O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASI
KAMOLIDDIN BEHZOD NOMIDAGI
MILLIY RASSOMLIK VA DIZAYN INSTITUTI
“Dizayn” fakulteti
“Libos dizayni” kafedrasi
“Himoyaga ruxsat etilsin”
Dizayn fakultet dekani
R.Norchayev
« » 2019 yil
5150900 – Dizayn (Libos va gazlamalar) ta’lim yo’nalishi talabasi
KAMOLOVA MAFTUNA ZIYODILLOYEVNAning
“BATIK TEXNIKASIDA MOZAIKA USLUBI QO’LLANILGAN LIBOSLAR KOLLEKSIYASI DIZAYN-LOYIHASINI ISHLAB CHIQISH”
mavzusidagi
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
BMI rahbari:
“Libos dizayni”
Kafedrasi dotsenti
U.M.Xodjaeva
“Himoyaga tavsiya etilsin”
“Libos dizayni” kafedrasi mudiri
F.Z.Ataxanova
« » 2019- yil
Toshkent – 2019
Mundarija:
|
Kirish………………………………………………………..
|
|
1.
|
Batik texnikasida mozaika uslubi qo’llanilgan liboslar bo’yicha zamonaviy moda yo’nalishi……………………………………
|
|
2.
|
Batik texnikasida mozaika uslubi qo’llanilgan liboslar kolleksiyasini yaratish uchun ijodiy manbani tanlash va uni asoslash………………………………………………………….
|
|
3.
|
Batik texnikasida mozaika uslubi qo’llanilgan liboslarning vazifasini asoslash........................................................................
|
|
4.
|
Badiiy qism
|
|
4.1.
|
Rangli eskizlar...........................................................................
|
|
4.2.
|
Modellarning texnik eskizlari....................................................
|
|
4.3.
|
Modellar tashqi ko’rinishining tasniflari.................................
|
|
4.4.
|
Konfeksion xarita.......................................................................
|
|
5.
|
Modellarning hajmiy-fazoviy shakllarini hosil qilish...............
|
|
|
Xulosa......................................................................................
|
|
|
Adabiyotlar ro’yxati..............................................................
|
|
|
Ilovalar……………………………………………………..
|
|
Kirish
“Bir haqiqatni hech qachon esimizdan chiqarmasligimiz kerak: mamlakatimizda madaniyat va san'at taraqqiy etmasa, jamiyat rivojlanmaydi. Xalqimizning rivojlanish darajasi avvalo milliy madaniyatimizga qarab baholanadi. Shu ma'noda, madaniyat – bu xalqimiz, jamiyatimiz qiyofasidir. Biz O‘zbekistonning yangi qiyofasini yaratishga kirishgan ekanmiz, buni avvalo milliy madaniyatimizni rivojlantirishimizdan boshlashimiz lozim”.
(Shavkat Mirziyoyev).
Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ta’lim siyosatining maqsadlaridan biri yosh avlodni har tomonlama barkamol inson qilib tarbiyalashdir. Barkamol inson deganda ma’naviy jihatdan yetuk, o’z vatanining tarixi, buguni va kelajagi uchun qayg’uradigan, shuningdek, iqtisodiy taraqqiyotiga o’z hissasini qo’shish ishtiyoqida yonib yashaydigan shaxsni tushunish bugungi kun talabiga mos keladi.
Hozirgi kunda bu borada amalga oshirilayotgan islohotlarning o’rni nihoyatda beqiyosdir. Xususan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi “O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar Strategiyasi to`g`risida”gi Farmonining “Ijtimoiy sohani rivojlantirish” deb nomlangan to`rtinchi yo`nalishida oliy ta’lim tizimi sifatini yaxshilash va yanada rivojlantirish chora-tadbirlarini amalga oshirish kabi ustuvor vazifalar nazarda tutilgan [1].
Mamlakatimizda mustaqillik yillarida badiiy ijodning boshqa turlari qatori tasviriy san’at va dizayn sohasi rivojiga ham alohida e’tibor qaratilmoqda. Ma’lumki, 2017-yil 3-avgust kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ijodkor ziyolilar vakillari bilan uchrashuvda taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida madaniyat, adabiyot va san’at sohasini, jumladan, tasviriy san’at yo‘nalishini rivojlantirish borasidagi dolzarb vazifalarni belgilab, ularni hal etish yo‘llarini ko‘rsatib berdi. O‘tgan qisqa muddatda ana shu taklif va tashabbuslarni amalga oshirish bo‘yicha davlatimiz rahbari tomonidan o’nga yaqin farmon va qarorlar qabul qilindi. “O‘zbekiston Badiiy akademiyasi faoliyatini rivojlantirish va yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaror shu yo‘nalishdagi yana bir muhim hujjat bo‘ldi. Qarorda xalqimizni tasviriy san’at namunalaridan bahramand etish va dizayn yo‘nalishida faoliyat olib borayotgan mutaxassislarning ijodiy imkoniyatlaridan unumli foydalanish, ular uchun zarur shart-sharoitlar yaratish masalalari yoritilgan. San’at asarlarida milliy va umuminsoniy an’analarni yuksak darajada ifoda etishga erishish, yurtimizda o‘tkazilayotgan ko‘rgazmalarning badiiy saviyasini oshirish, rassomlik va dizayn sohasiga ixtisoslashgan ta’lim tizimini bugungi kun talablaridan kelib chiqqan holda takomillashtirish borasida muhim vazifalar belgilandi. Shuningdek, jahon miqyosida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan o‘zbek tasviriy va amaliy san’ati maktablarining an’analarini saqlash va davom ettirish, zamonaviy dizayn yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash hamda O‘zbekiston Badiiy akademiyasining faoliyatini rivojlantirish va takomillashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Qarorda tasviriy va amaliy san’at, dizayn va xalq hunarmandchiligi sohalari bo‘yicha yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash uchun O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tizimidagi ta’lim muassasalarining faoliyatini xorijiy tajribalar asosida takomillashtirish, xalqaro ijodiy va ilmiy aloqalarni mustahkamlash masalalari ilgari surilgan. O‘zbekistonda va xorijda keng ko‘lamda ko‘rgazmalar o‘tkazish orqali milliy san’atimiz yutuqlarini dunyo jamoatchiligiga tanitish, konferensiya, biyennale va boshqa anjumanlar o‘tkazishga alohida urg‘u berilgan. Ijodkorlarni har tomonlama moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish, iste’dodli yoshlarning ijodiy imkoniyatlarini kengaytirish, rassomlik va dizayn san’ati sohasida ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, xalqimizning tasviriy va amaliy san’at sohasidagi badiiy merosini asrash va keyingi avlodlarga yetkazish, yurtdoshlarimizning tasviriy va amaliy san’at sohasidagi estetik ehtiyoj va talablarini qanoatlantirishda bu hujjat keng imkoniyatlar yaratib beradi [4].
Hozirgi kunda mamlakatimizda to'qimachilik va yengil sanoat yo'nalishlariga ham alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada O’zbеkistоndа yirik tikuvchilik sаnоаti bаrpо qilishgа vа uni rivоjlаntirishgа e`tibоr bеrilmoqda. Zamonaviy badiiy jarayonda libos dizayniga bo'lgan e'tibor tobora oshib bormoqda. O'zbekistonda, ayniqsa poytaxtimiz Toshkentda modalar namoyishlarilari bo'lib o`tmoqda. Hattoki, ma'lum bir voqeaga bag'ishlangan tadbirlar ham moda ko'rgazmasi ishtirokisiz o'tmay qoldi. Ushbu modalar festivali va ko'rgazmalarning asosiy g'oyasi yosh iqtidorli dizaynerlar va zamonaviy modada kechayotgan yangiliklar bilan ommani tanishtirishdir. "Milliy Libos", "Bolajonlar-Shirintoylar", "Yurt kelajagi" va "Xonatlas kuni" kabi moda festivallari va haftaliklarda yosh dizaynerlarning modellari ko’rinishining jozibador va ixchamliligi, aniq mutanosibligi, o'zbek milliy libosi an'analari va zamonaviy moda shakllarining uyg'unlashtirilishi, matoga o'zgacha badiiy yondoshuvi e’tiborni tortadi.
Bundan tashqari dizaynerlar faoliyatini yanada kengaytish, yaxshilash maqsadida bir necha uyushmalar tashkil etilgan. Shulardan eng yirigi O'zbekiston Dizaynerlar Uyushmasining qoshida "Osiyo Ramzi" O'zbekiston modelyerlar assotsiatsiyasidir. Bu uyushmaning asosiy maqsadi – O'zbekiston libos dizaynerlarini birlashtirib, o'zbek modasini dunyoga tanitish, O'zbekistonning ishbilarmonlar doirasining (davlat tashkilotlarini, biznesmenlari, firmalar, kompaniyalar va b.) moda industriyasi ijodkorlari bilan o'zaro aloqasini tashkil etishdir. Shuningdek, O’zbekistonda bu sohada ko`plab islohotlar, qator tadbirlar, milliy liboslar ishtirokida moda festivallari amalga oshirilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |