Sintillatsion hisoblagich.
Ish prinsipi tez zarralarning fluoressiyalanuvchi
ekranga tushishida ro‘y beradigan chaqnash – sintillatsiyaning kuzatilishiga
asoslan gan. hosil bo‘lgan kuchsiz yorug‘lik chaqnashi elektr impulslariga
aylanti riladi va kuchaytirilib, maxsus apparatlar yordamida qayd qilinadi.
α – zarra birinchi marta aynan shunday hisoblagich yordamida (1903-yil) qayd
qilingan edi.
Vilson kamerasi
zarralarning iziga qarab (
trek
– inglizcha –
iz
) qayd qiladi.
Kamera 1911-yilda ingliz fizigi Ch. Vilson tomonidan yaratilgan. U tez
uchib kelayotgan zarralarning bug‘simon holatdagi moddadan o‘tganida, shu
modda molekulalarini ionlashtirishiga asoslangan.
167
Vilson kamerasining sxemasi 7.9-rasmda tasvirlangan. kameraning ishchi
hajmi (
1
) suvning yoki spirtning to‘yingan bug‘i bo‘lgan havo yoki gaz bilan
to‘ldirilgan. Porshen (
2
) pastga qarab tez harakatlanganda
1
hajmdagi gaz
adiabatik ravishda kengayadi va soviydi. natijada gaz o‘ta to‘yingan holatga
keladi. kameradan uchib o‘tgan zarra o‘z yo‘lida ionlarni vujudga keltiradi
va hajm kengayganda kondensatsiyalangan bug‘lardan tomchilar hosil bo‘ladi.
shunday qilib, zarra orqasida ingichka tuman yo‘l ko‘rinishidagi iz qoladi. Bu
izni kuzatish yoki rasmga tushirish mumkin.
alfa-zarra gazni kuchli ionlashtiradi va shuning uchun Vilson kamerasida
qalin iz qoldiradi (7.10-rasm). Beta-zarra – juda ingichka iz qoldiradi.
gamma-nurlanish esa Vilson kamerasidagi gaz molekulalaridan urib
chiqargan fotoelektronlari yordamidagina qayd etilishi mumkin.
1
2
7.9-rasm.
7.10-rasm.
Fotoemulsiya usuli.
1927-yilda rus fizigi L. Misovskiy zaryadlangan
zarralar izini qayd qilishning oddiy usulini taklif qildi. Zaryadlangan zarralar
fotoemulsiya orqali o‘tganda, unda tasvir hosil qiluvchi ionizatsiyani vujudga
keltiradi. surat ochilgandan keyin zaryadlangan zarralarning izlari ko‘rinib
qoladi. emulsiya juda qalin bo‘lganligi uchun ham zarraning unda qoldirgan
izi juda ham qisqa bo‘ladi. shuning uchun, fotoemulsiya usuli juda katta
energiyali tezlatkichlardan chiqayotgan zarralar va kosmik nurlar vujudga
keltiradigan reaksiyalarni o‘rganish maqsadida ishlatiladi.
1. Zarralarni qayd qilishning asosiy usullari ularning qanday ta’sir-
lariga asoslangan?
2. Gaz razryadli hisoblagichning ish prinsipi qanday?
3. Geyger – Myuller hisoblagichining ish prinsipi va unumdorligi qanday?
4. Fotoemulsiya usuli nimadan iborat?
168
Do'stlaringiz bilan baham: |