadi. Me’daning o‘tkir katarida leykotsitlar 70 %
gacha yetadi. Leykotsitlar protoplazmasi hazm bo‘lib, ularning
yadrosi qoladi. Me’da suyuqligida leykotsitlarning ko‘payishi, me’da
shilliq pardasi va devorida yallig‘lanish jarayoni borligini ko‘rsatadi.
Me’da suyuqligi fiziologik eritma bilan 1/10 nisbatda suyul-
tirilgandan keyin Goryayev kamerasida leykotsitlarni sanash
tavsiya etiladi. Me’dadan qon ketganda me’da suyuqligida


66
eritrotsitlarning o‘zgarmagan elementlari yoki qoldiqlari – halqalar
paydo bo‘ladi. Achitqilar me’da atoniyasida piloris (stenozi)da ovqat
uzoq turib qolganda uchraydi. Sarsinalar «toylangan paxta» shaklida
bo‘ladi. Me’da suyuqligi uzoq turib qolganida ularni ko‘plab topish
mumkin.
4.4.2. Safroni mikroskopik tekshirish
O‘t suyuqligi (safro)ni mikroskopda tekshirishda, preparat
tayyorlash uchun safro Petri likopchasiga quyiladi. Maxsus ignalar
yordamida xavfli deb hisoblangan joylaridan preparat tayyorlanadi.
Normada ozgina epiteliy hujayralari bo‘ladi. Patologiyada esa
leykotsitlar, eritrotsitlar, shilimshiq, lamblya vegetativ shakllari
va jigarning epiteliy hujayralari, o‘t yo‘llari va o‘t pufagining
hujayralari o‘t pigmentlari bilan to‘lgan holda uchraydi. Jigar
hujayralari qo‘pol, donador, protoplazmali bo‘lib, 1 yoki 2 ta oval
yadrosi bor. O‘t yo‘llari hujayralari silindrsimon yirik bo‘lib, katta
yadrosi bor. Bo‘yalmagan silindrsimon epiteliy hujayralarning
topilishi duodenitdan darak beradi. Lamblyalar va ularning sistalari,
gelmintlar, jigar qurti va boshqa parazitlarning tuxumlarini o‘tning
B, C porsiyalaridan tayyorlangan preparatlarda ham ko‘rish
mumkin. Xolesterin va bilirubinat kalsiy kristallarining topilishi
qum zarralari va tosh borligini ko‘rsatadi. B, C porsiyalaridagi
shilimshiq va leykotsitlar o‘t pufagi va jigarning o‘t yo‘llarida
yallig‘lanish borligini ko‘rsatadi.

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish