Klinik laboraтoriya тekshirish usullari



Download 5,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet21/99
Sana24.06.2022
Hajmi5,01 Mb.
#699990
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99
Bog'liq
klinik laboratoriya tekshirish usulla

Solishtirma og‘irligi
A. Kerakli material va asboblar: ertalabki siydikning sen-
trifugalanmagan o‘rta porsiyasi, kamida 50 ml; urometr uchun
uzun idish yoki o‘lchov silindri; urometr.
B. A n i q l a s h u s u l i :
1. O‘lchov silindriga 40 ml siydik quyiladi.
2. Urometr ohista siydikka tushiriladi-da, qo‘yib yuboriladi.
3. Urometrning silindr tubi va devorlariga tegmasdan,
qalqib turganiga ishonch hosil
qilinadi.
4. Siydik meniskining ko‘z
to‘ g ‘ri si da g i p astk i nu q t as i
urometr shkalasidan belgilab
olinadi.
5. Urometr chiqarib olinadi.
6. Natijalar yozib qo‘yiladi (4-
rasm).
Yodda tutish kerak! Yangi
urometrni (maxsus kalibrlangan
areometrni) aniqligini ishlatish
oldidan distillangan suvda tek-
shirib ko‘rish zarur. Suv zichligi
(solishtirma og‘irligi) urometrda
4-rasm.
Siydikning solishtirma
og‘irligini aniqlash.


37
maxsus ko‘rsatib qo‘yilgan haroratda 1,000 bo‘lishi kerak.
Distillangan suvda tekshirish vaqtida zichlik 1,000 belgisiga
to‘g‘ri kelmaydigan bo‘lsa, keyinchalik siydikni tekshirish
paytida shu tafovutni hisobga olish lozim, masalan, distillangan
suvning ideal zichligi bilan haqiqiy zichligi o‘rtasidagi tafovut
0,003 ni tashkil etadigan bo‘lsa, tekshirilayotgan namunalar
zichligining ko‘rsatgichidan 0,003 ni olib tashlash kerak. Odatda,
urometr darajalari oralig‘ini 0,001 ga teng qilib, 1,000 dan 1,060
gacha kalibrlanadi.
Urometr solinadigan idish sinib qolsa, uning o‘rniga to‘g‘ri
keladigan boshqa har qanday idishni yoki tubi va devorlariga
urometr tegib qolmaydigan o‘lchov silindrini ishlatish mumkin.
D. Normal ko‘rsatgichlari. O‘zgarishlarning chegaralari:
katta yoshdagi odamlar va bir yoshdan oshgan bolalar –
1,010 – 1,025; bir yoshga to‘lmagan bolalar – 1,012 –1,025.
Normal siydikning solishtirma og‘irligi 1,002 dan 1,025 gacha
bo‘lishi mumkin. Bu ko‘rsatgich bemor organizmining gidratatsiya
darajasi va kunning vaqtiga bog‘liq. Agar bemor tekshirishni
o‘tkazishdan oldin talaygina suyuqlik ichib olgan bo‘lsa, siydik
solishtirma og‘irligining past bo‘lib chiqishi tabiiydir. Normada
ertalabki siydikning solishtirma og‘irligi katta (1,020 dan ortiq)
bo‘ladi. Siydikning solishtirma og‘irligi undagi natriy va mochevina
miqdoriga to‘g‘ri mutanosibdir.
E. Patologiyasi. Siydik solishtirma og‘irligining pastligi
quyidagilarga ishora qilishi mumkin:
— bevosita tekshirishni o‘tkazish oldidan ko‘p suyuqlik
ichilganiga, bu normal hodisa;
— buyrak yetishmovchiligiga;
— kanalchalarda qayta so‘rilish sustligiga;
— qandsiz diabetga (1,001–1,003).
Siydik solishtirma og‘irligining yuqoriligi quyidagilarga ishora
qilishi mumkin:
— organizmdan ko‘p suyuqlik yo‘qolganiga (diareya, isitma
bo‘lganida, odam ko‘p terlaganida);
— siydikda uchramaydigan og‘ir zarrachalar (glukoza, oqsil)
borligiga;
— jigar kasalligiga;
— buyrakusti bezlari yetishmovchiligiga.


38

Download 5,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   99




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish