Mavzu: Yer sayyorasining eng ko‘p chaqmoqlar kuzatiladigan hududlari Maqsad



Download 0,6 Mb.
bet1/39
Sana25.06.2022
Hajmi0,6 Mb.
#702930
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
2018 to\'garak


Mavzu: Yer sayyorasining eng ko‘p chaqmoqlar kuzatiladigan hududlari
Maqsad: o’quvchilarga mavzulardan tashqari yangi va qiziqarli ma’lumorlar berish
Shu paytgacha olimlar Markaziy Afrikadagi Mitumba tog‘larida Yerning boshqa istalgan joyidan ko‘ra ko‘proq chaqmoqlar kuzatilishiga ishonib kelgan edi. Biroq sun’iy yo‘ldoshdan olingan ma’lumotlar Janubiy Amerikani birinchi o‘ringa qo‘ymoqda, deb yozadi National Geographic.
Venesuelaning Marakaybo ko‘li Janubiy Amerikadagi eng katta ko‘l hisoblanadi. Biroq uning asosiy rekordi uning maydoniga emas, osmoniga tegishlidir. Unda deyarli har tunda chaqmoq chaqnaydi. Sayyoraning boshqa hech bir burchagida undagi kabi tez-tez yashin chaqnamasligi taxmin qilinmoqda.Ushbu fenomen uning topografik o‘ziga xosligi bilan bog‘liq deb hisoblanmoqda. Marakaybo ko‘li And tog‘laridan shimoldagi vodiyda joylashib, Venesuela ko‘rfaziga tutashib ketadi. Tog‘lardan esayotgan shamollar bu yerda dengiz shabadasi bilan to‘qnashadi, shuningdek, yuqori namlik deyarli har kuni tungi momaqaldiroqlarni keltirib chiqaradi.Sayyoraning ana shunday qaynoq nuqtalari o‘nligiga quyidagi joylar kiritildi:
1-o‘rin: Marakaybo ko‘li, Venesuela
2-o‘rin: Kaxuzi-Biyega milliy bog‘i, Kongo Demokratik Respublikasi
3-o‘rin: Shabunda, Kongo Demokratik Respublikasi
4-o‘rin: Kaseres, Kolumbiya
5-o‘rin: Valikale, Kongo Demokratik Respublikasi
6-o‘rin: Daggar, Himolay
7-o‘rin: El-Tarra, Kamerun
8-o‘rin: Nguti, Kamerun
9-o‘rin: Butembo, Kongo Demokratik Respublikasi
10-o‘rin: Boende, Kongo Demokratik Respublikasi

MMIBDO’: _______________




Mavzu: Jahondagi eng kichik shaharlar haqida eshitganmisiz?


Maqsad: o’quvchilarga mavzulardan tashqari yangi va qiziqarli ma’lumorlar berish
London, Parij, Madrid, Rim kabi shaharlarni deyarli hamma biladi. Ammo yer yuzida shunday shaharlar ham borki, ular haqida ko’pchilik eshitmagan.
Shahar deganda ko’z oldimizga baland qavatli binolari bor, ko’chalari avtomobillarga to’la, minglab-millionlab odamlar istiqomat qiladigan aholi punktlari ko’z oldimizga keladi. Ammo yer yuzida aholisi 20 kishidan oshmaydigan shaharlar ham bor. Bu kabi shaharlarning soni juda ham ko’p. Lekin diqqatga sazovorlari juda ham sanoqlidir. Bir necha o’n kishi istiqomat qiladigan bu kabi shaharlarning tarixi juda qadim zamonlarga borib taqaladi. Shu sababli ham ularga shahar maqomi berilgan. Eng kichik shaharlarning aksariyati Yevropada joylashgan. AQShda ham kichik shaharlar uchrab turadi, ammo ular bir-biriga o’xshab ketgani bois, xuddi Yevropadagi qadimiy kichik shaharlar kabi sayyohlarni o’ziga jalb qila olmaydi.
Jahonning eng kichik shaharlari orasida Chexiyaning Rabshteyn shahri ham bor. Bitta ko’chadan iborat bu shaharda atigi 20 kishi istiqomat qiladi. Rabshteyn shahriga 1337-yilda asos solingan. Shundan beri o’zining qadimiy tarixi va yodgorliklari bilan sayyohlarni o’ziga jalb qilib keladi. Bolgariyadagi Melnik shahrida 390 kishi yashaydi. Bu shahar haqida ilk ma’lumotlar XI asrda uchraydi. Belgiyadagi 889-yilda barpo etilgan Dyurbui shahri ham kichik shaharlar ro’yxatiga kiritilgan. Bu shahar aholisi 500 kishidan iborat. Amerikaning Vayoming shtatidagi Buford shahrida atigi bir kishi istiqomat qiladi. Dom Sammons ismli bu kishi shahar meri vazifasini xam bajaradi. Shaharda tashlandiq maktab, do’kon, avtoturargox va yoqilғi quyish shaxobchasi ham bor. 2012 yilda mer shaharni sotishga qaror qildi. Buford shahrini 900 ming dollarga Vetnamlik ikki nafar tadbirkor sotib oldi. Sobiq mer oddiy fuqoro sifatida hamon bu shaharda istiqomat qiladi.
Turli manbalarda Shveysariyaning Fyurshtenau, Saudiya Arabistonidagi Ferdaniya, Belgiyadagi Dyurbyuiya jahondagi eng kichik axoli punktlari sifatida talqin qilinadi. Ammo Xorvatiyadagi bir shahar jahonning eng kichik shahri sifatida tan olinadi. Bu Xum shahridir.
Xum (xorvatcha. Hum, italyancha Colmo, nemischa Cholm) —Xorvatiyadagi qala-shahar. Shahar 349 metr balandlikda joylashgan bo’lib, Roch shahridan 5-7 kilometr, Buzet shahridan esa 14 kilometr janubiy sharqda. Afsonalarga ko’ra Xum shahriga devlar asos solgan. Ya’ni devlar Mirna daryosi sohillarida shaharlar barpo etganlaridan so’ng, ortib qolgan toshlardan Xum qalasini qurishgan ekan.
Hujjatlarda shahar nomi 1102-yilda ilk bor Xolm sifatida tilga olingan. Tahmiinlarga qaraganda, 1060 yilda graf Ulrix I Rim manzilgoxlari xarobalari ustiga qala qurdiradi. XI asrda Xolm shahar maqomini oladi. 1153-1248-yillarda Xum Meraniya (Meran, Merano, Meranie, Meranien) gersogligi tarkibida bo’ladi. 1412-yilda esa Xum Venetsia respublikasi tarkibiga kiritildi. 1612-1618-yillardagi urush davrida shahar yoqib yuboriladi va keyinchalik qayta tiklanadi.
Ikkinchi jahon urushi yillarida Xum shahrida 450 nafar aholi istiqomat qilgan. Ularning hammasi keyinchalik shaharni tark etadi. Muhojirlikni afzal ko’rganlarning deyarli hammasi vafot etishgach Xum shahriga dafn etilishlarini vasiyat qilishgan.
Xum XI asrda hozirgi ko’rinishga ega bo’lgan. O’sha davrdan beri qala ichkarisida hech narsa qurilmagan. Shahar ko’rinishi hamon o’zgarmagan. Shahar devorlari ichida atigi ikkita ko’cha, ammo 20 ta bino bor. Shaxardagi yagona darvoza 1562 yilda qurilgan. Bu darvoza XX asrda ustalar tomonidan ta’mirlandi.
Xum dunyoning eng kichik shahri sifatida Ginnessning rekordlar kitobiga kiritilgan. Ayni damda shaharda 17 kishi istiqomat qiladi. Xum shahriga avtomobil, ekskursiya avtobusida yoki piyoda yetib olish mumkin. Xumdagi eng diqqatga sazovor joy tosh yodgorliklari bilan mashhur "Harflar maydoni” hisoblanadi.
Bugun Xum yodgorlik shahar sifatida mashhur. Kichik bo’lishiga qaramay shaharda odatdagi shaharlarga xos barcha jihatlarni ko’rishingiz mumkin. Bu yerda markaziy maydon, pochta, ikkita ibodatxona, qabriston, do’konlar, muzey bor. Xumda ikkita bino sayyohlarga ijaraga berilishi mumkin.
Xum jahondagi eng yirik megapolislardan biri Pekin bilan birodarlashgan.

MMIBDO’: _______________




Download 0,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish