7. Osa yarimoroli-Kosta-Rika
Kishi qo‘li tegmagan o‘rmonlar mahalliy hokimiyatning jiddiy nazorati ostidadir. Tabiatning eng qadimiy go‘zalligi oshuftalarini bu yerda yovvoyi tabiat milliy qo‘riqxonasi tarkibiga kiradigan ajoyib, xushmanzara Playya Matapalo qumlog‘i ham o‘ziga maftun aylaydi.
6. Namibiya – dunyodagi eng kam aholiga ega davlat
Mamlakatning asosiy qismini Namib sahrosi egallaydi. Namibiyaga inson qo‘li tegmagan vulqon og‘zi, sharsharalar va bahaybat qumtepalar sifatida qarash mumkin. Namibiya konstitutsiyasida mintaqaning sog‘lom ekotizimini saqlashga oid mas’uliyat alohida qayd qilingan.
5. Galapagos oroli
Galapagos oroli - iguan, toshbaqa, dengiz arsloni, pingvin, kit va yuzlagan har xil baliqlarning yashash maskani. Ushbu jannatmonand go‘sha biologik qo‘riqxona hisoblanadi. Arxipelagda jami 23 000 aholi istiqomat qiladi.
4. Atakama sahrosi-Chili
Atakama sahrosi – yomg‘ir nimaligini bilmaydi, hududining katta qismini tuzli havzalar, lava va qumlar egallaydi. Garchi bu yerning qumlari jonsiz bo‘lsa-da, havosi quruqlikni yengish qudratiga ega. Atakamada radiatsiya mavjud emas, yorug‘likni ifloslovchi manbalar hamda shovqin yo‘q. Shundan kelib chiqqan holda ushbu maskanni ekologik xavfsiz mintaqa deb faxr bilan tilga olish mumkin.
3. Fordlend-Yangi Zelandiya
Fordlend – Yangi Zelandiyaning janubi-g‘arbiy sohilida joylashgan viloyat bo‘lib, aslida inson tomonidan hali o‘rganilmagan. Qoya atrofidagi yovvoyi tabiat va tog‘ ko‘lining musaffoligini hatto sivilizatsiya (tamaddun) ham zabt eta olmagan. Bu yerda sayyoramizdagi eng toza havo hukmronligini ishonch bilan aytish mumkin. Fordlendga Antarktida tomondan havo oqimi oqib keladi. Yaqin sanoat korxonalari esa ming kilometr olislikda joylashgan.
2. Papua-Yangi Gvineya
Papua-Yangi Gvineya - ehtimol Yer sharidagi mutlaqo o‘rganilmagan maskandir. Olimlar bu yerda hali o‘rganilmagan o‘simliklar va hayvonlar turlarini uchratish mumkinligini ilgari surmoqdalar. Mintaqa tabiiy resurslariga ular chiqish qiyin bo‘lgan joylarda joylashganligi, o‘zlashtirish uchun infratuzilmani rivojlantirishning qimmatliligi hamda huquqiy qarama-qarshiliklar tufayli qo‘l tekkazilmagan. Ana shunday muammolar sharofati tufayli Papua-Yangi Gvineya aholisi ilk ekotizim bag‘rida yashamoqda.
1. Antarktida
Antarktida – Yer sharidagi eng sof qit’a. U yerda insonning faoliyat yuritishiga, aralashuviga hududining 96%ini egallagan muz qatlami to‘sqinlik qilmoqda. Ushbu mintaqada qish o‘rtalarida taxminan 1000 nafar kishi, yozda esa 5000 nafardan ko‘p bo‘lmagan kishi yashaydi. Amerikalik astronomlar Antarktidaning sharqiy qismidagi Ridj-A tumanini Yer sharidagi eng osuda joy deb topdilar. Bu yerda sayyoramizdagi shamolning eng sust tezligi va shovqinning eng past darajasi hukmron.
MMIBDO’: ____________
Do'stlaringiz bilan baham: |