Modelga texnologik ishlov berish usullari
Xulosa
Bitiruv malakaviy ishini loyihalash jarayonida dastavval mustaqil O’zbekistonimizda dizaynning o’rni va uning ahamiyati o’rganib chiqildi. Dizayn sohasini yanada takomillashtirish yo’lida amalga oshirilayotgan ishlar, iqtisodiy sohada olib borilayotgan islohatlar, yoshlar uchun yaratilayotgan keng imkoniyatlar tahlil qilindi. Yoshlar, jumladan, ayollarda kiyimga bo’lgan ehtiyojlar, talablar va ularning darajalari o’rganilishi natijasida bitiruv malakaviy ishining mavzusi, unda taklif etilayotgan libos modellari dolzarb ekanligi aniqlandi. Yurtimizda dizayn sohasining rivojlanishi uchun o’tkazilayotgan turli hil tadbirlar, ko’rgazma-yarmarkalar, namoyishlar orqali ham bitiruv malakaviy ishida loyihalashtirilayotgan to’plam liboslari yaratilish jarayoni ham mukammalashtirildi. Mana shu turdagi tadbirlar orqali ham ko’proq ma’lumotlarga erishildi. Bitiruv malakaviy ishining mavzusiga ko’ra undagi yaratilgan ijod namunalari orqali mavzu yanada yoritildi.
Aynan shu jarayonlarning chuqurroq o’rganilganligi hamda bitiruv malakaviy ishi mavzusi bir qator tajribalarga asoslanganligi sabab ham ushbu jarayonlar qiziq kechdi. Modellar zamonaviy va ommabop bo’lishi uchun moda yo’nalishlari, dizaynerlar tomonidan yangi mavsumda taklif etilayotgan uslublar, tantana va kechki bazmlar uchun mos va xos bo’lgan ko’rinishlar, modellarni yanada boyitish uchun xizmat qiladigan boshqa bir qator jihatlar alohida o’rganilib chiqildi.
Bitiruv malakaviy ishi mavzusini chuqurroq o’rganish va uni tahlil qilish jarayoni natijasida yig’ilgan materiallar asosida mavzuni yanada yoritishda alohida ahamiyat kasb etadigan ijod manbalari chuqurroq o’rganib chiqildi va loyiha yaratish ustidagi ishlar boshlandi. Ushbu liboslarni turli bazmlarda kiya olish imkoniyati bo’lishi uchun ularning ko’rinishi, shakl va siluetlariga alohida ahamiyat qaratildi. Liboslarga qo’yiladigan talablar o’rganilgan holda to’plam liboslari loyihalashtirildi. Kolleksiyadagi modellarning vazifasi asoslandi. Materiallar xususiyati o’rganildi va liboslar uchun mos matolar tanlab olindi. Ana shunday talablarga tayangan holda modellarning sifati yuqori darajada bo’lishiga ham ahamiyat berildi.
Bu jarayonlar davomida batik va mozaika texnikalarining kelib chiqish tarixi, rivoji, boshqa yurtlarga tarqalishi hamda uning bugungi kundagi ahamiyati, rivoji, yangilangan ko’rinishlari, zamonaviy modada bu yo’nalishlarda ijod qilayotgan dizaynerlarning ijodlari tahlil qilindi.
Loyihalanayotgan modellar tantanalar, tadbir, maxsus chiqishlar va turli bazmlarga mo’ljallanganligi sababli aynan shu turdagi liboslarga qo’yiladigan talablar o’rganilgach, ularning mavzusidan kelib chiqqan holda liboslar to’plamidagi modellar vazifasi asoslab berildi. Ularning qaysi yoshdagi ayollarga mo’ljallanganligi, qaysi mavsum tadbirlari uchun yaratilganligi hamda ularning qo’llanilish doirasi asoslandi.
Loyihalanayotgan liboslar ko’rinishlari, shakl va siluetlari ustida ish olib borilib, tanlangan modellarning rangli eskizlari chizildi. Modellerning tashqi ko’rinishlariga tasnif berildi hamda ularning konfeksion xaritalari tuzib chiqildi.
Ushbu jarayon yakunidan so’ng bitiruv malakaviy ishidagi modellarning hajmiy fazoviy shakllari hosil qilindi. Bunda modellar uchun mos bo’lgan konstruksiyalash usuli tanlab olindi. So’ngra, model andozalari tayyorlandi, andozalar modellashtirilgan holda ularga tanda ipi va chok haqqilari berildi.
Bitiruv malakaviy ishidagi loyihalangan liboslar andozalari modellashtirilgach, ularga texnologik ishlov berish jarayoni amalga oshirildi.
Bitiruv malakaviy ishida loyihalanayotgan modellar tayyor bo’lgach, zamonaviy moda yo’nalishi talablaridan kelib chiqqan holda, modellar ko’rinishlarini yanada boyitib berish uchun metall bo’lakchalarini biriktirgan holda qo’shimcha detallar tayyorlandi. Bitiruv malakaviy ishining loyihalanish jarayonining yakunida modellarning moda talabiga javob bera olish, iste’molchi xohish-istaklariga mos kelish darajalari ko’rib chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |