Kamoliddin behzod nomidagi milliy rassomlik va dizayn instituti


Batik texnikasida mozaika uslubi qo’llanilgan liboslarning vazifasini asoslash



Download 88,1 Kb.
bet8/13
Sana26.04.2022
Hajmi88,1 Kb.
#583003
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
2 5217468387906552878

Batik texnikasida mozaika uslubi qo’llanilgan liboslarning vazifasini asoslash

Hozirgi kunda davlatimiz oldida turgan eng muhim vazifalardan biri aholini sifatli, hamda bejirim tikuvchilik buyumlari bilan ta‘minlashdir. Chunki, u insonlarni atrof-muhitdan himoya qilishga, hamda ularning go‘zalligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Kolleksiyadagi modellar 20-25 yoshdagi ayollarga bahor-yoz mavsumi uchun alohida bazmlar, bayram va tantanalar, to’y-marosimlarda kiyishga mo’ljallangan. Modellarning o’ziga xosligi – yengil, nafis matolar bilan og’ir metall bo’lakchalarning uyg’unlashtirilganligidadir. Bunday liboslar noodatiy ko’rinishni, e’tibor markazida bo’lishni xohlovchi, o’zgacha didga ega bo’lgan ayollar uchun ayni muddaodir. Bu liboslar ayniqsa bahor bayramlarida kiyish uchun juda mos keladi. Shuningdek, bu modellarni kino tadbirlari, teatr sahnalarida, ochilish marosimlari tadbirlarida, premyeralarda kiyish mumkin. Ular maxsus tadbirlarga mo’ljallanganligi sababli, birinchi navbatda estetik talabga javob berishi lozim. Shuningdek, gigiyenik, ekspluatatsion va ergonomik talablarga ham javob bera olishi kerak. Shu kabi xususiyatlarni inobatga olgan holda, kolleksiyani yaratish uchun yuqori gigiyenik, estetik, gigroskopik xususiyatlarga ega bo’lgan tabiiy ipak tolali mato tanlandi.
Gigiyenik talablar deganda, insonning sog‘ligini saqlashga qaratilgan talablar tushuniladi. Kiyimning asosiy gigiyenik ko‘rsatkichlari — havo o‘tkazuvchanligi, gigroskopligi, issiqdan himoya qilish xossalari, kirchilligi, suv o‘tkazmasligi va hokazo. Gigiyenik talablar buyumning nimaga mo‘ljallanganligiga bog‘liq. Ichki kiyim va yozgi kiyimlarning havo o‘tkazuvchanligi va gigroskopligi yaxshi bo‘lishi, ularni kiyib yurish qulay bo‘lib, osonlikcha yuvilishi kerak.
Texnik talablar — tikuvchilik materiallarining sifatiga va kiyimlar tayyorlashga qo‘yiladigan talablar. Tikuvchilik materiallari va tayyor tikuvchilik buyumlari Davlat standartiga mos kelishi shart. Kiyim pishiq, eskirishga, yuvish va kimyoviy tozalashga chidamli bo’lishi kerak.
Estetik talablar esa moda bilan bog‘liq. Har qanday kiyim pishiq va qulay bo’lishdan tashqari, bejirim ham bo’lishi lozim.
Iqtisodiy talablar kiyimning narxi bilan belgilanadi. Kiyim ma’lum texnik, gigiyenik, estetik talablarga javob berishi, ayni vaqtda hamyonbop bo’lishi kerak [5].
To‘qimachilik materiallarining deyarli barchasi to‘qimachilik tolalaridan iborat. Turli xil materiallarning tashqi ko‘rinishi, xususiyatlari ularni tashkil etuvchi tolalarning xossalariga bog‘liq. Ushbu kolleksiya uchun asosiy mato sifatida tabiiy ipak tolali ekselsior matosi tanlangan. Tabiiy ipak asosan yupqa va nafis bo‘lib, ayollarning ko‘ylakbop gazlamalari uchun ishlatiladi. Ipakning qimmatliligi shundaki, undan tayyorlanadigan matolarning tashqi ko‘rinishi chiroyli, mustahkamligi yuqori, bo‘yalishi yaxshi, egiluvchan, namlikni oson singdiruvchanligidandir. Bu xususiyatlar uning estetik ko’rsatkichi yuqori ekanligidan dalolat beradi. Shuningdek, tabiiy ipak tolali matolar havoni yaxshi o’tkazadi, gigroskopligi yuqori va yengil bo’lganligi sababli ularni kiyib yurish juda qulay.
