Eng birinchi atlas – yunon olimi Klavdiy Ptolomey yaratgan xaritalar to`plami bilan bog`lash mumkin. Xaritalar to`plami uchun "Atlas” nomi 1595-yil Merkator tomonidan taklif qilingan.
Eng birinchi globus – yunonistonlik Krates tomonidan milodimizdan avvalgi II asrda yasalgan. Sharq mamlakatlaridagi birinchi globusni o`rta asrlarda Abu Rayxon Beruniy yasagan.
Eng birinchi kompas ixtiro qilingan mamlakat – Xitoy. Chin mamlakati kompasni "chanana” deb atashadi. Xitoy imperatori saroyiga Vetnamdan elchilar kelishibdi. Ularni Xitoy imperatori juda yaxshi kutib olibdi. Ularni, mexmon qilib, o`zaro shartnomalar tuzishibdi. So`ngra Vetnamlik elchilarni sovg`a-salomlar bilan o`z vatanlariga kuzatib qo`yibdi. Lekin Vetnamlik elchilar 2 kundan so`ng yana Xitoy imperatori saroyiga qaytib kelishibdi. Shunda Xitoy imperatori ulardan nima gapligini so`rabdi. Vetnamliklar yo`ldan adashib qolganliklarini, o`z vatanlariga qanday ketishlarini bilmay, yordam so`rab kelganliklarini aytishibdi. Shunda Xitoy imperatoriularga bir aravacha sovg`a qilibdi. Aravacha o`rtasida odam-haykalcha bo`lib, u qo`lini to`g`ri uzatib turar edi. Aravani xohlagan tomonga bursangiz ham haykalcha aylanib, qo`li bilan janubni ko`rsarib turaveradi. U doimo bir tomonni Vetnamliklarning vatani – janubni ko`rsatib turar edi. Vetnamliklar shu aravacha – "kompas” yordamida o`z uylariga yetib olishgan.
Eng birinchi taqvim ixtiro qilingan mamlakat – Xitoy.
Eng birinchi qog`oz pul – 812 yilda Xitoyda yaratilgan.
MMIBDO’: _______________
Mavzu: Hayratomuz inshootlar, qurilmalar va ishlanmalar
Maqsad: o’quvchilarga mavzulardan tashqari yangi va qiziqarli ma’lumorlar berish
Eng baland bino –"Burdj-Xalifa” nomli 162 qavatli inshoot dunyoning eng baland binosi hisoblanadi. Balandligi – 828 metr. Uning tantanali ochilish marosimi 2010 yil 4 yanvar kuni Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) ning Dubay shahrida bo`lib o`tdi. Mazkur bino qurilish ishlari yakunlangunga qadar, "Burdj Dubay” ya’ni "Dubay minorasi” deb nom oldi. Biroq ochilish marosimida Dubay Amirligining davlat boshqaruvchisi, hozirgi vitse-prezident va bosh vazir shayx Muhammad bin Rashid al-Maktum ushbu ulkan binoni Birlashgan Arab Amirliklarining prezidenti shayx Xalifa ibn Zayd an-Nahayyan nomiga bag`ishlab "Burdj-Xalifa” deb nomladi. Binoning ochilish marosimi 2009 yilning 9 sentabrida, Dubay metrosining ochilish kuni bilan bir kunda o`tkazilishi ko`zda tutilgan edi. Quruvchi tashkilotning moliyaviy muammolari sababli binoning ochilishi 2010 yilning yanvariga qoldirildi.