Tabiiy ipakdan jilvali gazlamalar ishlab chiqariladi. Bunday gazlama sirtida to‘lqinsimon mayda shakllar hosil bo‘ladi. Qolgan qismida esa sirtlari silliq yuqori sifatga ega milliy avrli gazlama — xon atlas va atlaslar ishlab chiqariladi.
Undan tashqari, tabiiy ipak kashtachilik, zardo’zlik, popopchilik, shokila tayyorlashda ham keng qo‘llaniladi.
Ipak gazlamalarini ishlab chiqarish uchun turli xom ashyo qo‘llaniladi. Bularning jumlasiga tabiiy ipak iplari, sun’iy va sintetik birikkan iplar, sun’iy va sintetik tolalardan olingan iplar kiradi.
Barcha ipak gazlamalarning umumiy hajmiga nisbatan tabiiy ipak iplardan olinuvchi gazlamalarning miqdori faqat 2 — 3 foizga yetadi. Biroq bu gazlamaning nafisligi, mayinligi, tashqi ko‘rinishining chiroyliligi, yuqori gigiyenik xossalariga boshqa tolali ipak gazlamalari yeta olmaydi.
Tabiiy ipak gazlamalarning xususiyatlari ko‘p vaqt davomida uncha o‘zgarmaydi ham. Bu guruh gazlamalarning katta qismini krepdeshin, krep-jorjet, krep-shifon nomli gazlamalar tashkil qiladi. Bu gazlamalarni ishlab chiqarishda yuqori eshilishga ega bo‘lgan (krep) iplaridan foydalaniladi. Gazlamalarning o‘rilishi polotno bo‘lsa ham, tarkibida krep iplari ishlatilgani tufayli, ularning sirtida mayda donli naqsh hosil bo‘ladi. Krep gazlamalari oson cho‘ziladi, qiyshayib ketadi, iplari to‘kiladi. Shu sababli, ularni tikuvchilikda ishlatish ancha qiyin. Pardozlanish turlari – sidirg‘a rangli, oqartirilgan va gul bosilgan bo‘ladi. Krepdeshin – tandasida xom ipak, arqog‘ida esa pishitilgan krep ipak iplaridan olinuvchi gazlama. Arqoq yo‘nalishida ham o‘ng, ham chap eshilgan iplar galma-gal kelganidan gazlama sirti o‘ziga xos tovlanib turadi. Krep-shifon – yupqa, yengil, tiniq gazlama. Bu gazlamaning ikkala yo‘nalishida krep iplari ishlatiladi. Eni 90, 95 va l05 sm. Krep-jorjet – krep-shifondan bir oz qalin va og‘ir. Bu gazlamalar, asosan, ayollarning chiroyli ko‘ylaklari va murakkab bichimli bluzkalarini tayyorlashda ishlatiladi.
Tabiiy ipakdan sirti silliq bo‘lgan gazlamalar ham olinadi. Bularga pishitilgan iplardan polotno o‘rilishida to‘qilgan polotno gazlamalari va atlas o‘rilishida to‘qilgan milliy gazlamamiz xon-atlas kiradi. Polotno xom (sarg‘ish), oqartirilgan va kam miqdorda gul bosilgan holda pardozlanadi. Xon-atlaslar esa abr usulida turli ranglarga bo‘yalgan iplardan to‘qiladi.
Tabiiy ipak iplaridan yana yirik gulli bezak gazlamalari va tukli gazlamalar olinadi.
Tabiiy ipak iplariga boshqa iplarni qo‘shib to‘qilgan gazlamalarning soni uncha ko‘p emas. Bu guruh jumlasiga krepdeshin ko‘rinishda to‘qilgan ko‘ylaklik gazlamalarni kiritish mumkin. Bu gazlama arqog‘ida tabiiy ipakli krep iplari, tandasida esa kapron yoki atsetat kompleks iplari ishlatiladi.
Sirtlari silliq gazlamalarga ko‘ylaklik gazlamalar ham kiradi. Bu gazlamalar tandasida xom ipak iplari, arqog‘ida kimyoviy tolalardan olingan iplar yoki kimyoviy kompleks iplaridan foydalaniladi. Tukli baxmallarni to‘qiganda gazlamaning asosi tabiiy ipakdan, tuki esa viskoza iplaridan ishlab chiqariladi (velyur-baxmal, naqshli velyur-baxmal).
Sun’iy iplardan to‘qilgan gazlamalar ipak gazlamalari assortimentining eng ko‘p sonli guruhini tashkil qiladi. Ularni ishlab chiqarishda atsetat kompleks iplari, viskoza kompleks iplari, hajmdor, shakldor va zarsimon iplar qo‘llaniladi. Sun’iy ipak gazlamalar turiga yupqa ko‘ylak va bluzkalarni tikish uchun ishlatiladigan gazlamalar va og‘ir paltolik gazlamalar kiradi. Tabiiy ipakdan to‘qilgan gazlamalarga qaraganda bu gazlamalar ancha og‘ir, qalin, g‘ijimlanuvchan va kirishuvchan bo‘ladi. Ularga namlab-isitib ishlov berganda tola tarkibini hisobga olish kerak. Ayniqsa, atsetat gazlamalarni ehtiyotlik bilan dazmollash kerak. Silliq sun’iy gazlamalar bichish to‘shamida sirpanib, qiyshayib va cho‘zilib ketadi, iplari to‘kiladi, buyumlarning choklari yonidagi iplari siljiydi. Ana shu xossalarni bichish va tikish jarayonlarida albatta ko‘zda tutish kerak.
Tabiiy ipakli gazlamalarga o‘xshab sun’iy ipakdan olinuvchi gazlamalar krep, sirtlari silliq, yirik gulli va tukli gazlamalarga bo‘linadi. Krep gazlamalariga quyidagilarni kiritsa bo‘ladi. Krep-jorjet — sidirg‘a, gul bosilgan tiniq gazlamasi. Tanda va arqoq yo‘nalishida krep eshilishli viskoza kompleks iplari ishlatiladi. O‘rilishi polotno yoki mayda gulli. Krep-maroken — sidirg‘a yoki gul bosilgan zich gazlama. Tandasiga kam pishitilgan viskoza ipi, arqog‘iga viskozali krep ishlatiladi. O‘rilish-polotno. Krep-tvill — sidirg‘a rangli, tanda va arqog‘i-pishitilgan atsetat iplaridan sarja o‘rilishida to‘qilgan zich gazlama.
Sirti silliq bo‘lgan gazlamalar jumlasiga ko‘pgina ko‘ylaklik, astarlik gazlamalar, polotnolar, erkak ko‘ylaklarini tikish uchun mo‘ljallangan gazlamalar kiradi. Ularni ishlab chiqarishda kam eshilgan va shakldor hamda hajmdor iplardan foydalaniladi. Yirik gulli gazlamalar guruhiga ko‘ylaklik va astarlik gazlamalar kiradi. Bu gazlamalarni to‘qishda odatda kam eshilgan iplar ishlatiladi va zarsimon iplar bilan bezatiladi. Ular sidirg‘a bo‘yalgan yoki chipor holda to‘qiladi, zich va ancha qattiq bo‘ladi. Bu guruhga viskoza va atsetat iplaridan olinuvchi «alpak» va «dudun» nomli milliy ko‘ylaklarini tikish uchun mo‘ljallangan gazlamalar kiradi.
Sun’iy iplarga boshqa tolalar qo‘shib to‘qilgan gazlamalar guruhidagi gazlamalarni ishlab chiqarishda odatda tandasida viskoza yoki atsetat iplari, arqog‘ida esa paxta yoki sintetik shtapel tolalaridan olingan iplar ishlatiladi. Bu guruhning katta qismini sirtlari silliq gazlamalar tashkil etadi. Bu guruh gazlamalari jumlasiga tandasi viskoza ipidan, arqog‘i paxta tolali ipdan to‘qilgan astarlik sarja gazlamalar ham kiradi. Yirik gulli o‘rilishdagi gazlamalar tandasida viskoza yoki atsetat iplaridan, arqog‘ida kompleks sintetik iplar, hajmdor yoki shakldor iplardan to‘qiladi. Zarsimon iplar ham qo‘shilichi mumkin. Sirti tukli gazlamalarga asosi paxta tolali iplardan, tuki viskoza yoki atsetat iplaridan to‘qilgan baxmallar kiradi.



  1. Download 88,1 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish